Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Diqqat_eʼlon

Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Ertaga 1-mart kuni viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan “Assalom, bahor” deb nomlangan press-tur tashkil etilmoqda.

Tadbirda Toshkent tumanida yetishtirilayotgan golland lolalari yetishtirilayotgan gulzorga sayohat, atirgul, manzaralari gullar, butalar, qulupnay, banan parvarishlanayotgan bogʻ bilan tanishuv, usta gulchilar bilan bevosita muloqot boʻlib oʻtadi.

Barcha jurnalist va blogerlar, foto sanʼati ustalarini press-turga taklif etamiz.

Roʻyxatga yozilish uchun aloqa raqami: (99) 913-44-99

Eslatma
: Toshkent shahridan avtobus tashkil qilinadi. Ertaga soat 09:00 da “Oʻzbekiston” mehmonxonasi yonidan avtobus joʻnab ketadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan "IHMA Sanatoriya" moduli ishga tushirildi

Ushbu video orqali modulning avzalliklari, ariza berish tartibi, sanatoriylar ro‘yxati, qolaversa, yo‘llanmalar qay tartibda berilishi haqida batafsil bilib olishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyatining tuman va shaharlarida joylashgan issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari hamda koʻp qavatli uy-joylarni issiqlik tizimlarini almashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni bajarishdagi sarflanadigan xarajatlar uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Oʻrta Chirchiq tumaniga kirib keluvchi L-DK-110 kV tarmogʻida yuklamaning keskin oshishi oqibatida, tumandagi ayrim mahallalarda joriy yilning 1-mart kuni soat 10:00dan 16:00gacha elektr energiyasi boʻlmaydi:

"Qorasuv", "Galabotir", "O‘rtaovul", "Mingtepa", "Burgalik", "O‘rtabo‘z", "Uyg‘ur", "Taraqqiyot", "Yangiyo‘l", "Do‘stlik", "Adolat", "Oltio‘g‘il", "Qunduzak", "Yoriq", "Darhon", "Kuchlik", "Yangiobod", "Boyovul", "Rovatak", "Fayzobod", "Guliston", "Farovon" MFY.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan “Assalom, bahor” deb nomlangan maxsus press-tur oʻtkazildi. Tadbir ishtirokchilari Toshkent tumanidagi usta gulchilar xonadonida boʻlib, yetishtirilayotgan anvoi gullar, manzarali daraxtlar, bahoriy sarxil poliz mahsulotlari maydonlarini, parvarishlash jarayonini koʻrishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan “Assalom, bahor” deb nomlangan maxsus press-tur oʻtkazildi.

Toshkent tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RАSMIY АXBOROT

Toshkent viloyatida sholi yetishtirish bilan shugʼullanayotgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati viloyat ishchi guruhi tomonidan oʼrganilmoqda. Unga koʼra, sholi yetishtirish bilan shugʼullanib kelayotgan subʼektlarning ayrimlarida daromadlarini xoʼjalik hisob raqamlarida aylantirmasdan, soliqdan qochish, yetishtirilgan hosil haqidagi statistik maʼlumotlarni yashirish, oʼnlab gektar yerda sholichilik bilan shugʼullangan holda, rasmiy ravishda ishchi olmay, ishchilarni nolegal yollash, foydalanilgan suv uchun toʼlov qilmaslik singari holatlar bor.

Masalan, birgina Yangiyoʼl tumanida 24 ta sholichilik xoʼjaliklari yetishtirilgan hosil haqida yillar davomida davlatga statistik axborot bermagan, daromadini yashirgan, 16 ta fermer xoʼjaliklari oʼzboshimchalik bilan sholi ekib kelmoqda.

Ishchi guruh oʼrganishlari yakuni bilan bu kabi vaziyatlarga qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy chora koʼriladi.

~~~~~~~~~~~~~~~~~

РАСМИЙ АХБОРОТ

Тошкент вилоятида шоли етиштириш билан шуғулланаётган тадбиркорлик субъектлари фаолияти вилоят ишчи гуруҳи томонидан ўрганилмоқда. Унга кўра, шоли етиштириш билан шуғулланиб келаётган субъектларнинг айримларида даромадларини хўжалик ҳисоб рақамларида айлантирмасдан, солиқдан қочиш, етиштирилган ҳосил ҳақидаги статистик маълумотларни яшириш, ўнлаб гектар ерда шоличилик билан шуғулланган ҳолда, расмий равишда ишчи олмай, ишчиларни нолегал ёллаш, фойдаланилган сув учун тўлов қилмаслик сингари ҳолатлар бор.

Масалан, биргина Янгийўл туманида 24 та шоличилик хўжаликлари етиштирилган ҳосил ҳақида йиллар давомида давлатга статистик ахборот бермаган, даромадини яширган, 16 та фермер хўжаликлари ўзбошимчалик билан шоли экиб келмоқда.

Ишчи гуруҳ ўрганишлари якуни билан бу каби вазиятларга қонунчиликда белгиланган тартибда қатъий чора кўрилади.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio 01.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. "Do’stlik" kanali bosh inshootini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning 4-bosqich ishlari tegishli mas'ullar tomonidan o’rganildi.

🔘Yangiyo’l shahri. Qurilish ishlari hajmi ortib bormoqda.

🔘Chinoz tumani. Tumanda oqava suv tizimi va inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

🔘O’rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi "Guliston" mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘prik va yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔘Nurafshon shahri. Markaziy ko'chalarda qurilish, obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati

Respublika  ishchi guruhi Toshkent viloyatidagi mahallalarda o‘rganish olib boradi

Hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida qoʻyilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan respublika ishchi guruhining navbatdagi oʻrganishlari joriy yilning 1-6 mart kunlari Toshkent viloyatida olib boriladi.

Jumladan, ishchi guruh vakillari bilan Nurafshon  shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan muloqotda yoshlar bilan ishlash,  ularga amaliy  yordam koʻrsatish hamda Prezidentimizning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida bergan topshiriqlari yuzasidan Toshkent  viloyatida 296 ming 542 ta yoshlar  6 ta huquqni muhofaza  qiluvchi organlarda faoliyat olib  boruvchi 1831 kishiga biriktirilgani xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, 2024 yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash mexanizmi yuzasidan  fikr almashildi.

6-martga qadar ishchi guruh Toshkent  viloyatidagi mahallalarda oʻrganish ishlarini olib boradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM