Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.33K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#hamkorlik

Tatariston delegatsiyasi Zoyir Mirzayevning qabulida boʻldi

🌐 BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#darvoqe

Qish — qishligini qilayapti. Havo sovuq, qor qalin, yoʻllar muzlagan...

Albatta, bunday ob-havoda transportlar harakatlanishi ham oson kechmaydi. Bunday vaziyatda Toshkent viloyati transport boshqarmasi inspektorlari  aholi murojaatlarini oʻrganib, muammo va masalalarni joyida   hal etish uchun astoydil harakat qilishmoqda.

Xususan, Olmaliq shahrida faoliyat olib borayotgan 6-Damas, 26-Avtobus yoʻnalishlari hamda Olmaliq-Ohangaron yoʻnalishida qatnovchi mikroavtobuslar faoliyati nazorat qilindi. Tezkor tasvirlarda koʻrib turganingizdek, yurtdoshlarimizning fikr-mulohazalari atroflicha  oʻrganilmoqda. Haydovchilarning muammolari ham eʼtiborga olinmoqda. 

Bu kabi tadbirlar barcha tuman va shaharlarda davom etayapti.                                                                                               
Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarni, ayniqsa, birinchi navbatda “daftar”larda turgan xonadonlarni koʻmir bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Qisqa satrlardagi navbatdagi axborotlar ham aynan shu mavzuda.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Qahraton qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuzilgan shtab tomonidan tuman yoʻl qurilish boʻlimi omborida koʻmir zahirasi yaratilib, ehtiyojmand oilalar vakillariga tarqatilmoqda.

🔘Piskent tumani. “Piskenttumangaz” idorasi tomonidan tumanning olis “Oqtepa” mahallasidagi gazlashmagan hududdagi ehtiyojmand oilalarga suyultirilgan gaz, shuningdek, 10 ta xonadonga bepul koʻmir tarqatildi.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Doʻstlik” mahallasida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” roʻyxatlarida boʻlgan aholi vakillari xonadonlariga 5 tonna koʻmir bepul yetkazib berildi.

🔘Boʻka tumani. Tumandagi gazlashmagan hududlarda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi vakillari tomonidan koʻmir tarqatilmoqda.

🔘Zangiota tumani. Tumandagi gaz taʼminoti boʻlmagan “Harakat” mahallasi aholisiga ham roʻzgʻor ehtiyojlari uchun koʻmir yetkazib berildi.

🔘Chinoz tumani. “Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining maxsus ombori va savdo shaxobchasi muntazam faoliyat yuritmoqda. Mazkur yoqilgʻining yetarli zahirasi yaratilgan.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman hokimi tashabbusi bilan, 1-sektor hududidagi gaz bosimi sust boʻlgan mahallalardagi 14 oilaning har biriga 300 kilogramdan koʻmir yetkazib berildi.

🔘Boʻstonliq tumani. Boʻstonliq tumanining gaz tarmogʻi yetib bormagan hamda gaz bosimi past boʻlgan mahallalarida koʻmir zaxiralari tashkil qilinmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya

Oqqoʻrgʻon tumanida ehtiyojmand oilalarga yordam pullari tarqatildi

🌐 BATAFSIL

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️DXX xodimlari Toshkent viloyatida narkolaboratoriya fosh etishdi. U yerda “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi tayyorlangan.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Sinovli qish fasli Elektr taʼminoti korxonalari oldiga ham oʻziga xos muammolar qoʻydi. Elektrchilar masalaga qanday yechim topmoqda? Quyida shu haqda.

🔹Hududiy elektr tarmoqlari. Ayni vaqtda “Doʻngqoʻrgʻon” nimstansiyasida avariya holati bartaraf etilmoqda.

🔹Piskent tumani. TETK xodimlari aholiga yorugʻlik va qulaylik uchun xizmat qilmoqda.

🔹Oqqoʻrgʻon tumani. Elektr taʼminotidagi uzilish natijasida suv oʻchdi va koʻp qavatli uylarga ichimlik suvi maxsus texnika bilan yetkazib berildi.

🔹Angren shahri. Shahar ETK jamoasi tunu kun navbatchilik qilib, xalqqa yorugʻlik ulashmoqda.

🔹Ohangaron shahri. FVB va shahar shtabi rahbari muruvvat uyida issiqlik taʼminotini tekshirdi.

🔹Toshkent tumani. Masalboy, Koʻkterak, Chuvalachi MFY da elektr taʼminotidagi muammolar yechim topdi.

🔹Yangiyoʻl shahri. Yangibogʻ MFYda elektr transformatorda sodir boʻlgan avariya bartaraf etildi.

🔹Chirchiq shahri. 8-kichik nohiyadagi avariya holatini elektr taʼminoti xodimlari tuzatishdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#dayjest

Juma — Qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni. Demak, bugun qisqa xabarlar oqimida shu mavzu tevaragidagi yangiliklar bilan tanishing.

🔘Yangiyoʻl tumani. “Namuna” mahallasiga Toshkent viloyati Hududiy elektr tarmoqlari AJ koʻmagida 630 kVa quvvatli transformator olib kelib oʻrnatilgach, mahalla aholisi elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlandi.

🔘Boʻstonliq tumani. Tuman hokimi boshchiligidagi mutasaddi rahbarlar 3-, 11-, 54-umumtaʼlim maktablarida boʻlib, isitish tizimi bilan bogʻliq masalalarni oʻrgandi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.

🔘Bekobod tumani. Tuman aholisi tomonidan kommunal sohadagi muammolar, nosozliklar boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqish, yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida sohaviy xizmatlarning barcha kuch-vositalari shay holatga keltirilgan.

🔘Piskent tumani. Tuman hokimi olis hududlar hisoblangan “Istiqlol”, “Oqtepa” mahallalarida boʻlib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.

🔘Ohangaron tumani. “Sartamgʻali” mahallasida 120 oʻrinli, loyiha qiymati 3,5 mlrd soʻm boʻlgan yangi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Yangiyoʻl shahar “Navroʻz” mahallasida yoʻlning yaroqsiz holdagi 200 metrdan ortiq qismi mukammal taʼmirlanmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Президент Шавкат Мирзиёев коммунал хизматларни яхшилаш ва аҳолини ичимлик суви билан таъминлаш борасидаги ишлар ҳисоботи билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с отчетом о проводимой работой по совершенствованию коммунального обслуживания и обеспечению населения питьевой водой.

#Mirziyoyev #hisobot #kommunal #suv

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#infografika
#taʼlim

Toshkent viloyatida 2023-yilda bolalarni Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish maqsadida, avvalo, 18 ming 330 nafar bola oʻrni yaratilish rejalashtirilgan.

Oʻquvchilarga sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratiladi.

Oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 30 foizdan oshadi.

50 foiz talaba turar joy bilan taʼminlanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugunning_mavzusi

Sovuq mavsumda issiqlik eng zarur ehtiyojga aylanadi. Mavsumda aholini barqaror issiqlik bilan taʼminlash, shu bilan birga nohush holatlarning oldini olishda xizmat koʻrsatuvchi sohalardan alohida masʼuliyat talab etiladi.
Qisqa satrlarda viloyatimizdagi bugungi holat bilan tanishing.

🔺Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. Isteʼmolchilarni is gazidan muntazam ogohlantirmoqda.

🔺Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali. Tunu kun ishlovchi shtab istaʼmolchilarga xizmat koʻrsatmoqda. Boʻstonliq tumani aholisiga esa suyultirilgan gaz ballonlarda muntazam yetkazilmoqda.

🔺Qibray tumani. Gaz tanqisligi muammosiga yechim sifatida “Sharqiy” va “SoyuzNIXI” gaz taqsimlash stansiyasi xalqalanmoqda.

🔺Piskent tumani. Oqtepa MFY dagi 10 nafar ehtiyojmand oilaga “Piskenttumangaz” tashabbusi bilan suyultirilgan gaz va bepul koʻmir yetkazildi.

🔺Zangiota tumani. Aholi ehtiyojiga koʻra ballonlarda gaz bilan birga is gazidan zaharlanishga qarshi profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

🔺Toshkent tumani. “Hududgaztaʼminoti” filiallari hamkorlikda muammolar bartaraf etilmoqda.

🔺Nurafshon shahri. Yongʻin xavfsizligi oyligi doirasida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

🔺Oqqoʻrgʻon tumani. Hamid Olimjon MFYda isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#bugunnning_mavzusi

"Inson qadri uchun" tamoyili Toshkent viloyati misolida

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev topshirig‘iga ko‘ra, ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida hududlarda istiqomat qiladigan kam ta'minlangan oilalarning holidan xabar olindi.
Qisqa satrlarda shu haqida:

Toshkent viloyati hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Zuhra Mirgaziyeva Bekobod shahrida bo‘lib, kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oldi.

Ohangaron shahar hokimi, 1-sektor rahbari Akrom Eshonkulov sektor hududidagi Nõğoyqõrğon MFYda kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, fuqarolar muammolarini o‘rgandi.

O'rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Qosimov tumandagi "Oʻrta ovul" mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi, ilgari qishloq xo'jaligi sohasida samarali mehnat faoliyatini olib borgan Jakibek ota Darxanboyevning xonadoniga borib, keksa nuroniyga Davlatimiz rahbari nomidan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.

Oqqo‘rg‘on tuman hokimi Alisher Karimdjanov mahallalarda xonadonbay yurib aholi murojaatlarini o‘rgandi.

Yuqori Chirchiq tumani hokimi U.Atemov  raisligida sektor rahbarlari  A.Mullajonov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Akromov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Angren shahar hokimi Alisher Rayimov  boshchiligida, ishchi guruh aʼzolari 1-sektordagi "Gulzor"  MFYda bo‘lib, xonadonlardagi sharoitlarni o‘rgandilar.

Chirchiq shahar hokimi D.Xidoyatov va shahar IIB boshligʻi E.Sultonov inspeksiya xodimlari shahar hududidagi avtomobillarga benzin quyish shoxobchalarida bo‘lib, aholining ushbu yoqilg‘ilarga talab ortganidan foydalanib, narx-navoning sun'iy oshib ketmasligining oldini olish bo‘yicha tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlar olib borildi.

Bekobod shahar hokimi N.Babayev, sektor rahbarlari hamda mutasaddi rahbarlar bilan hamkorlikda "Madaniyat"  mahallasidagi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar oldi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kasb_bayramlari
#onlayn

Ayni vaqtda Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi  “Kimyogarlar” tantanalar majmuasida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan  tadbir boshlanish arafasida.

Jarayonlar fotoreportajda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kasb_bayramlari

Xabar berganimizdek, Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” tantanalar majmuasida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Sana munosabati bilan yozilgan toʻkin dasturxon atrofiga nuroniylar, klasterlar vakillari, fermerlar, mirishkor bogʻbonlar taklif etildi.

Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev soha xodimlarini samimiy tabrikladi hamda rizq-roʻzimiz manbai boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Tantanali tadbir el suygan sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar hamda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlarga ulanib ketdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM