Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#shahmat

5 yoshli bolakay 63 yoshli otaxon bilan bahslashdi

Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Darvoqe, bu galgi oʻyinlar orasidagi qisqa tanaffuslardagi gurunglarda qulogʻimizga qiziq-qiziq gaplar chalindi:

— Boʻka tumanidan kelganman, — deydi Bahrom ota Shodibekov. — Oʻtgan oʻyinlarda oqqoʻrgʻonlik 5 yoshli bolakay Hamidulla Erkinovga yutqizib qoʻygan edim. Yoshlarimizni zukkoligini koʻrib rosa quvondim. Uyga borib farzandlarim bilan shaxmat oʻynab, bir hafta qattiq tayyorgarlik koʻrib keldim. Ushbu oʻyinga qatnashish uchun toza havoda yoʻl bosib kelishim oʻzi ham sogʻligʻimni yaxshilashga katta tasir koʻrsatmoqda. Jarayonlar xotirani mustahkamlaydi hamda kishini fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga oʻrgatadi. Yana bir jihat shuki, yoshlar bilan mavzu yuzasidan fikrlar almashamiz. Yoshlarni bir joyga jamlab, bu kabi ezgu tashabbuslarni ommalashtirayotgani uchun musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Lekin bu gal ham Hamidulla yengdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған билан телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди.

Состоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#tashabbus

Bahorning ilk kunidan hududlarda “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasiga start beriladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Bahor yaqinlashgani sayin dehqon va fermerlar dalalarida ish qizimoqda

Piskent tumanida ham 2023-yil hosili uchun 173 ta fermer xoʻjaligida 7 ming 600 gektar maydonga gʻalla ekilgan. Sifatli hosil olish maqsadida kuniga 600 gektardan ziyod, mavsum boshidan 3 ming 321 gektar bugʻdoyzorlar oziqlantirildi. Shu bilan birga 20 ming 261 tonna mahalliy oʻgʻit chiqarildi, 1 ming 410 ta xandaqlar qazildi.

Ayni vaqtda ekinzorlar atrofi obodonlashtirilib, ichki ariqlarni tozalash, tut va tok koʻchatlari ekish singari agrotexnik tadbirlar muntazam bajarilmoqda. Zero, dehqonchilikda bir kun erta bajarilgan ish ertangi moʻl va barakali hosil garovidir.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Snowboard
#Amirsoy

Boʻstonliq tumanidagi Amirsoy togʻ kurorti hududida qishki “Snowboard” sport turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtmoqda. Ushbu turnirda 300 dan ziyod havaskor sportchilar, shuningdek, Tojikiston va Qozogʻistondan ham ishtirokchilar qatnashdi.

Kattalar oʻrtasidagi bahslar 800 metr masofada, yoshlar oʻrtasida esa 450 metr masofada tashkil etilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ipakchilik

Manzil-koloniyalarda pilla yetishtirish yoʻlga qoʻyiladi

“Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga koʻra, Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2023-yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlab tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Boʻka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari oʻrtasida pilla xom ashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

“Oqqoʻrgʻon tajribasi” endi Ohangaronda

Mana, bir necha kundirki, Respublika ishchi guruhi tomonidan Ohangaron shahridagi sharoiti ogʻir mahallalarda suv, gaz va elektr taʼminoti, ichki yoʻllar holati, maktab va maktabgacha taʼlim, transport xizmati sohalaridagi muammolarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilayapti.

Jumladan, “Birlik” mahallasida ham asosiy eʼtibor ogʻir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolgʻiz, surunkali kasalliklarga chalingan va nogiron, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarga qaratilmoqda. Ularni qiynayotgan masalalarga yechim izlanmoqda.

📹Batafsil videolavhada.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kommunal_xizmat

Viloyatda gaz bilan ta’minlash choralari yaxshilanmoqda

2022-2023 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Toshkent viloyatida gaz quvurlarini mukammal ta'mirlash va rekonstruksiya qilish manzilli dasturiga asosan 18,8km gaz quvuri mukammal ta'mirlash belgilangan bo'lib, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan hamda davlat ekspertizasidan xulosasi olingan va qurilish montaj ishlari to'liqligicha yakuniga yetkazilgan.

📹Batafsil videolavhada

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қайта тикланувчи энергия манбаларидан фойдаланишни кенгайтириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам расширения использования возобновляемых источников энергии.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #yashilenergiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Dushanba - viloyat hokimligi, hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi va muhokama qilinadi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘
Angren shahri. Shahar hokimining oʻrinbosari Mavluda Abdurahmonova “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarning muammosini oʻrgandi. Xususan, “Gulzor” mahallasi “Istiqbol” koʻchasi 25-uyda yashovchi Xurshida Marasulovaning murojaati asosida uning xonadonidagi muammolarga eʼtibor qaratildi.

🔘Yuqori Chirchiq. Tumanda bugungi kunda ayollar muammolari bilan ishlash, ularni bartaraf etishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlashga muhim eʼtibor qaratilmoqda.

🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar Madaniyat markazida xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan ayollarning ijtimoiy moslashuviga bagʻishlangan “Ayol — jamiyat gultoji” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔘Chinoz tumani. Chinoz tumani “Beshkapa” mahallasida joylashgan Prezident maktabi faollar zalida tuman yoshlari, keksalar va faollar hamda ushbu maktab oʻquvchilari ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔘Ohangaron tumani. “Yoshlar markazi”da oʻtkazilgan tadbirda aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xodimlari tomonidan yoshlar mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirildi.

🔘Piskent tumani. “Doʻngqoʻrgʻon” mahallasida joylashgan 19-maktabda tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat boʻlimi tomonidan tashkil etilgan madaniy tadbirda “Yoshlar daftari”da roʻyxatga olinib, subsidiya asosida asbob-uskuna olgan yigit-qizlarga sertifikatlar topshirildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. 1-sektor hududiga qarashli “Yangiobod” mahallasida aholiga bahoriy kayfiyat ulashish maqsadida sumalak sayli oʻtkazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев инвестицияларни жалб қилиш ва саноатни ривожлантириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам привлечения инвестиций и развития промышленности.

#Mirziyoyev #yigilish #investitsiya #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter