#Chilla_iste’dodlar_mavsumi
KO‘L BO‘YI YOSHLAR BILAN GAVJUM, SARATONNING ERKA SHAMOLLARI OHISTA ESMOQDA
Nurafshon shahridagi "NURAFSHON BEZNES CITY" hududidagi ko‘l bo‘yida "Chilla – isteʼdodlar mavsumi” madaniy tadbirlariga start berildi.
Tadbirni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultonbekov ochib berdi, bisotidagi eng yaxshi tilaklarni yoshlarga tiladi.
Mazkur hududdagi koʻl boʻyida pavilyonlar tashkil etilgan boʻlib, 1-pavilyonda musiqa ijrochilari hamda raqs guruhlarining chiqishlari namoyish etilmoqda.
Toshkent viloyatida azaldan xalq ijrochiligi, anʼanaviy maqomchilik yaxshi rivojlangan. Sahnada ana shu oʻlmas durdonalardan tayyorlangan musiqiy kompozitsiya yuraklarni hayajonga soladi.
"Chilla – iste’dodlar mavsumi” madaniy tadbiri doirasida 2-pavilyonda zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Madaniy tadbirga yigʻilgan yoshlarning kayfiyati koʻtarinki darajada.
Jumladan, 3-pavilyonga yigʻilgan oʻgʻil-qizlar davrasiga qo‘shilgan kishi koʻchma kinoteatrda filmlar namoyishga guvohi bo‘lmoqda.
4-pavilyon ham yoshlar bilan gavjum. Unda ishtirokchilar oshpazlik mahoratini sinovdan o‘tkazmoqda. Shuningdek, mazkur tadbir orqali gastronomik turizmni targ‘ib qilish ham maqsad qilingan.
5-pavilyonda tashkil etilgan tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasida yosh iste’dodlilar qatnashmoqda.
Bu kabi tadbirlar yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kamolotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, kasbiy o‘sishiga ham xizmat qiladi.
Muazzam maydon uzra chinakam yuqori kayfiyat hukmron. Bu kayfiyat 6-pavilyonda tashkil etilgan konsert dasturida, gulxan atrofidagi gurunglarda yaqqol namoyon boʻlayapti.
Eslatib o‘tamiz, bugungi tadbirda Angren hamda Ohangaron shahridan kelgan yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbirlar 30-iyulga qadar davom etadi.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM