Toshkent viloyati hokimligi
14.8K subscribers
40.7K photos
5.54K videos
48 files
22.1K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Piskent tuman hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumani Qirqqizobod hududida och bo‘rilar sang‘ib yuribdi mazmunidagi videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Qirqqizobod hududi tog‘li hududda joylashganligi sababli, har yili qish mavsumida qor yog‘ishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan bo‘rilar ham qishloqlarga kelishi kabi holatlar kuzatiladi.

Bugun erta tongdan boshlab yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.

Tutilgan bo‘rilarni tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, hozirgacha aholiga hech qanday zarar yetmagan.

➡️ Кириллда ўқиш

Telegram | 🌐Instagram |📹YouTube  |🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

2025 yil uchun Toshkent viloyati, shuningdek, shahar va tumanlarning budjet ko‘rsatkichlari


1. Toshkent viloyati: https://e-qaror.gov.uz/doc/2187679

2. Olmaliq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189951

3. Angren shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189682

4. Ohangaron shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189405

5. Bekobod shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189596

6. Chirchiq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190629

7. Yangiyo‘l shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189397

8. Ohangaron tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189226

9. Bekobod tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191103

10. Oqqo‘rg‘on tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189622

11. Bo‘stonliq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191298

12. Bo‘ka tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189315

13. Yuqorichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189702

14. Quyichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189447

15. Zangiota tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191347

16. Qibray tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191258

17. Parkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189842

18. Piskent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190738

19. O‘rtachirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189217

20. Toshkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191260

21. Chinoz tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190060

22. Yangiyo‘l tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191173

23. Nurafshon shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190918

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Alimxodjayev Farhod Maxmudxodjayevich Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

F. Alimxodjayev - 1978 - yilda Chinoz tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirish kursini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar hamda Samarqand viloyatida bir qator mas’ul lavozimlarda, shuningdek, tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar kengashi raisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Doniyev Oybek Orziyevich Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Viloyat bosh arxitektori etib tayinlandi.

O. Doniyev - 1983-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005-yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti kunduzgi, 2007-yilda magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent shahrining bir qator tumanlarida bosh arxitektor lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Ikramov Yodgorbek Otabek o‘g‘li Toshkent viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Yo. Ikromov - 1992-yilda Qibray tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017- yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti, 2023-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining mas’ul lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining Hududiy inspeksiyalar qurilish-montaj ishlarini nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Bu yil “Ayollar daftari”da qanday o‘zgarishlar
kutilmoqda?
________

What changes are
expected in the “Women’s notebook” this year?
________

Какие изменения
ожидаются в этом году в «Женской тетради»?

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining sessiyasi haqida axborot

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga oʻn ikkita masala kiritildi. Xususan, majlisda deputatlar qurilish, kommunal soha, budjet, ekin yerlaridan unumli foydalanish doir dolzarb masalalarni muhokama qildilar va mutasaddilarning axboroti eshitildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalarga aloqadar tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi. Kengash qarorining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayziyeva olib bordi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Официально

Toshkent viloyati delegatsiyasi Malayziyada manfaatli muzokaralar
oʻtkazmoqda
________

Делегация Ташкентской области
проводит в Малайзии успешные переговоры

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

“Eltuz” telegram kanalida Ohangaron tumanida 20 gektar giloszordagi daraxtlar kesib tashlangani haqida tanqidiy material chop etildi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Postda yozilganidek, Ohangaron tumanidagi 20 gektar giloszor deyilayotgan bogʻ, aslida, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan bodomzor boʻlib, ushbu bodomzor 2020-yilda tashkil etilgan. Yangi ekilgan bodomlar erta gullaydigan navidan boʻlganligi sababli, oʻtgan yili qishda koʻchatlarni sovuq urgan. Fermer xoʻjaligi rahbari Iskandar Sarimsaqov 2024-yilning 16-fevral kuni oʻz fermer xoʻjaligiga qarashli 592, 593, 594, 595, 596 va 597-konturdagi jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzorning hosildorligi va rentabelligi yoʻqligi sababli, ushbu bogʻni buzib, oʻrniga boshqa daraxt koʻchatlarni oʻtqazishni soʻrab, tuman hokimiga murojaat etgan. 

Uning ushbu murojaati yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi rahbari Abdumannob Xoʻjayorov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, fermerning arizasida koʻrsatilgan holat oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida mazkur yer maydoniga 2019-2020-yil bahor-kuz oylarida bodomning “Qilich”, “Бумажный” navlari ekilgan va ushbu bogʻga tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan. Biroq jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzor 2023-yil qish oylaridagi anomal sovuq tufayli hamda tuproq iqlim sharoitining sovuqligi, shuningdek, bodomlar erta gullaganligi bois, uning gullari, kurtaklari va tana qismini sovuq urganligi aniqlangan. Koʻchatlar yaroqsiz holga kelganligi uchun, ushbu bodomzor iqtisodiy jihatdan samarasiz, deb topilgan. Fermerga esa ushbu bogʻni buzib, iqlim sharoitidan kelib chiqib, eksportbop, intensiv, serhosil va iqtisodiy samarador boʻlgan mevali daraxt koʻchatlarini ekish tavsiya etilgan.

Shundan kelib chiqib, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligi rahbari oʻz xohishi bilan ushbu bogʻni 2024-yilning dekabr oyida buzgan. Ushbu yerga fermer xoʻjaligi tomonidan shu yilning bahor oylarida boshqa turdagi mevali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bu joy kommunikatsiya tarmoqlari va aholi yashash manzilidan uzoqligi bois, koʻp qavatli uylar qurilishi toʻgʻrisidagi gaplar mutlaqo asossizligini bildiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM