#Mavsum_yumushlari
#Gʻalla_2024
Viloyatda gʻalla oʻrimi boshlandi
Mavsum oldidan Bekobod tumanida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida seminar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari dastlab hududdagi APK Bekobod klasteri dala maydonlarida pishib yetilgan boshoqli don hosilini koʻzdan kechirishdi.
Gʻalla dala maydonida viloyat, tumanlar sektorlari rahbarlari, otryadlar boshliqlari, qishloq xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, nuroniylar ishtirokida hosilga baraka tilab, duolar qilindi.
Joriy yil viloyatda yetishtirilgan gʻalla hosilini uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olishga bagʻishlangan koʻrgazmali viloyat seminari ham tashkil etildi. Bu yerda mavsumda foydalaniladigan texnikalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.
Seminarda birinchi navbatda, 2023-yilda erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi. Qayd etilishicha, bu yil hosili uchun jami 103 ming gektar maydonlarda gʻalla parvarishlangan boʻlib, 1 million tonnaga yaqin hosilni oʻrib olish reja qilinmoqda.
Taʼkidlanganidek, mavsumga 301 ta oʻrish kombayinlari shay holatga keltirildi. 301 ta otryad shakllantirilib, 11 ta don qabul qilish shaxobchalarida 24 soatlik ish rejimi tashkil qilindi. Texnikalar ehtiyot qismlari, yoqilgʻi bilan bogʻliq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM