Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Жойларда қуёш панелларини ўрнатиш бўйича ишларни янада кенгайтириш, аҳолининг “яшил” энергиядан фойдаланиш борасидаги интилишларини қўллаб-қувватлаш муҳимлиги таъкидланди.

Бу мақсадларга қўшимча 50 миллион доллар ресурс ажратиш, хорижий инвесторлар билан музокаралар ўтказиб, яна 100 миллион доллар жалб қилишга кўрсатма берилди.

Тадбиркорларга қуёш энергияси қувватларини жорий этишда манфаатдорлигини ошириш учун қўшимча енгилликлар яратилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Электр истеъмоли юқори бўлган қишлоқ ва сув хўжалиги, ичимлик суви таъминоти корхоналарида “яшил энергия” қувватларини кўпайтириш бўйича ишларни жадаллаштириш зарурлиги қайд этилди.

Масалан, қишлоқ хўжалиги ерларида қуёш панелларини ўрнатиш, яъни “агровольтаика” бўйича хорижий тажриба ўрганилмоқда. Ҳисоб-китобларга кўра, мамлакатимизда 10 гигаваттли агровольтаика салоҳияти мавжуд.

Мутасаддиларга жорий йилда 6 та туманда “агровольтаика” усулида пилот лойиҳаларни бошлаш топширилди.

Умуман, халқаро экспертларни жалб қилган ҳолда энергия сарфи юқори бўлган соҳаларда қайта тикланувчи энергия манбаларини ривожлантириш бўйича алоҳида дастур ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Йирик қуёш ва шамол станцияларини қуриш, уларни тармоққа улаш, ремонт-сервис хизматини кўрсатиш ҳисобига маҳаллий корхоналар учун катта бозор вужудга келмоқда. Ҳозирги кунда 30 дан зиёд йирик ва ўрта маҳаллий ишлаб чиқарувчилар, 100 дан ортиқ сервис корхоналари мавжуд.

Давлатимиз раҳбари бу қувватлар ҳали етарли эмаслигини таъкидлаб, қуёш панеллари, аккумулятор, инвертор, сув иситкич, мис кабель ва трансформатор ишлаб чиқариш бўйича лойиҳаларни кўпайтириш муҳимлигини қайд этди.

Шу билан бирга, маҳаллий корхоналарга хорижий инвесторлар талаб қиладиган халқаро сертификатларни олишда ва ишлаб чиқаришни стандартларга мувофиқлаштиришда кўмаклашиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Йиғилишда тармоқ ва ҳудуд раҳбарлари бугун белгиланган вазифаларнинг тўлиқ ва сифатли ижроси учун масъулиятини кучайтириши лозимлиги, сусткашликка йўл қўйган раҳбарларга қатъий чора кўрилиши таъкидланди.

Мутасаддиларга жойларда қуёш панелларини ўрнатишда кўзбўямачилик ва “қўшиб ёзиш” ҳолатларининг олдини олиш юзасидан топшириқ берилди.

Шунингдек, келгуси куз-қиш мавсумига тайёргарликни ҳозирдан бошлаш, қанча тармоқ, қанча трансформаторни таъмирлаш ёки янгилашга эҳтиёжни аниқ ҳисоб-китоб қилиб, тегишли дастурларни ишлаб чиқиш юзасидан вазифалар белгилаб олинди.

Йиғилишда тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди.

Facebook|Instagram|X
Audio 28.02.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. Tumandagi qoʻshma korxonalar tomonidan kiritiladigan investitsiya hajmi hamda yaratiladigan ish o’rinlari, natija va istiqbollari yuzasidan taqdimot yigʻilishi oʻtkazildi.

🔘Nurafshon shahri. Xitoydagi kompaniya taʼsischisi Peng Ze Sheng bilan uchrashuv oʻtkazilib, muzokaralar olib borildi.

🔘Chinoz tumani. Tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi mas’ullari tomonidan yangi ishga tushirilgan loyihalar ustida muntazam ravishda monitoring o‘tkazib borilmoqda.

🔘Qibray tumani. Xitoylik investorlar tumanda yangi zavod qurish taklifini bildirdi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi   "Avangard agro impex" MChJ tomonidan 2 gektar maydonda Turkiya texnologiyasi asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyatini o‘rgandi.

🔘Ohangaron shahri. Shahar hokimi va mutasaddilar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

🔘Bekobod shahri. Xitoy Xalq Respublikasining “China Machinery Equipment Engineering Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan zoom orqali muzokaralar olib borildi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. Tumanda 82,2 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 %ni tashkil etmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi xodimlari tomonidan “AGAT WATER” MChJ korxonasi faoliyati oʻrganildi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

“Uch avlod uchrashuvi”- ibrat maktabi boʻldi

Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hayotimizda goʻzal anʼanaga aylandi.

Yangiyoʻl tumani 5-sonli musiqa maktabida tashkil etilgan tadbirda ham viloyatning uch avlod vakillarining ana shu muhitda birlashtirdi. Tadbirga mehnat faxriylari, fidoyi ishchilar va yoshlar taklif qilindi.

Unda olima, texnika fanlari nomzodi, mehnat fahriysi, Toshkent viloyati ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi Lola Aliqulovaning ibratli hayot yoʻli yodga olindi.

Lola Aliqulova nafaqat ilmiy sohada, balki tashkilotchilikda ham oʻziga xos maktab yaratgan. U 12 yil mobaynida, 1973 -1985-yillarda Yangiyoʻl tumanida uchinchi, keyin ikkinchi va birinchi kotib sifatida boshqargan.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar uning tuman qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga, aholi turmush sharoitini yaxshilashga bor kuch-gʻayratini sarflagan rahbar sifatida hurmat va ehtirom bilan eslashdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

Davlat va ilm-arbobi Lola Aliqulova hayoti, faoliyatiga chizgilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Chinoz tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabi binosi rekonstruksiya qilinadi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 4 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulashib

Viloyatda 7000 dan ortiq kitob kutubxonalarga yetkazildi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Yangiyoʻl shahri hokimi Dilshod Sultonov, shahar sektor rahbarlari ertaga 1-mart kuni soat 10:00 da navbatdagi sayyor qabulni oʻtkazadi.

Manzil: Yangiyoʻl agrotexnologiyalar bilim yurti.

📍 Lokatsiya

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Nurafshon shahar hududida Zulfiya Zokirova nomidagi meʼmorial majmua quriladi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM