Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
Audio
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

Yangiyo'l shahri. "Kurkuldak" kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Bekobod tumani. Fuqarolar murojaatiga ko'ra, "Bog’ishamol" mahallasi ko'chalariga shag'al yotqizildi.

Yangiyo'l tumani. Tuman Yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan 2023-yilda yuqori qiymatdagi ishlar amalga oshirildi.

Nurafshon shahri. Shahar prokuraturasi xodimlari 48-sonli umumtaʼlim maktabi va 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o'rgandi.

Chinoz tumani. “Chorvador” va “Yo‘l tushgan” mahallalarida ichimlik suvi tarmoqlari yotqizilib, suv qudug‘i qazish ishlari olib borilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi 20-sonli umumtaʼlim maktabi qoshida qurilayotgan qoʻshimcha bino holatini ko'zdan kechirdi.

O‘rta Chirchiq tumani. "Uyg‘ur" mahallasidagi transformator punktlari uchun 60 ta temir beton tayanch ustunlari olib kelindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida ikkinchi bor muvofaqqiyatli buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti oʻtkazildi

Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti Chirchiq shahridagi viloyat Koʻp tarmoqli markaziy shifoxonasida bajarildi.

1973-yilda tugʻilgan oqqoʻrgʻonliq Z.A. bemor “Surunkali buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan nazoratda turgan boʻlib, 57 yoshli aka oʻz singlisiga donorlik qildi.

Malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilgan operatsiya muvafaqiyatli oʻtib, har ikkala bemorning ham ahvoli qoniqarli.

Koʻchirib oʻtkazilgan buyrak oʻz faoliyatini bajara boshladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokimlik_hujjatlari

Viloyatning 2023-yilgi byudjet daromadlari va xarajatlari eʼlon qilindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi yigʻilishida Toshkent viloyatining oʻtgan yilgi mahalliy byudjet parametrlari tahlil qilindi. Unga koʻra, sohalarga ajratilgan mablagʻlar hisobi, eng yuqori daromad va xarajatga ega hududlar haqidagi maʼlumotlar taqdim qilindi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Forwarded from MigrantTV.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bandlik

Migratsiyadan qaytgan hamyurtlarimizning bandligi ta’minlanmoqda

Xorijda ishlab yurgan Doston Ashirboyev o‘tgan yili mas’ullarning sa’y-harakatlari bilan O‘zbekistonga, o‘z uyiga qaytib keldi.

Olmaliq shahrining "Qalmoqqir" mahallasining hokim yordamchisi ko‘magida u imtiyozli kredit olib, asbob-uskunalar xarid qildi va o‘z uyida tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Hozirda Doston Ashirboyev uyida eshik va rom ishlab chiqarib, oila a’zolarining bandligini ham ta’minlashga erishdi.

Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
👇👇👇

Telegram | Wibesite | You Tube | Instagram | Facebook | Twitter
#Vakansiya

Toshkent viloyati, tuman va shahar hokimliklaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytga (2024-yil 1-chorak bo'limiga) joylashtirildi.

Tanishish uchun quyidagi havolaga kiring👇

Hokimliklardagi bo‘sh ish o‘rinlari

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba — qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘Bo'ka tumani
. Tuman hokimi fermerlik faoliyatini tashkil etishda agrotexnik tadbirlar va ariq-zovurlarni betonlash ishlarining olib borilishini ko'zdan kechirdi.

🔘Toshkent tumani. Oʻsimliklar karantini va himoyasi Agentligining tuman boʻlimi inspektorlari zararkunandalarga  qarshi kurashish boʻyicha joylarda tushuntirish ishlarini olib bordi.

🔘Ohangaron tumani. “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlarida issiqxonalarda zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari olib borildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. Qishloq xoʻjaligi yer maydonlari meʼyorlari boʻyicha yaratilgan ish oʻrinlari xatlovdan oʻtkazilib, kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

🔘O‘rta Chirchiq tumani. Irrigatsiya bo‘limi va suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari xodimlariga 6 ta motorollerlar tarqatildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bunyodkorlik

"Textile Industry Park"ning qurilish ishlari boshlandi


Yuqori Chirchiq tumanining “Nurli zamin”mahallasidagi 69,2 gektar yer maydonida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj, matoni bo‘yash korxonalarini oʻzida mujassam etuvchi "Textile Industry Park" to‘qimachilik-industrial texno parkining qurilish ishlariga start berildi.

Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur manzilda boʻlib, hududda olib borilishi belgilangan ishlarni oʻrgandi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur loyihaning umumiy qiymati 350 million dollarni tashkil qiladi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov, viloyat prokurori Sirojiddin Eshquvvatov, tuman hokimi Uskenbay Atemov hamda tadbirkorlik subyektlari ham ishtirok etib, texnopark hududiga joylashtirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan tanishishdi.

Shuningdek, hududning bosh rejasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan to‘liq taminlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида қишлоқ хўжалигида янги захираларни ишга солиш ҳамда 2024 йилги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию новых резервов и приоритетным задачам в сельском хозяйстве на 2024 год.

Facebook|Instagram|X
Президент раислигида аграр соҳадаги устувор вазифалар ва режаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

Соҳада сўнгги йилларда амалга оширилган ислоҳотлар натижасида деҳқон-фермерларнинг манфаати, даромади ошиб, маҳсулот кўпайди, кластер тизими ривожланиб, юқори унумли техника ва чуқур қайта ишлаш кириб келди, янги навлар ва агротехнология кўпаймоқда.

Жумладан, ўтган йили соҳада ишлаб чиқариш 4,1 фоизга ўсиб, 426 триллион сўмни ташкил қилди. Экспорт эса қарийб 2 миллиард долларга етди. 152 минг гектар боғ ва токзорлар барпо қилинди.

Бу йил илк бор 3 миллион 700 минг тонна пахта, 8 миллион тонна ғалла ҳосили олинди. Бундай рақамлар яқин тарихимизда ҳеч қачон бўлмаган.

Facebook|Instagram|X