Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.5K photos
5.31K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Sport #Infografika

Bugungi kunda Toshkent viloyatida jami 4 590 ta sport obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

"Toshkent viloyati hokimining 2 oʻrinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 milliard soʻm ajratildi" mazmunda tarqalgan material yuzasidan

🌐BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Сариосиё тумани Боғистон маҳалласида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Тўпаланг сув омборидан ичимлик суви билан таъминлаш лойиҳаcининг биринчи босқичини ишга тушириш маросими бўлди.

В махалле Богистон Сарыасийского района с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония запуска первой очереди проекта по питьевому водоснабжению из Тупалангского водохранилища.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #ichimliksuvi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё вилоятига ташрифи давомида Сариосиё туманидаги Себзор маҳалласидаги фермер хўжалиги ва тиббиёт пункти фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью фермерского хозяйства и медпункта в махалле Себзор Сарыасийского района Сурхандарьинской области.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Raddiya

#rasmiy_bayonot

Kun.uz saytida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan

Bugun Kun.uz saytida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan uchta elektromobil amaldagi qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotgani, hokimlikning rasmiy veb saytiga noto‘g‘ri axborot kiritilgani ta’kidlangan.

Mazkur material bir yoqlama va mavjud hujjatlarni to‘liq o‘rganmay chop qilingan, deb hisoblaymiz. Jumladan,

1) Toshkent viloyati hokimininig birinchi o‘rinbosariga 2021 yili ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 001 TVX xizmat mashinasi sifatida biriktirilmagan. Bu noto‘g‘ri axborot.
Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosariga 2009 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 003 DAV rusumli mashina biriktirilgan. 
👉 To‘liq ma’lumot

2. Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV  avtomashinasi haqiqatan ham 2020 yilda ishlab chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 258-sonli Qarorining 6-bandida xizmat mashinalarini yangilash tartibi belgilangan. Xususan, 5 yil foydalanishda bo‘lgan mashinalar, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan mashinalar almashtirilishi yoki quyi tizim tashkilotlariga foydalanish uchun berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, hozirgi kunga kelib yo‘l-transport hodisasiga uchragani sababli, texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgan.

Xarid qilinayotgan xizmat yangi mashinalari (elektromobil, gibrid) davlat rahbarining PQ-443 sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi avtotransport vositalari xarid qilinganidan keyin amalda foydalanilayotgan mashinalar tegishli tartibda hisobdan chiqariladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eʼtibor

Toshkent viloyatida  29 nafar yoshlar yetakchilarining 100 million so‘mga yaqin kontrakt pullari to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 30-iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har yili oliy taʼlim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlarini,  Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berilish vazifalari belgilangan edi.

Mazkur topshiriqqa asosan, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 29 nafar yoshlar yetakchilarining 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-yarim yillik kontrakt mablag‘larining 25 foiz miqdori,yaʼni 83 million 431 ming so‘m to‘lov kontrakt summalari to‘lab berildi.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-2023-o‘quv yili uchun viloyatda 72 nafar yoshlar yetakchilarining ro‘yxati shakllantirilib, 858 million 606 ming so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Навоий кон-металлургия комбинати” акциядорлик жамияти ва “Навоийуран” давлат корхонаси жамоаларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева коллективам акционерного общества «Навоийский горно-металлургический комбинат» и государственного предприятия «Навоийуран»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hokim_qarori

"CHORVOQ" TURISTIK-REKREATSION ZONASI DIREKSIYASI UCHUN YANGI BINO QURILADI

Boʻstonliq tumani "Xoʻjakent" MFY, "Chorvoq GES kaskadi" massivi 60-konturida joylashgan 2,5 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni "Chorvoq" turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi DUKga maʼmuriy bino qurish uchun, doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shu bilan birga, mazkur ajratilgan yer maydonida quriladigan bino atrofida yashil hudud tashkil etilishi belgilangan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM