#Raddiya
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligi yangi qimmatbaho avtomobil xarid qilgani haqida xabar tarqalmoqda.
Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, Toshkent viloyati hokimligi yangi avtomobil xarid qilmagan. Shuningdek, yaqin orada yangi avtomobil xarid qilish ham rejalashtirilmagan.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligi yangi qimmatbaho avtomobil xarid qilgani haqida xabar tarqalmoqda.
Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, Toshkent viloyati hokimligi yangi avtomobil xarid qilmagan. Shuningdek, yaqin orada yangi avtomobil xarid qilish ham rejalashtirilmagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raddiya
#rasmiy_bayonot
Kun.uz saytida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan
Bugun Kun.uz saytida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan uchta elektromobil amaldagi qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotgani, hokimlikning rasmiy veb saytiga noto‘g‘ri axborot kiritilgani ta’kidlangan.
Mazkur material bir yoqlama va mavjud hujjatlarni to‘liq o‘rganmay chop qilingan, deb hisoblaymiz. Jumladan,
1) Toshkent viloyati hokimininig birinchi o‘rinbosariga 2021 yili ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 001 TVX xizmat mashinasi sifatida biriktirilmagan. Bu noto‘g‘ri axborot. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosariga 2009 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 003 DAV rusumli mashina biriktirilgan.
👉 To‘liq ma’lumot
2. Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi haqiqatan ham 2020 yilda ishlab chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 258-sonli Qarorining 6-bandida xizmat mashinalarini yangilash tartibi belgilangan. Xususan, 5 yil foydalanishda bo‘lgan mashinalar, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan mashinalar almashtirilishi yoki quyi tizim tashkilotlariga foydalanish uchun berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, hozirgi kunga kelib yo‘l-transport hodisasiga uchragani sababli, texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgan.
Xarid qilinayotgan xizmat yangi mashinalari (elektromobil, gibrid) davlat rahbarining PQ-443 sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi avtotransport vositalari xarid qilinganidan keyin amalda foydalanilayotgan mashinalar tegishli tartibda hisobdan chiqariladi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

"Uzdiplomat" saytida e’lon qilingan tanqidiy maqolaga raddiya
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari sayt xodimlari tomonidan yozilgan tanqidiy maqolaga suhbat orqali videobayonot berish, holatni toʻliq izohlash tashabbusi bilan chiqqan.
Tomonlar intervyu kuni va joyini aniq kelishishgan. Biroq tahririyat xodimi Hulkar Murtazoyeva kelishilgan vaqtda suhbatga kelmagani uchun rasmiy izoh berish qoldirilgan.
Fuqaro Robert Nosirovning toʻlov-shartnomasi uchun mablagʻ ajratish borasidagi masala yuzasidan holat quyidagicha.
Batafsil
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte

Darakchi.uz saytida eʼlon qilingan material yuzasidan raddiya
Bugun Darakchi.uz saytida Toshkent viloyatida mahalliy budjet mablagʻlarining harajatlariga oid material eʼlon qilindi.
Jurnalist bu materialda iqtisodiy voqelikdan ancha yiroqda ekani, mahalliy budjet asosiy va qoʻshimcha daromadlarining shakllanish jarayonidan mutlaqo xabarsizligi yaqqol sezilgan.
Bundan tashqari, studiyaga aldab chaqirilgan moliya boshqarmasi xodimiga tayyorgarlik talab qiladigan, aniq raqamlar va muayyan voqelik bilan bogʻliq savollarni qoʻqqisdan berib, unga, keng maʼnoda, davlatga nisbatan jamoatchilik nafratini paydo qilishga uringan.
Holbuki, amaldagi qonunchilikka koʻra, mahalliy budjetning, shu jumladan, asosiy va qoʻshimcha daromadlarning daromad va harajatlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Barcha maʼlumotlar ochiq manbalar portalida eʼlon qilib boriladi.
Jurnalist budjet harajatlari taqsimotiga oid tasavvurga ega boʻlmagani bois, viloyat va shahar, tumanlar mahalliy budjetini tasarruf etish jarayonini adashtirib yuboradi, mahalliy Kengashlar faoliyatini nooʻrin tanqid qiladi.
Toshkent viloyati hokimligi mazkur koʻrsatuv budjet ijrosiga oid qonunchilikdan umuman xabarsiz jurnalist tomonidan tayyorlangani, keltirilgan maʼlumotlar, raqamlarning mazmuni asossiz tanqid qilinganini bildiradi.
Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter