Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Obod_va_fayzli_mahalla _yurt_ko‘rki

Xabar berganimizdek, mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari viloyatning har bir hududida davom etmoqda.

Yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilgan hasharlarda korxona va tashkilotlar, mahallalarga qarashli yer maydonlari, bino inshootlari va boshqa hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash ishlari olib borilmoqda. Ehtiyojmand oilalar uy-joylari ta'mirlanib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta'minlanmoqda.

Hududlarda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari jarayonlari bilan batafsil videolavhada tanishing.

Tadbirlar davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Bekobod tumani adliya bo’limi, davlat xizmatlari markazi, FXDYo bo‘limi binosi qurib foydalanishga topshirildi.

Barcha zamonaviy qulayliklarga ega mazkur inshoot Navro’z bayrami arafasida bekobodliklarga munosib tuhfa bo'ldi.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Наврўз умумхалқ байрами арафасида 16-18 март кунлари мамлакатимизнинг барча ҳудудларида анъанавий тарзда хайрия ҳашари ўтказилмоқда.

“Обод ва файзли маҳалла — юрт кўрки” шиори остида ўтаётган ушбу тадбирда Вазирлар Маҳкамасининг ходимлари ҳам фаол иштирок этди.

Улар томонидан бугун, 17 март куни Тошкент вилояти, Бўстонлиқ туманидаги 3 гектардан зиёдроқ майдонга қарийб икки мингга яқин эман, қайрағоч, терак, ўрик, бодом сингари мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди.

Умумхалқ хайрия ҳашарида Ўзбекистон Республикаси Бош вазири Абдулла Арипов ҳам иштирок этди.

Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Umumxalq_hashari

Toshkent viloyati boʻylab davom etayotgan umumxalq hasharida hududlardagi hokimlik, korxona va tashkilot mutasaddilari hamda koʻngilli hasharchilar ishtirokida atrofga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Fotosuratlarda Bekobod, Nurafshon, Olmaliq shaharlari va Boʻstonliq tumanidagi jarayonlar aks etgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Oqqoʻrgʻon tumanida Jinoyat ishlari boʻyicha Oqqoʻrgʻon tuman sudining maʼmuriy binosi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur bino qurilishi uchun Oqqoʻrgʻon tumani, "Birlik" MFY, Nizomiy koʻchasi hududidan 0,25 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi yer maydoni ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mahallalarda_hashar

Oʻrta Chirchiq tumani “Bunyodkor” mahallasida yoshu qari bahamjihatlikda umumxalq hashari va sumalak sayillarini oʻtkazmoqda


Mahalladagi yoshi ulugʻlar tomonidan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Ular uchun iftorlik dasturxonlari hozirlandi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda mazkur mahallada 2174 nafar aholi istiqomat qilib keladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hashar #Piskent

Piskent tumanidagi 42 ta umumtaʼlim maktabi va 21 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida atrof obodonlashtirildi.

Oʻzaro birdamlikda oʻtgan hasharda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Hudud turli xas-choʻp va chiqindilardan tozalandi.

🌐🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM