Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Payshanba – sektor rahbarlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashadigan va muammolarini hal qilishga e'tibor qaratiladigan kun. Shu jumladan, bu kunda avval xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini oʻrganish, davlat tasarrufidagi obyektlarning auksion savdolariga chiqarilishi, sotilishi va investitsion majburiyatlarning bajarilishi ham oʻrganiladi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi Xitoy хalq respublikasidan kelgan investorlar delegatsiyasi bilan muzokara o’tkazdi.

🔘Qibray tumani. Tuman hokimi turkiyalik sarmoyadorlarning turizmni rivojlantirish bo'yicha bildirgan takliflari bilan tanishdi.

🔘Chinoz tumani. Tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mutasaddilari tomonidan eksportyor korxonalar faoliyati oʻrganilib, aniqlangan muammolar bartaraf etilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Qishloq xo'jaligi sohasini o'rganish va fikr almashish bo'yicha yurtimizda boʻlib turgan Belarusiya Respublikasi delegatsiyasi Zangiota tumanida boʻldi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. “Uchchinor” mahallasidagi “EURO GLOBAL INVEST” MCHJ temirbeton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati oʻrganildi.

🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi o'rinbosari korxonada faoliyat ko'rsatayotgan xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlarni o'rgandi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan "Soliq" mobil ilovasining "Soliq-hamkor" bo‘limi orqali kelib tushgan murojaat boʻyicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

🔘Yangiyo'l tumani. Tuman byudjet daromadlari 2023-yil davomida 118 milliard soʻmni tashkil qilib, 4,5 milliard soʻm miqdorda qoʻshimcha daromad taʼminlanishiga erishildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ва Беларусь ўртасидаги дўстлик муносабатларини мустаҳкамлаш, кўп қиррали шерикликни янги мазмун билан бойитиш йўлида

По пути укрепления узбекско-белорусских отношений дружбы, наполнения многопланового партнерства новым содержанием

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Туйғу

Навоийни ўқиган болалар.

Матн: Эркин Аъзам.
Тўлиқ ҳикоя: бу ерда.

Образ: Зилола Ҳакимжонова, Отабек Турсунқулов, Бахтиёр Қурбонов.



Бугун улуғ шоир ва мутаффаккир ҳазрат Мир Алишер Навоий таваллуд топган кун.

Yoshlar kundaligi
#Yigʻilish

Mahalla tizimi yanada rivojlantiriladi

Quyi Chirchiq tumanida mahalla tizimida amalga oshirilishi belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda mahalla tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash, shuningdek, mahalla "yettiligi"ning asosiy vazifalari xususida taʼkidlanib, mas'ullar tomonidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, aholining muammolarini o'rganish va hal etish, ularning bandligini ta'minlash, oilalar mustahkamligini saqlash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlar tarbiyasiga eʼtibor kabi masalalarda olib borilayotgan ishlar holati muhokama qilindi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Otabek Sultanbekov, Quyi Chirchiq tuman hokimi Akmal Xolmuradov va tegishli mutasaddilar ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Muhim_sana

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.

Bugun oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, ulugʻ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi. Sheʼriyat mulkining sultoni 1441-yilning 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahri Bog‘i Davlatxona mavzesida tavallud topgan.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokim_farmoyishi

Xotin-qizlar kontraktini toʻlab berish uchun 1 milliarddan ortiq mablagʻ ajratildi

Toshkent viloyatidagi 150 nafar ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning 2023-2024-yil bakalavr taʼlim yoʻnalishida oʻqishini taʼminlash uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlab beriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard yuz million soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Расмий
#билдириш

Ҳарбий бўлишни ният қилган ёшларни мулоқотга таклиф қиламан!

Ҳурматли ёшлар! Сизнинг ҳарбий хизматчи бўлиш, Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари сафида хизмат қилиш ниятингизга кимлар ёки қандай омиллар тўсиқ бўлмоқда? Баъзида ҳарбий хизматга боришнинг қинғир йўллари, усуллари ҳақида гаплар қулоққа чалиняпти. Шу масала ҳақида сизнинг дангал фикрингиз, аниқ таклифларингизни кутаман.

Мен Ватанимиз ҳимоячиси бўлишни ният қилган мард ва жасур йигитлар билан очиқ мулоқотга тайёрман. Ҳурматли ота-оналар, сиз фарзандингизни армияга юборишда қандай тўсиққа дуч келдингиз? Келинг, шу ҳақида очиқчасига гаплашамиз.

Бугун бўлиб ўтган ҳарбий-маъмурий сектор йиғилишида мазкур масалага оид дастлабки, хулоса ва фикрлар, шунингдек,  мутасаддиларнинг изоҳларини эшитдим. Асосий ишларимиз ҳали олдинда. Жорий йил 17 февраль куни шу масала бўйича ота-оналар ҳамда ёшлар билан учрашиш, мулоқот қилишни режалаштирдим.

Ҳарбий бўлишни орзу қилган, ноаниқ сабабларга кўра армияга боролмаётган Тошкент вилояти ёшларини, ота-оналарни бу учрашувга таклиф қиламан.  Мулоқот 17 февраль куни 10:00 да Нурафшон шаҳридаги "Нурафшон бизнес сити" дирекцияси биносида бошланади.

Мулоқотда қатнашинг, фикр ва таклифларингизни билдиринг.

Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими


Рўйхатдан ўтиш учун телефонлар:
71 232 80 49
99 766 79 09
99 306 30 10

📱
Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook  | Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Беларусь Республикаси Президенти Александр Лукашенко “Амирсой” тоғ дам олиш масканига ташриф буюрдилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Беларусь Александр Лукашенко, пребывающий в нашей стране с официальным визитом, посетили горный курорт «Амирсой».

#Mirziyoyev #tashrif #Belarus #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Александр Лукашенко биргаликда чанғи учдилар

Президенты Шавкат Мирзиёев и Александр Лукашенко вместе покатались на лыжах

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X