Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#baxshiyona
#yoʻl_yoʻlakay

Tulporlarni yeldirib, koʻpning havasini keltirib...

Nurafshondan yoʻl tortgan chavandozlar, otga ishqibozlar, adiru kengliklar havosini tuyganlar, otini yoridan sal koʻproq suyganlar, saharlab shoshib, gʻayrati toshib, “Toshkent dengizi”dan oʻtganda bir entikib, Piskentni nari berisida kapa tikib, nafasini biroz rostladi.

Egarni mahkamlab, bedalarni bogʻini qirqib, otlarni yoʻrgʻasini oʻzlariga mosladi.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati jamoasi ham uyur-uyur otlarni yonboshidan, birda rasmga olib, birda xati qalamda yozib yoritib borayapti.

Fotomuxbir Nozim Abdulla — kishmish solingan toʻrvada, bizdan oldingi yoʻrgʻada ketayapti.

Bir baxshi yigit ham yoʻldan karvonga qoʻshilib, doʻmbirasi ot dupuriga mos, gaplari chilvirday eshilib ketayapti. Undan eshitganlarimizni mujdalarimizga qoʻshdik.

Chavandozlar tulporlarni yeldirib, qizlarni havasini keltirib Boʻka tumaniga kirib keldi.

Kechki gurunglar hali oldinda.

Bizni kuzatib boring.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Chavandozlar Boʻka tumanining “Parkent” mahallasiga  yetganda otlarning egar-yuganlarini yechib, beqasam toʻnlarini yelkasiga tashladi.

“Zilolbuloq” nomli yemakxona atrofida oʻchoqlar oʻyilgan, qozonlar qoʻyilgan, peshonasi doʻng qoʻchqorlar soʻyilgan, gulxanga oʻtinlar qalashgan, qoʻr boshida baxshining doʻmbirasi yarashgan.

Gulxan atrofidagi gurunglarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Dostonlardan termalar aytildi. Suhbat gulxanga mos qizidi.

Ustingda egang omonat,  seni mingan topar murod, chu-ho, otamning oti.

Arazlab qolmasin, deb qirq kanizga boqtirdim, yoʻl damini olsin, deb yoʻl boʻyi daraxt ektirdim, pishnamasin kunda, deb salqin kunda choptirdim, bilagimga kuch keldi polvonning yelkasiday, togʻdan oʻynab kelishing suruvning sarkasiday, chu-ho, otamning oti, chu-ho, otamning oti, deya davra baxshiga joʻr boʻldi.

Hamma xush dam, xush olamda...

Baxshi bola

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon
#baxshiyona

Qorabayir karvoni: ot choptirgan adirlarimni, mol boqqan qirlarimni koʻray, degan otaxonlar chavandozlarga qoʻshildi

Boʻka tumanidan manzilni davom ettirgan egali tulpor galasi tong saharlab Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani “Nurli” mahallasiga kirib keldi.

Tong yorishmay shervoz soʻyilib, goʻshti choʻqqa osildi, kabobxoʻrlikdan kayfiyatlar chogʻ boʻlib, yoʻl charchogʻi bosildi.

Yigitlar yoʻl damini olgandan keyin, otlari yollarini tarab,  yon-veriga qarab, suvini tutib,  bir-birining shay boʻlishin kutib turdi.

Sirdaryoliklar marafon ishtirokchilarini soʻlqillab pishgan issiq nonlar, qizlarning yuziday qirmizi olma, anorlar bilan kutib oldi.

Jizzax tomonlardan Sirdaryoga koʻchib kelgan otaxonlardan ayrimlarining zavqi kelib - ot choptirgan dalalarimni,  mol boqqan adirlarimni bir koʻrib qaytay, deb safga qoʻshilib, misli jigirma ush yosh jigitday otga mingashib oldi.

Usti boshiga chang yuqtirgan erkaklar sovun bozorda, bir xillari qovun bozorda toʻxtab oʻtdi.

Quloqlaring orasidan mergan quyon otguday, iyigʻingga qarasa kuyov yigit yotguday, salgina tezlashmasang Saman bizdan oʻtguday, chu-ho, otamning oti, chu-ho otamning oti...

Chavandozlar va havaskorlar manzilda davom etmoqda.

Shuningdek, karvonga Sirdaryo viloyati Chavandozlar maktabining Qorabayir zotiga mansub Qorkoʻz, Jiyron, Koʻkbulut, Mustang, Toʻpponcha laqabli otlari qoʻshildi.

Baxshi bola

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Toshkent viloyatidan otlangan qorabayir zotdor otlar karvoni Sirdaryoning Mirzaobod kengliklaridan bir muddat  otlarni oʻtlatib, qorinni toʻqlatib, Jizzax tomon
yoʻl bosmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#baxshi_bola

Chavandozlarni qorni toʻyib, telpagini, beqasam choponini bir chekkaga qoʻyib, Alpomishdan bir terma tingladi:

Alpomish zindondan omon chiqqandan keyin jurtiga qaytdi.

Elga qoʻshilishdan oldin, bu jurtta oʻzi haq kim, nohaq kim, kabir kim sogʻir kim? Shuni birinchi bilayin, deb, sarkani soqolini ulab, misli Qultoy boʻlib, yurtini oraladi.

Qarasa oʻgʻli enasini toʻyiga soʻyilgan qoʻylar osilgan qozonni tagida oʻt jogʻib oʻtirganakan.

Bolsini koʻrib, juragini boshi erib, oshdagi bir goʻshtni unga uzatdi. Buni koʻrgan oshpaz: sogʻir boʻgʻaningdan keyin, soʻgʻonoqlik qilar ekansan, seni deb mehmongayam ovqat jetmay qoladi, deb kapgir bilan monglayiga bir sogandi, Jadigardi ogʻzi boshi qonab qoʻyaberdi.

Shuda Jadigar jetim otasiga qorab, bobojon mening otam yelga qoytib kelama, beva qogan yenani toʻyida jadigar jetim, jilik kamiraman, deb toyaq jeb oʻlama, deb turgʻan joyi ekan...

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Karvonimiz Jizzaxga yaqinlashib qoldi. Koʻrganlarimizni aytmoq boʻlayapti bizdan, tinglamoq boʻldi Sizdan.

Sirdaryoning manzillari ancha obod ekan, odamlarining choyga qoʻshib ichgani qandu navot ekan.

Yoʻlda bir oq kapaga koʻzimiz tushdi, otlarni boshini shu tomonga burdik.

Baxshi bola doʻmbirasini chertadi: Oq oʻtovdan otilib, soʻlqillab chiqsang sen qiz, ot boshini burganman, bahona-ichmoq qimiz. Ibo bilan oʻtovga boshlading, yuzi qirmiz, to qimiz simirguncha qozonda qilding “jiz-biz”...

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#baxshiyona

Er yigitni otda shamol urama, hoyiqqanlar otda buytib kelama?!

Polvonlar yoʻl boʻyi sahroyi nishindan, yakkam dukkam ovullardan, qishloqlardan oʻtdi.

Baxshi choyni qurillatib,  ovozini doʻrillatib, doʻmbirasini chertib kelaberdi.

Er yigitni otda shamol urama, hoyiqqanlar otda buytib kelama? deb chavandozlar otini oʻynoqlatib, Jizzax viloyatining Doʻstlik tumaniga jetib keldi.

Mehmonlarni hurmati uchun olaparlar hurmagan,  kelinlar sigirlarni sogʻishga turmagan bir pallada Jizzax boʻylab karnay-surnay yangradi.

Baxshi bola.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#baxshiyona

Otda yurishning ham oʻziga xos sehri bor. Jizzaxdan otlar karvoni oʻtayotganining daragini eshitganlar yuzlab chaqirim
yoʻl bosib kelishga erinmadi.

Ha, bir kelganlarni ogʻzi oshga tegsin, Zominni patiriga sariyogʻ surib jesin, deb mehmonlarni izzatini qoʻydi joyiga, eeee, kerak boʻlsa shira suvlar qilib berdiyayayayaya, qorbayir toyiga, eeeee...

Oʻzimiznikilardan Toshkent viloyati fermerlar kengashi raisi Shuhrat Doʻstbekov, Boʻka tumani hokimi oʻrinbosari Shuhrat Xaydarov qoʻyni michalashga qarashib turdi, dirkillagan quyruqlarni qozonni boshida paqqos urdi.

Hay, yara!

Baxshi bola

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#marafon

Otlar matonati, yigitlar shijoati sinovdan oʻtmoqda

Toshkent  viloyatidan yoʻlga chiqqan chavandozlar ayni vaqtga qadar 200 kilometrdan ortiq masofani bosib oʻtdi.

Karvon Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida  biroz toʻxtadi. Jonivorlarning tuyoq-taqalari, egar-abzallari, tana harorati, yurak urishi tekshirildi.

Yurak urish tezligi daqiqasiga 75 dan oshgan otlar alohida nazoratga olindi.

Maʼlumot uchun: tulporning yurak urish tezligi - daqiqasiga 34 dan 37 gacha, masofa  bosib yurganda 72 dan 74 gacha,  poygada esa daqiqasiga 375 tagacha yetadi.

Otlar karvoni yoʻlga chiqishga shaylanmoqda.

Mavzu yuzasidan karvonga sarbonlik qilib ketayotgan Jahongir Sodiqovning fikrlari bilan oʻrtoqlashdik.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yoʻl_yoʻlakay
#tun_vaqti

Ayni paytda “Qorabayir otlar karvoni” 250 kilometrdan ortiq masofani bosib, Gʻallaorol tumaniga yetib keldi.

Tulporlarga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari koʻmagida yem-xashak, iliq suvlar yetkazib berilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM