Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.8K photos
5.32K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#Hashar

Hashar-biz yoshlarga yarashar!

Barcha joyda boʻlgani kabi viloyatimizning turli hududlarida mahalla va koʻchalarda hasharlar tashkil etilib, unda yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, mahallalarda gul koʻchatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirilyapti.

Xususan, Qibray tumanida jam boʻlgan yoshlar ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ham koʻmaklashilmoqda. 

Barchaning maqsadi bitta - hududlarni obod qilish, koʻrkam qiyofa kasb etishiga hissa qoʻshish.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Ayni damda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo'lib o'tmoqda. Hashar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari olib borilib, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalari obodon holga keltirilmoqda.

Angren shahri. "Yoshlar bog'i"da tashkil qilingan hasharda shahar hokimligi, barcha korxona va tashkilot xodimlari faollik ko'rsatmoqda.

Bekobod shahri. “Bekobodshahargaz” bo‘limi ishchi-xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etib, atrofni obodon holga keltirmoqda.

Bekobod tumani. Mahallalarda tozalash va obodonlashtirish ishlari yoshlar ishtirokida uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Bo‘ka tumani. "Agrobank" ATB Bo'ka filiali, shuningdek, "O'zbek", "Yangiobod", "Qo'chqorso'ygan", "Ezgulik" va "Parkent" mahallalarida hashar ko'tarinkilik bilan davom etmoqda.

Bo‘stonliq tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Zangiota tumani. “Navro'z” umumxalq bayramini nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida, tumandagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Nurafshon shahri. Mahallalarda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik ko'rsatmoqda.

Olmaliq shahri. Erta tongdan mahallalar bo‘ylab korxona-tashkilot mehnat jamoalari, tarkibiy bo‘linmalar ishchi-xodimlari tomonidan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Oqqo‘rg‘on tumani. Hasharda tumandagi mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Ohangaron shahri. "Birlik" va "Navbahor" MFYda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ohangaron tumani. "Ohangarontumangaz" GTB xodimlari hasharni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazmoqda.

Parkent tumani. Erta tongdan tumanning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

Piskent tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

Chinoz tumani. Tumanda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari olib borildi.

Toshkent tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq hashari ko'tarinki kayfiyatda, xodimlar hamjihatligida bo'lib o'tmoqda.

Chirchiq shahri. Erta tongdan korxona-tashkilot va mahallalarda umumxalq hashari boshlandi.

O‘rta Chirchiq tumani. Hasharda ko‘chalar, qabriston va ariq-zovurlar tozalanib, ko‘chatlar payvandlandi hamda atrofga mevali va manzarali daraxtlar ekildi.

Qibray tumani. “Chinobod” qabristonida o’tkazilgan umumxalq hasharida yoshlar yetakchilari va ko’ngilli hasharchilar jonbozlik ko'rsatdi.

Quyi Chirchiq tumani. Hasharda tuman hududi bo'ylab ko'chalar, qabriston va ariq-zovurlarni tozalash ishlari olib borilib, ko‘chatlar o'tqazildi.

Yangiyo‘l tumani. Tumanda o'tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlarida kattayu kichik faollik bilan ishtirok etmoqda..

Yangiyo‘l shahri. Barcha mahallalarda “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani. Tumandagi mahallalarda hashar doirasidagi obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Hashardan fotolavhalar


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Viloyatda tumanlar eksportbop ekin yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Toshkent viloyatida tumanlarni eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Joriy yilda Boʻka, Yangiyoʻl, Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlari eksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladi hamda mazkur tumanlarga 10 nafardan eksportyorlar biriktiriladi.

2024-yil yakuniga qadar meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi. Shuningdek, barcha shahar va tumanlarda aholi tomorqa yer maydonlarida bahorgi, takroriy va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish orqali 3 marotaba hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish prognoz koʻrsatkichlari ham ishlab chiqilgan.

Bundan tashqari, kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga (qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno) 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi. Muzlatkichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga berilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sarhisob

Bugun hasharda:

▶️ jalb etilgan hasharchilar sonii- 370 mingdan ziyod, texnikalar soni - 215 ta;

▶️ obodoshlashtirilgan maydon - 603 gektar;

▶️ chiqarib tashlangan maishiy va qurilish chiqindilari miqdori - 472 tonna;

▶️ tozalangan ariq va lotoklar - 113, 38 km;

▶️ tartibga keltirilgan qabristonlar - 360ta, ziyoratgohlar - 18 ta;

▶️ obodonlashtirilgan koʻchalar - 3662 ta;

▶️ taʼmirlangan va tartibga keltirilgan bolalar maydonchalari - 125 ta;

▶️ ekilgan mevali va manzaralari koʻchatlar soni - 405 mingdan ziyod;

▶️ oʻtqazilgan gul koʻchatlar soni - 770 mingdan ziyod;

▶️ uy-joyi taʼmirlangan, tartibga keltirilgan oilalar soni-111 ta;

▶️ moddiy yordam koʻrsatilgan ehtiyojmand oilalar soni 317 tani tashkil etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba – qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘Yangiyo’l tumani. Gʻalla maydonlaridan unumli hosil olish maqsadida amaliy jarayonlar boshlab yuborildi.

🔘Yangiyo’l shahri. "Ishchilar shaharchasi" mahallasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimi va prokuror hamrohligida "Mallaboy" mahallasida dehqon xo'jaliklari faoliyatini o'rganish, issiqxonadan samarali foydalanib kelayotgan fuqarolar tajribasini qo'shni mahallalarga joriy qilish maqsadida xo'jalik egalari bilan suhbatlashildi.

🔘Ohangaron tumani. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari "Dolzarb 90 kunlik" tadbirlari doirasida chorva mollarini emlashga kirishdilar.

🔘Chinoz tumani. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 300 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM