Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Билдириш
⚡️Ҳурматли Тошкент вилояти аҳолиси! Кейинги пайтда телеграмда турли сохта канал ва ботлар пайдо бўлмоқда. Эслатиб ўтамиз, Тошкент вилояти ҳокимлигининг телеграмдаги ягона расмий саҳифаси: @toshvilpressa.
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
#Bildirish
⚡️Hurmatli Toshkent viloyati aholisi! Keyingi paytda telegramda turli soxta kanal va botlar paydo boʻlmoqda. Eslatib oʻtamiz, Toshkent viloyati hokimligining telegramdagi yagona rasmiy sahifasi: @toshvilpressa.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#otlar_karvoni
#registonda
#onlayn
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 2-dekabr kuni Nurafshon – Samarqand yoʻnalishidagi 330 km. masofani Qorabayir zotli otlarda bosib oʻtish boʻyicha marofonga start berilgan edi.
Jumladan, Qorabayir zotdor otlar karvoni belgilangan masofani bosib oʻtib, Samarqand shahri, Registon maydoniga yetib keldi.
Marafonda yurtimizning mashhur chavandozlari Qorakoʻz, Kapital, Yulduz, Karol, Limon, Miraj, Navroʻz, Oqsaroy, Olmos, Sadaf, Sangar, Toʻriq, Qaldirgʻoch, Mamlyuk, Sapsan, Istanbul, Komissar, Baron, Graf, Burgut, Toʻfon laqabli tulporlari bilan ishtirok etdi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

#bugunning_mavzusi
Ob-havoning keskin sovib ketishi bilan yuzaga chiqqan muammolar bartaraf etilmoqda
🔹Oʻrta Chirchiq tumani. Tuman gaz taʼminoti idorasi mutaxassislari aholiga gazning barqaror yetib borishi uchun 11 ta yuqori bosimli, 174 ta oʻrta bosimli GTPlar, shuningdek, 7,8 kilometrlik oʻrta va yuqori bosimli gaz quvurlarini koʻrikdan oʻtkazdilar.
🔹Yangiyoʻl shahar. Shahar hokimi oʻrinbosari M.Botirov va YHB boshligʻi T.Zokirov tashabbusi bilan shahardagi koʻprik va unga yondosh yoʻllar qor va muzdan tozalanmoqda.
🔹Ohangaron shahar. Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari kapitan A.Qoʻshaqov tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida tungi tekshiruvlar oʻtkazilmoqda. Tekshiruvlar davomida navbatchi va qoravullar bilan navbatchilikni xushyor va sergak olib borish hamda yongʻin qoidalariga rioya qilish boʻyicha profilaktik muloqotlar oʻtkazilmoqda.
🔹Yuqori Chirchiq tumani. Elektr taʼminoti korxonasi mutahassislari tomonidan havo haroratining keskin pasayib ketishi, isteʼmol hajmining favqulodda ortishi oqibatida yuzaga kelayotgan avariyalarni bartaraf etish ishlari 24 soat mobaynida nazoratga olinmoqda.
🔹Boʻstonliq tumani. Energiya taʼminotidagi avariya holatlarini bartaraf qilish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tunu kun ish olib bormoqda
🔹Ohangaron tumani. Olmaliq shahridan keluvchi markaziy gaz magistralida bosim pasayib ketishi oqibatida, tumanning bir qancha mahallalarida gaz tanqisligi yuzaga kelmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etish uchun “Ohangarontumangaz” boʻlimi ishchi-xodimlari tomonidan Angren GTSHdan 1,3 km. uzunlikda gaz quvurlari tortish ishlari amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda ushbu ishlar yakuniy bosqichga yetdi.
🔹Zangiota tumani. ETK xodimlari aholi murojaatlari boʻyicha joylarga chiqib, taʼmirlash ishlarini olib bormoqda.
🔹Toshkent tumani. Tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari avariyalarni tezkor bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda.
✉️ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

#shaffoflik
#hokimlikda_bir_kun
Viloyat hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
🌐 BATAFSIL
✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#hokimlikda_bir_kun
Viloyat hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#telenigoh
#otlar_karvoni
#marafon
Qorabayir otlari karvoni Samarqandda
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#otlar_karvoni
#marafon
Qorabayir otlari karvoni Samarqandda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонига шарҳ
—
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан "О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан "О помиловании группы лиц, отбывающих срок наказания, чистосердечно раскаявшихся в содеянном и твердо вставших на путь исправления"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Audio
#Dayjest
Shu kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab xalqimiz hayotidagi muhim va shonli sana — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Qisqa satrlardagi axborotlar mavzusi ana shu tadbirlar haqida.
🔘Kadastr boshqarmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan bir guruh xodimlar maxsus esdalik nishonlar bilan taqdirlandi.
🔘Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi. Faol va tashabbuskor yoshlar vakillariga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlarini viloyat hokimi oʻrinbosari Otabek Sultonbekov topshirdi.
🔘Xalq taʼlimi boshqarmasi. Ohangaron tumanidagi 26-maktabning tarix va huquq oʻqituvchisi Zamira Ismoilova Konstitutsiyamizning 30 yilligiga bagʻishlab, yuqori sinf oʻquvchilari ishtirokida “Zakovat” bellashuvini oʻtkazdi.
🔘Ohangaron shahri. Milliy Gvardiyaning Ohangaron shaharlararo qoʻriqlash boʻlimida Konstitutsiyaing 30 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.
🔘Toshkent tumani. “Konstitutsiya – farovon hayotimizning asosiy mezoni!”. Tumandagi 20-maktabda oʻtkazilgan seminar shunday nomlandi.
🔘Nurafshon shahri. “Yoshlar markazi”da Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.
🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi samarali mehnat qilayotgan bir qator faol davlat xizmatchilari, tadbirkorlar hamda nuroniylarga “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini topshirdi.
🔘Bekobod tumani. Tuman hokimligida tashkil etilgan marosimda taʼlim, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot, kommunal xoʻjalik sohalari vakillari hamda mahalla faollari munosib taqdirlandi.
🔘Piskent tumani. Tuman hokimligida “Konstitutsiya – milliy taraqqiyotimiz koʻzgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH

#shukuh
Bugun xalqimiz katta xursandchilik bilan oʻz hayotidagi muhim va shonli sana — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligini nishonlanmoqda.
Joylarda, mehnat jamoalarida mazkur qutlugʻ sana oʻziga xos tarzda qarshi olindi.
🚨 Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Kostitutsiyasining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.
🇺🇿 Viloyat IIBB. 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram roligi namoyish qilindi.
🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi. 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil toʻlishi munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi #baxtimiz_qomusi videoroligini taqdim etdi.
🔘Bekobod shahri. “Yongʻin xavfsizligi oyligi” va
“8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari shahar Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda «Qutqaruvchilik - sharafli kasb” deb nomlangan viktorina oʻtkazdi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tuman faollariga tantanali tarzda topshirildi.
🔘Nurafshon shahri. Bir guruh nurafshonliklar “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
🔘Toshkent tumani. Tuman hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tuman ahlini qutladi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Bugun xalqimiz katta xursandchilik bilan oʻz hayotidagi muhim va shonli sana — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligini nishonlanmoqda.
Joylarda, mehnat jamoalarida mazkur qutlugʻ sana oʻziga xos tarzda qarshi olindi.
🚨 Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Kostitutsiyasining 30 yilligi bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.
🔘Bekobod shahri. “Yongʻin xavfsizligi oyligi” va
“8-dekabr - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Bekobod shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari shahar Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda «Qutqaruvchilik - sharafli kasb” deb nomlangan viktorina oʻtkazdi.
🔘Yuqori Chirchiq tumani. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-noyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tuman faollariga tantanali tarzda topshirildi.
🔘Nurafshon shahri. Bir guruh nurafshonliklar “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
🔘Toshkent tumani. Tuman hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tuman ahlini qutladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh
Toshkent viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosib tantana qilindi.
Bayram munosabati bilan koʻplab faollar esdalik nishonlari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanali lavhasida.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Toshkent viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosib tantana qilindi.
Bayram munosabati bilan koʻplab faollar esdalik nishonlari va fahriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
Batafsil “Oʻzbekiston 24” telekanali lavhasida.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya
Toshkent viloyati hokimi ehtiyojmand oilalar uchun yana 1 milliard soʻm mablagʻ ajratdi
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjetining joriy yilning III chorak yakunida iqtisod qilingan qismidan 1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Mazkur mablagʻlar hududlardagi nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi taʼmirtalab fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Toshkent viloyati hokimi ehtiyojmand oilalar uchun yana 1 milliard soʻm mablagʻ ajratdi
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev farmoyishi bilan viloyat mahalliy byudjetining joriy yilning III chorak yakunida iqtisod qilingan qismidan 1 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Mazkur mablagʻlar hududlardagi nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, uy-joyi taʼmirtalab fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun sarflanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#bugunning_mavzusi
Qishning sinovli kunlarini betalofot oʻtkazish uchun barcha kuch va vositalar safarbar etilmoqda
Xususan, ob-havoning keskin sovib ketishi kommunal sohalar vakillari va mahalliy mutasaddilar zimmasiga kechiktirib boʻlmaydigan qoʻshimcha vazifalar yuklamoqda. Barchaning diqqat-eʼtibori vujudga kelayotgan avariya holatlarini oʻz vaqtida bartaraf etish, joylarda elektr, gaz va issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga qaratilgan.
Qisqa satrlarda shu mavzuda soʻz boradi.
🔘Yangiyoʻl tumani. Aholining mavsum bilan bogʻliq har bir muammosi sektor rahbarlari tomonidan manzilli oʻrganilmoqda.
🔘Yangiyoʻl shahri. Shahar hokimi F.Mirzayev tegishli masʼullar bilan birga “Yangibogʻ” mahallasida boʻlib, gaz va elektr sohasidagi mavjud muammolarni ijobiy hal etish maqsadida aholi vakillari bilan uchrashdi.
🔘Ohangaron tumani. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda “Ohangarontumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari tomonidan joylarda is gazidan zaharlanishning oldini olish, yongʻin xavfsizligi qoidalari yuzasidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.
🔘Angren shahri. “Gulzor” mahallasida shahar hokimi, sektorlar rahbarlari boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan fuqarolarning muammolari xonadonboy oʻrganilyapti.
🔘Chirchiq shahri. Shahar hokimi hamda shahar IIB boshligʻi yetakchiligidagi ishchi guruh aʼzolari “Yulduz” mahallasida bir qator xonadonlardagi mavjud sharoitlar bilan tanishdi.
🔘Zangiota tumani. Tuman hokimligi tomonidan ajratilgan koʻmir “Oʻratepa” mahalla aholisiga tarqatildi.
🔘Bekobod shahri. «Bekobodshahargaz” idorasi tomonidan gaz quvurlari va gaz tarqatish nuqtalarida yuzaga kelayotgan har qanday holatlarni bartaraf etuvchi tezkor guruhlar samarali faoliyat yuritmoqda.
🔘 Toshkent tumani. Tumanning tabiiy gaz yetib bormagan hududlari hamda gaz bosimi pasayib ketgan mahallalariga koʻmir yetkazib berilmoqda.