Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyatida III Ustozlar milliy forumi oʻtkazildi

Bugun Nurafshonda “Ustozlar milliy forumi”ning Toshkent viloyati anjumani oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Viloyat hokimining nutqidan iqtiboslar:

Joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 29 943 nafar bitiruvchi tamomladi. Ularning 40 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan;

viloyatdagi 13 ta ixtisoslashgan maktab orasida OOʻYu kirish boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkich Ohangaron shahri (85 foiz), eng yomon koʻrsatkich Boʻka tumani (50 foiz) da qayd etilgan;

Umumtaʼlim maktablari kesimida eng yuqori koʻrsatkich Olmaliq shahridagi 1-maktab (181 nafar bitiruvchidan 111 nafari);

2023-2024 oʻquv yilida 94 ta maktabda oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish tizimi yoʻlga qoʻyilib, 11 ta yoʻnalishda oʻquvchilar kasbga oʻrgatilmoqda;

10 ta maktabda tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolanib 565 nafar 10-11-sinf oʻquvchilariga ish haqi toʻlash tizimi joriy etildi;

Bu yil 45 ta umumtaʼlim maktabida qurilish yakunlanadi va 14 764 ta yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi;

Bir oy muddatda 2023-2024 oʻquv yili natijalaridan kelib chiqqan holda maktablarning reyting koʻrsatkichlari aniqlanadi, top 10 talikka kirgan maktab direktorlari har oyda oylik ish haqining 50 foizigacha boʻlgan miqdorda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiriladi.

Nutqning toʻliq matni bilan veb saytimizda tanishing - Havola (oʻzbekcha, inglizcha, ruscha).

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

“Hokimlik soati”da dolzarb masalalar muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida viloyat faollarining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda videokonserensaloqa orqali Toshkent viloyati shahar va tumanlarining mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Majlisda dastlab viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 8 oylik koʻrsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi. Hududlar va tarmoqlar boʻyicha erishilgan natijalar eʼtirof etildi, yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklar masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Faollar yigʻilishida, shuningdek, “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” tamoyili boʻyicha hududlarda olib borilayotgan ishlar koʻrib chiqildi. Bu borada masʼullarning axboroti tinglandi, aniq qoʻshimcha topshiriq va vazifalar berildi.

Yigʻilishda majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha idora va tashkilot rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev raisligida bugun boʻlib oʻtgan faollar yigʻilishida viloyatimizda yangi lavozimda ish boshlagan rahbarlar tanishtirildi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi, yuqori turuvchi idoralar rahbarlarining tegishli qarori bilan:

Mirsultonov Miraziz Bahromovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Odilov Olim Homidovich Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga;

Ubaydullayev Umidjon Raimqulovich Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimiga;

Isroilov Farhod Obidxoʻjayevich “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi DUK boshligʻi lavozimiga;

Olim Sulaymonov Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Toshkent viloyati mintaqaviy filiali boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot


Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

“Nurafshon” telekanaliga yangi rahbar tayinlandi

Gʻulomjon Xursandovich Samadov “Nurafshon” telekanali direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar Prezident administratsiyasida masʼul lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Gʻulom Samadov turli yillarda MTRK tizimidagi telekanallarda, jumladan Xalqaro press-klub sharhlovchisi sifatida ishlagan.

Izoh: telekanalning sobiq rahbari Olimjon Begaliyev “Nurafshon” telekanalining rahbari oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

“Kambagʻalikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi, rejalar belgilab olindi

Bugun viloyat hokimligida “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” dasturi doirasida masʼullar tomonidan bajarilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi. Bunda har bir rahbar oʻziga biriktirilgan kambagʻal oila bilan individual shugʻullanishi, ular barqaror daromadga kirguncha faol ravishda ish olib borishi shartligi taʼkidlandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi – Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov ishtirok etib, kambagʻal oilalar reyestrini shakllantirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, orzu-umidlaridan kelib chiqqan holda, istiqboldagi rejalarni tuzish, maxsus elektron platforma orqali bu tajribani qayd etib borish lozim ekanligini atroflicha tushuntirdi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari platformani qanday toʻldirish, kambagʻal oilalar reyestrini adolatli, haqqoniy yuritish boʻyicha ish olib borish tartibini videoselektorda ishtirok etgan “Mahalla yettiligi”ga koʻrsatib, batafsil tushuntirib berishdi. Toshkent viloyatida toʻplangan va samara keltirgan ijobiy tajriba kelgusida respublika miqyosida kambagʻallikka qarshi kurash jabhasiga tatbiq etilishi moʻljallanmoqda, dedi M.Olloyorov oʻz nutqida.

Yil boshida viloyatimizda jami aholining 10,2 foizini kambagʻal oilalar tashkil etgan boʻlsa, bu saʼy-harakatlar natijasida yil yakunida 7 foizga tushishi kutilmoqda. Boshqacha aytganda, bugun hududda 63 ming 9 ta kambagʻallik darajasidagi oilalar mavjud. Ularning har biri bilan individual tartibda ish olib borilmoqda.

Endilikda, viloyatda rahbarlar haftaning juma kunida oʻziga biriktirilgan kambagʻal oilalarda boʻlib, ular bilan suhbatlashadi, berilgan imtiyoz va imkoniyatlarni tushuntiradi. “Kambagʻallikdan – farovonlik sari” davlat dasturida belgilangan yettita yoʻnalishda, yaʼni, turmush tarzi, ijtimoiy tafakkurini yaxshilash, rivojlantirish borasida birgalikda ish olib boradi. Masalan, oʻtgan hafta – 4-oktyabr kuni oʻtkazilgan “Kambagʻal oilada bir kecha” aksiyasi doirasida 220 nafar viloyat boshqarmalari va tuman, shaharlar sektor rahbarlari qatnashgani katta ijobiy samara keltirgan: 456 nafar inson ishga joylashgan, 367 ta oilaning farzandlari turli toʻgaraklarga jalb qilingan.     

Yigʻilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi. Majlisda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

Toshkent viloyatida jamoat transportini yaxshilash maqsadida 1000 ta yangi avtobus xarid qilinishi rejalashtirildi

📸 Foto - Suxrob Boymirzayev

👉 Batafsil
__
                                                             
The purchase of 1,000 new buses is planned to improve public transportation in the Tashkent region

📸 Photo-Sukhrob Boymirzayev

👉 In detail
__

В целях улучшения положения с пассажирскими перевозками в Ташкентской области запланировано закупить 1000 новых автобусов

📸 Фото-Сукроб Боймирзайев

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Tayinlov

Toshkent viloyati hokimiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Tursunov Otabek Ravshanbek oʻgʻli Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi

O.Tursunov 1984 - yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

O. Tursunov ilk mehnat faoliyatini Andijon shahar “Sanoat qurilish temp” MCHJ taʼminotchisi vazifasidan boshlagan. Faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligida masʼuliyatli lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati mudirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Viloyat hokimi raisligida oʻtgan navbatdagi faollar yigʻilishida Otabek Tursunov yangi rahbar sifatida tanishtirildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Boymirzayev Suxrob Sanjarovich – Olmaliq shahar hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

S.Boymirzayev 2002-yilda Olmaliq shahrida tugʻilgan.

Tayinlovga qadar, Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati yetakchi mutaxassisi vazifasida faoliyat  yuritib kelayotgan edi.

Maʼlumot uchun, mazkur tayinlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasining xulosasiga muvofiq amalga oshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Oфициально

“Hokimlik soati”da dolzarb masalalar muhokama qilindi

👉 Batafsil


Relevant issues are discussed during the 'Governor's hour' meeting

👉 In detail


На совещании «Час хокимията» обсуждались текущие актуальные темы

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official

Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali marosim oʻtkazildi. Tadbirda soha faxriylari, xizmat burchini oʻtash chogʻida vafot etgan xodimlarning oila aʼzolari, Toshkent viloyati IIBB jamoasi vakillari qatnashdi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

On the occasion of the 33rd anniversary of the establishment of the Internal Affairs bodies and "Internal Affairs Workers' Day" a solemn ceremony was held. The event was attended by veterans of the sector, the families of employees who died while on duty, and representatives of the Tashkent Regional Department of Internal Affairs.

The Governor of Tashkent Region, Zoyir Mirzaev, participated in the ceremony and delivered a speech.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM