Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Tanqid

Oʻrta Chirchiq tumani Kim Pen Xva hududi. Toshkent-Nurafshon yoʻlining yoqasidagi ahvol. Davlat mablagʻ ajratgan Street Workout qurilgan, sport inventarlari olib kelingan.

Keyin qaysidir aqlli bu yerga doʻkon qurishga hujjat chiqarib bergan, tadbirkorimiz ham jihozlarni qoʻporib tashlab, qurilishni boshlavorgan.

Xoʻp. Shu ish boʻlibdi, oʻsha doʻkon judayam zarur ekan, tushundik. Lekin, nimaga jihozlar boshqa maqbulroq joyga koʻchirilmayapti? Bu jihozlarning yarmi birovning uyida, yarmi koʻchada yotibdi, egasi yoʻqmi?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanqid

Yoʻl taʼmirlangani bu - koʻzboʻyamachilik uchunmi?

📹 Batafsil videolavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

XUSUSIY TAʼLIM VA YoSHLAR TASHKILOTI

Xususiy bogʻcha, maktab, institut, universitet – bular keyingi ikki-uch yilda gʻoyatda koʻpaygandan koʻpaydi. Bolajon xalqimizni nozik tuygʻulari bilan oʻynab, bolangni komillikka eltaman deb aldab, naqshinkor, muhtasham binolarda  dabdala qilib tarbiyalab berishayapti, desam ishonavering.

Bizda xususiy taʼlim hali rivojlanish va shakllanish jarayonida ekan, hozir, shu bugundan eʼtiboran davlat bilan munosabatlariga aniqlik kiritib olishi, qoidalar qatʼiy oʻrnatilishi shart, deb hisoblaymiz.

Xususiy maktablarda ota-onalar kengashi, yoshlar tashkilotining boshlangʻich yacheykasi singari anʼanaviy institutlar boʻlishi kerak, bizningcha. Eng muhimi, davlat taʼlim standartlari hali hamon bormi? Bu standartlar ham xususiy taʼlimga taalluqlimi?

Toshkent tumanida bir xususiy bogʻchaga borganimda gʻaroyib holatga guvoh boʻlganman. Hijob oʻragan, feʼl-atvori halim va shikasta bir ayol rus tilidan bolajonlarga dars berarkan. “Pushkin qachon tugʻilgan?” deb soʻradim mutlaqo tasodifan, oʻzimcha. Javob yoʻq. Keyin sekin rus adabiyoti, rus estetikasi haqida soʻradim. Yana javob yoʻq.

Bu yerda gap ruslarni qanchalik bilish haqida emasligini tushunib turibsizlar, deb umid qilaman. Rus bogʻchasiga bolalarni berganda rus tilidan dars beradigan ustoz bu tilda yaratilgan moʻjizalarni sal-pal bilishi ham kerak-da. Besh vaqt namozda ekanligini pesh qildi, rus tili grammatikasini bilishini aytdi. Ibodat – har kim oʻzi uchun qiladigan ish. “Kasbingizni bajarib qoʻying”, – dedim unga xayrlasharkanman.

Bilishimizcha, xususiy taʼlim tashkilotlariga Yoshlar ishlari agentligining kirishga, oʻrganish oʻtkazishga haqi yoʻq ekan. Biznes-ombudsman orqali kirilarkan. Ie, bu yer biznes maydonchasi emasku, bu yer taʼlim dargohiku!

Xususiy taʼlim gullasin, rivojlansin. Lekin hozirgi holat kishini choʻchitadi, xalqning choʻntagini shilish uchun har nedan tap tortmayotgan biznesmenlar taʼlimga kirib qolmadimikan, degan xavotir paydo qiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavzuga_qaytib #tanqid

Ikki pashsha suhbatidan

– Oʻrtooo, qishda rejalaring qanaqa?

– Sharoit shunaqa vip boʻptursa, Boʻkada qolaman, joʻra.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanqid

Yangiyoʻl shahrining qoq markazi - bozorning toʻgʻrisidagi yoʻl boʻyi ekan.

Ana obodligu mana obodlik. Ekologiya, Toza hudud degan tashkilotlar tirikmi? Bilmadik, bilolmadik...

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

Soʻnggi vaqtlarda ekologik madaniyat, noqonuniy chiqindixonalar haqida koʻp va xoʻp gapirilyapti. Ammo negadir jamoatchilik nazorati tinch.

Siz videolavhada koʻrib turgan “chiqindixona” Yangiyoʻl shahridagi “Baxt” (!) mahallasida paydo boʻlgan. Aslini olganda rang-barang yelim xaltalar, oziq-ovqat chiqindilari yoki bolalar tagliklari uzoqdan tashlab ketilmaydi, shu yerlik aholining ishi bu.  Kadrlarni koʻrib, bobomizning “Odamlar bor – hayvon undan yaxshidir” satrlari yodingizga keladi...

Toshkent havosi ifloslanish boʻyicha dunyoda old oʻrinlarda. Bunda sizning, bizning shunaqa loqaydligimiz, madaniyatsizligimiz ham taʼsir koʻrsatmayaptimikan? Ertaga nima boʻladi? Yo sizning bolalaringiz bu havodan nafas olmaydimi?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

Ohangaron tumani “Ubayd” mahallasida uch kundan buyon ichimlik suvi yoʻq.

Bu namunali uylar topshirilganiga 6 yil boʻldi. Biroq suv muammosi haligacha toʻliq hal qilinmagan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

‼️ Nurafshon. Yoshlar ishlari agentligi binosi. Har kuni shu ahvol.

Kuniga 5-6-marta chiroq oʻchadi. Sababsiz, izohsiz, ogohlantirishsiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

RAIS KIM BU YERDA?

Uy gʻorat boʻldi. Suv bosdi. Mavzuning egasi shirkat. Hozirgi nomi BSK. Muammo chiqsa, portalga yozishni maslahat beradi, koʻplashib hokimga boraylik deydi, lekin oʻzing-chi, nima qilib oʻtiribsan, desang javrash, janjal, yoʻqol-chi-yoʻqol. BSKga oʻrnashib qolgan yovvoyi toʻdalar qachon daf boʻladi?

Aytmoqchi emasdim-ku, bularga birovning kuchi yetmaydi. Davlat tashkiloti emasmiz, hokiming bizga “kopeyeyka” deydi. Doim bank eshigida oʻtirib, tashkilotga yana kredit olishni oʻylaydi. Xalq nomidan kattalarga katta gapiradi, muammo aytsang oʻsha gap: portalga yoz, hokimga koʻplashib bor. Boraverib bet, qolmadi uka, bet!

Bularni nima qilish kerak? Surishtirib koʻrsam, juda koʻp BSKlarga janjalu shantajning hadisini olgan bevalar, betimning qattigʻi, jonimning huzuri deydigon muttahamlar oʻrnashib olibdi. Koʻp qavatli uylarda yashovchilar ularning dastidan arz qilib baraka topmayotgan ekan. Chunki, ularning tomoq yirtar qichqiriqlaridan hamma bezor: qoʻy, uka, shu bilan tortishma deb maslahat berishadi...

Bu qachongacha davom etadi? Siz tomonda vaziyat qanday?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

Nurafshon shahridagi katta bozorning ahvoli

Oʻsha gap. Nurafshon shahri – bedarvoza. Hozircha.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

“TOSHKENT VILOYATI CHUQURLARI”: MAXSUS FILM

Toshkent viloyatida qurilish sohasidan fayz ketdi. Istalgan yangi qurilgan davlat obyektini olib koʻring, loyiha-smeta hujjatlarida koʻrsatilgandek bekamu-koʻst qurilmagan. Hammasida bir kamchiligi bor.

Qurilgan, ammo yillar davomida qabul qilib olinmagan, foydalanishga topshirilmagan obyektlar statistikasi hech kimda yoʻq. Bugun qurilish sohasidan battarroq abgor soha yoʻq, bizningcha.

Viloyatni chuqurlar bosib ketgan. Qayerga qaramang, chuqur, kotlovan, chala bitgan imoratlar. Nega shunday, hurmatli mutasaddilar? Nimaga bu chuqurlar toʻlmayapti? Sizda statistika ham yoʻq hatto. Asil manzarani bilmaysiz, koʻrib koʻrmaganga olib yurasiz.

📹 Koʻrsatuvni toʻliq tomosha qiling.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanqid

Yangiyoʻl shahrida 2 ming tup koʻchat qurib qolgani aytilmoqda

“Yashil makon” tadbirlar doirasida ekilgan koʻchatlar va ularning qurib qolganligi holatiga shaharda tanqidiy yigʻilish oʻtkazgan Zoyir Mirzayev huquqiy baho berilishini soʻradi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM