Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliq g‘isht zavodi bilan bog‘liq vaziyat haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati prokurori gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan g‘isht zavodini o‘chirmaslikni so‘radi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq g‘ishtchi” MCHJga qarashli g‘isht zavodi 2022-yil 29-noyabr kuni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun gaz taʼminotidan uzilgan. Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz bilan taʼminlash zarurati tufayli tabiiy gazdan foydalanishni vaqtinchalik taqiqlash doirasida ushbu korxonani tarmoqdan uzish belgilangan tartibda amalga oshirildi.
Tekshiruv davomida ishchi guruh tomonidan mazkur xo‘jalik subyekti keyinchalik mahalliy gaz taʼminoti tashkiloti ko‘magida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. O‘tgan davr mobaynida g‘isht zavodi tomonidan 118 282 metr kub tabiiy gaz noqonuniy foydalanilib, 118 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahar prokuraturasi tomonidan 2022-yil 9-dekabr kuni “Olmalik g‘ishtchi” MCHJ va “Olmaliqshahargaz” filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tekshiruv davomida maʼlum bo‘lishicha, viloyat gaz taʼminoti tashkiloti rahbari prokuraturaga mazkur korxonaning faoliyat yuritishi zarurati to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilib, buni maʼlum eksportchilar ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohlagan va bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aniqlangan faktlar yuzasidan unga nisbatan ham tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, blogerlardan Olmaliq g‘isht zavodidagi vaziyatni to‘g‘ri talqin qilish va rasman tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslik so‘raladi.
Ayni paytda Energetika vazirligi tomonidan Bosh prokuratura bilan yaqin hamkorlikda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha qatʼiy choralar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
✉ Telegram 🌐 Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchilari_faoliyatidan
Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi, bugungi kunda nogironligi bor fuqarolar oʻzlari uchun, oilasi uchun qoʻshimcha daromad topishmoqda.
Eski qala mahalla raisi Nargiza Axmedova bunday fuqarolar holidan xabar olib, tegishli yordamni bermoqda
✉ Telegram 🌐 Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi, bugungi kunda nogironligi bor fuqarolar oʻzlari uchun, oilasi uchun qoʻshimcha daromad topishmoqda.
Eski qala mahalla raisi Nargiza Axmedova bunday fuqarolar holidan xabar olib, tegishli yordamni bermoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot
Ijtimoiy tarmoqda Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan bogʻliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi:
- Joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.
Yoqilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022-yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.

#bugunning_mavzusi
Koʻmir taʼminoti: ehtiyoj yuqori, zahira yetarlimi?
Viloyatda “Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati filiallari tomonidan viloyatning gazlashtirilmagan hududlarida yashovchi aholi xonadonlari va ijtimoiy coha obyektlariga 7 ta ombordan koʻmir tarqatilmoqda.
2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida 70 ming tonnaga yaqin mahalliy koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berilishi reja qilingan, shundan koʻmirga ehtiyoji bor 186 ta MFY 55 ming tonnadan ziyod koʻmir bilan taʼminlandi.
Shu kecha-kunduzda aholining energiya resurslariga talabi har qachongidan ham ortgan. Elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotidagi muammolar sabab yurtdoshlarimizning suyultirilgan gaz va koʻmirga ehtiyoji koʻpaygan.
Shu maqsadda, gaz bosimi pasayib ketgan hududlar, xususan, Bekobod shahar, Qibray, Quyi Chirchiq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Piskent, Toshkent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlariga rejadan tashqari shu kunga qadar 450 tonna koʻmir yetkazib berildi.
Foto: Boʻstonliq tumani hokimligi axborot xizmati

Ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.
Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.
🔘Qibray tumani. Keskin sovib ketgan ob-havo tufayli elektr energiyasiga boʻlgan talabning ortishi natijasida yuzaga kelayotgan muammolar Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonasi tezkor guruhi tomonidan bartaraf etilmoqda.
🔘Yangiyoʻl tumani. Chirogʻi oʻchgan xonadonlarni yorugʻlik bilan taʼminlash maqsadida tuman nurchilari yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun astoyidil ishlashmoqda.
🔘Chirchiq shahri. Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida avariya holatlari koʻpaymoqda. Chirchiq shahri elektr tarmoqlari korxonasi 24 soatlik rejimda faoliyat yuritmoqda.
🔘Zangiota tumani. “Fayz”, “Turkiston” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlovchi nasos agregatida yuzaga kelgan avariya tezkorlik bilan bartaraf etildi.
🔘Ohangaron shahri. “Qoʻrgʻon” mahallasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli Ohangaron va Yangiyer koʻchalari elektrsiz qoldi, vaziyat tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.
🔘Boʻka tumani. “Boʻka tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimiga qarashli mahalliy tarmoqlarda gaz bosimning pasayishi tufayli idora mutahassislari gazning mahallalararo toʻgʻri taqsimlanishini muntazam nazorat qilmoqdalar.
🔘Boʻstonliq tumani. Tuman gaz va elektr taʼminoti idoralari joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni bartaraf etish asnosida aholidan qoʻlbola elektr va isitish moslamalaridan foydalanmaslikni soʻrashmoqda.

#bandlik
Viloyatda oʻzini oʻzi band qilganlar soni 100 mingdan oshdi
Bugungi kunda viloyatda oʻzini oʻzi band qilganlar soni 112 ming 81 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, joriy yilda 65 ming 283 nafar fuqaro roʻyxatga olinib, reja ijrosi 167 foizga bajarildi.
Sohalar kesimida oladigan boʻlsak:
- ijtimoiy yoʻnalishlar boʻyicha – 9 222 nafar;
- sanoat sohasidagi xizmatlar – 9 187 nafar;
- Qishloq xoʻjaligi yoʻnilishi boʻyicha – 23 228 nafar;
- Axborot kommunikatsiya yoʻnalishlari boʻyicha – 1 746 nafar;
- Maishiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha – 17 761 nafar;
- Xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish faoliyat turlari boʻyicha - 4 139 nafar fuqaro roʻyxatga olingan.
Bundan tashqari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengayib, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati qoʻshidi. Unga koʻra, mazkur yoʻnalishda 3 875 nafar fuqaroning roʻyxati shakllantirildi.