Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh bolalarni qiynayotgan shaxs” videosi tarqatilib, muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingan, fuqaroning shaxsi aniqlangan.

Tez orada dastlabki tafsilotlar boʻyicha axborot beriladi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar
Bosh boshqarmasining matbuot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram
📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev yakshanba kuni ham yigʻilish rejalashtirdi, mazmunidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot.

2023-yil 11-iyun kuni bunday mazmundagi yigʻilish oʻtkazish viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning kunlik ish jadvaliga kiritilmaganini, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildiramiz.

Asoslanmagan va yolgʻon axborot qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻlishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar ma’murlarini ogohlantiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tugʻruqxonada homilador ayol chaqalogʻi bilan vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga koʻra, bugun, 14-iyul kuni soat 06:45 da fuqaro M.D. Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga 3-homiladorlik 38 xafta 2-tugʻish oʻtkir ichak infeksiyasi sepsis, septik shok, gipovalinik shok, isitmasi yuqori holatdagi tashxisi bilan olib kelingan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 30 yoshli M.D. soat 08:10 da vafot etgan.

Hozirda Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan ayolning oʻlimi holati boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootiga yangi suv tarmog‘ini ulash ishlari olib borilayotganligi sababli 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

20-iyul kuni "Toshkent kommunal qurilish servis" MCHJ ishchisi 1966 yilda tug‘ilgan A.Q. Toshkent viloyati Nurafshon shahar To‘ytepa M.F.Y. Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan "Real Madrid" avtodo‘koni oldidagi ikkinchi darajali yo‘l ostidan o‘tgan suv oqova tarmog‘i (kanalizasiya) qudug‘iga tushib tozalash ishlarini olib borayotgan vaqtda, quduq ichidan chiqqan zaharli gaz aralashmasidan bo‘g‘ilib, hushidan ketgan. 2000 yilda tug‘ilgan M.S., 1968 yilda tug‘ilgan Ye.K. hamda 1996 yilda tug‘ilgan Sh.F.lar yordam berish maqsadida quduq ichiga tushgan vaqtda ular ham hushidan ketgan.

Natijada A.Q., M.S. va Ye.K. hodisa joyida vafot etishgan. Fuqaro Sh.F. esa hushsiz holatda Nurafshon shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan hozirda Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Boʻstonliqda dala hovlilardan birida yongʻin boʻldi

Bugun, 29-iyul kuni soat 14:03 da Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” MFYda joylashgan dala hovlilarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
 
Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomobili soat 14:05 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:27 da qurshab olingan. Hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida kuyish, tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyoʻl shahrining ”tashrif qogʻozi“ boʻlgan tarixiy kurant, bir gamburgerxona deb, buzilmoqda... ” mazmunidagi xabarlar koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Yangiyoʻl shahar hokimligi hududning ramzi boʻlgan mazkur “kurant”saqlab qolinishini, taʼmirlash ishlari doirasida uni buzish koʻzda tutilmaganligini maʼlum qiladi.

Bugungi kunda bino fasadini zamonaviy va qadimiy uslubni uygʻunlashtirgan holda taʼmirlash loyihasi ko’rib chiqilmoqda. Loyiha tez orada fuqarolar muhokamasiga havola etiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Piskent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot


Bugun, 21-dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumotlat qayd etilmadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputati J.Toʻlaganovning bugun boʻlib oʻtgan Xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasi haqidagi tanqidiy fikrlariga rasmiy munosabat

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshent viloyati Kengashining navbatdagi 86-sessiyasi oʻtkazildi. Jahongir Toʻlaganov sessiyada oʻziga soʻz berilmagani haqida bildirgan.

Sessiyaga joylardagi mahalliy kengashlar deputatlari ham taklif etildi. Sessiyada jami 3 nafar maʼruzachi qatnashdi, 7 ta deputat savol berdi, muhokamada qatnashdi. Xususan, hududiy kengashlardan Qibray tumani Kengashi deputati Olim Sulaymonov savol va takliflari bilan muhokamada ishtirok etdi.

Chirchiqdagi studiyadan qatnashgan Jahongir Toʻlaganovga viloyat kengashi sessiyasida soʻz berilmagani bahsli holat boʻlib, vaziyat oʻrganilganda texnik xatolik sabab ekani aniqlandi. Zoyir Mirzayevning topshirigʻi bilan bu holat boʻyicha masʼul texnik xodim ogohlantirildi.

Xalq deputatlari viloyat va shahar, tumanlar kengashlarining kengaytirilgan qoʻshma yigʻilishi boʻlgani sababli, sessiyada soʻzga turli sabablar bilan chiqmagan deputat savol yoki takliflarni yozma ravishda bildirish huquqiga ega. Ularning har qanday taklif yoki mulohazalari tegishli tartibda oʻrganib chiqiladi va taklif asosli boʻlsa, yigʻilish qaroriga oʻzgartish kiritilishi mumkin.

Jahongir Toʻlaganov singari faol deputatlarning taklifini eshitmaslik nooʻrin boʻlar edi. Biz sessiyada kimgadir soʻz bermaslik kabi xunuk holatlarga mutlaqo qarshimiz, bu vaziyatga ham bevosita viloyat sessiyada qatnashgan masʼul sifatida qandadyir siyosiy tus berilishi qoʻpol xato, deb hisoblayman.

Xalq deputatlari Chirchiq shahri kengashi deputati J.Toʻlaganov bugun ijtimoiy tarmoq orqali bildirgan taklif va mulohazalari oʻrganib chiqiladi va bu boʻyicha qoʻshimcha rasmiy munosabat beriladi.

Otabek Anarov,
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi kotibiyati mudiri.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda yosh qiz 16-qavatdan oʻzini tashlab, halok boʻlgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda

Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 4-iyun kuni soat 16:45da shahar IIBga Uvaysiy MFYdagi koʻp qavatli 45-uyning tom qismidan oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlayotgan qizni qutqarish lozimligi haqida xabar kelib tushgan.

Shahar IIB va FVB vakillari hamda MFY raisi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishgan va qiz bilan suhbatlashilgan. Ammo, olib borilgan muzokaralarga qaramasdan, qiz oʻz joniga qasd qilgan. Mahalla raisi va shu koʻp qavatli uy aholisining aytishicha, bu qiz ushbu koʻp qavatli uyda yashamaydi.

Hozirda shahar IIB tomonidan marhum qizning shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Олий даражадаги Стратегик ҳамкорлик кенгашининг учинчи йиғилиши якунлари бўйича Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Режеп Таййип Эрдоған оммавий ахборот воситалари вакиллари учун баёнот бердилар.

По итогам состоявшегося третьего заседания Совета стратегического сотрудничества высшего уровня Президенты Шавкат Мирзиёев и Реджеп Тайип Эрдоган сделали заявления для представителей средств массовой информации.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #bayonot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Tezkor #Bayonot

Qibray tumanida sodir boʻlayotgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot


Bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.

Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Yakka tartibdagi tadbirkor Mirzakarimov Abror Valijonovichning ijtimoiy tarmoq orqali yoʻllagan murojaati yuzasidan
RASMIY
BAYONOT

2024-yil may-oktyabr oylari davomida  “Mirzakarimov Abror Valijonovich” YATT hamda Yangiyoʻl tuman Obodonlashtirish boshqarmasi oʻrtasida 7 ta shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomalar boʻyicha 240,155 mln. soʻmlik turli manzarali gullar va gazon yetkazib berilgan.

Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmagan holda amalga oshirilgan. Jumladan, xarid tartib-taomillari elektron tizimga joylanmagan va shartnomalar gʻaznachilik xizmatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Tergov jarayonida 200 million soʻmlik zarar undirilgan.

Holat boʻyicha tergov jarayoni davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM