Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik #Nurafshon

Viloyatimizning maʼmuriy markazi, Nurafshon shahri bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Nurafshon

Nurafshon unutilmas yangi yil oqshomini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda

Ayni paytda shahar markazida katta hajmdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari yakunlanmoqda. Markaziy koʻcha bayramona bezatilib, katta tantanalarga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Bu yil asosiy bayram tomoshalari “Nurafshon siti” markazidagi amfiteatr maydonida boʻlib oʻtadi. Ayni paytda amfiteatr ertakona tus olgan, 30 metr balandlikdagi ulkan archa bezatilgan. Hududda suratga tushish maydonchalari, turli koʻngilochar nuqtalar ham tashkil qilinmoqda.

Bayram munosabati bilan archa atrofida viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan qiziqarli badiiy dastur namoyish etiladi. Bolajonlar uchun turli oʻyin qurilmalari oʻrnatilmoqda, shuningdek, arzonlashtirilgan koʻchma savdo yarmarkalari ish boshlamoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh #Nurafshon

Bayram arafasida joylarda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Xususan, viloyatimizning maʼmuriy markazi Nurafshon shahrida ham mana shunday koʻchma savdo obyektlari ishlab turibdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira_va_qadrlash_kuni
#Nurafshon

NURAFSHONDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI MAROSIM OʻTKAZILDI


Nurafshon shahri markazidagi Xotira maydonida Motamsaro Ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda korxona va tashkilotlar, jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Maʼlumot oʻrnida, Toshkent viloyatidan II jahon urushi frontlariga 122 mingga yaqin fuqaro yuborilgan.

Shudan, 70 mingdan ziyodi frontlarda halok boʻlgan 5,5 mingga yaqin jangchi bedarak yoʻqolgan.

Urush yillarida viloyatga 27 ta zavod va fabrikalar evakuatsiya qilingan. Ular front uchun kerakli qurol-aslaha, kiyim-kechak va shu kabi kerakli jihozlarni frontga yuborish uchun xizmat qilgan.

Hozirgi kunda viloyatda 26 nafar II jahon urushi qatnashchilari istiqomat qiladi. Bayram arafasida ularga davlat rahbarining tabrigi va bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ayni_damda

Viloyatda joriy yilning 31-7-avgust kunlari oʻtkaziladigan  “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” - “CYBER WEEK” kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlariga bugundan start berildi.

Ayni damda Yoshlar markazida jurnalist va blogerlar ishtirokida mazkur tadbirga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Tafsilotlar bilan quyidagi havola orqali onlayn tanishishingiz mumkin.

📺To'liq videoda
https://www.youtube.com/live/IwqmybCgRus?feature=share

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon #kadastr

Nurafshon shahridagi bir qator mahalla binolari uchun yer maydonlari ajratildi

Bu haqda viloyat hokimining qarori imzolandi.

Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi mahalla binolari xatlov qilinishi natijasida, hududdagi 7 ta MFYda egalik huquqini beruvchi hujjatlari mavjud emasligi hamda 6 ta MFYga yer maydoni ajratilishi lozimligi maʼlum bo‘ldi.

Shunga muvofiq:
▪️“Hurriyat” MFYga 0,03 gektar;
▪️“Maʼrifat” MFYga 0,04 gektar;
▪️“Yoshlik” MFYga 0,04 gektar;
▪️“Taraqqiyot” MFYga 0,04 gektar;
▪️“Oybek” MFYga 0,04 gektar;
▪️"Obod turmush" MFYga 0,05 gektar yer maydonlari ajratildi.

Ayni paytda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan mazkur MFYlarning egalik qilish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing #Nurafshon_TV

Sayyora Fayziyeva, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari:

Toshkent viloyatida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostidagi ma'naviyat marafoniga koʻrilayotgan taraddud jarayonlari xususida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Nurafshon

Nurafshon shahrining "Birlik" mahallasida 1,3 gektar maydonga mutasaddilar boshchiligida 500 tup turli mevali koʻchatlar oʻtqazildi.

Mazkur manzilda koʻchat ekilgan maydon qarovsiz qolmasligi maqsadida, daraxt ekilgan hudud mahallaning ishsiz, kam taʼminlangan oilalariga boʻlib berilib, koʻchatlar parvarishida yerdan maqsadli foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekib, yetishtirilishi choralari koʻrildi.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali lavhasida


✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Yashil_makon_2023 #Nurafshon

"YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA "YANGI O'ZBEKISTON" BOG'IDA KO'CHAT EKISH AKSIYASI O'TKAZILDI


Bugun Nurafshon shahrida joylashgan "Nurafshon business city" hududida joylashgan "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida koʻchat ekish aksiyasi o'tkazildi.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha2024 #Nurafshon

Joriy yilda Nurafshon shahrida investitsiya dasturi doirasida bir qator obyektlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilishi reja qilinmoqda. Sizdan bu boradagi taklif va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

1) Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatini qurish va jihozlash;
2) "Nurafshon city" hududida boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktabini qurish (250 o‘rinli o‘quv binosi, 18x30 metr o‘lchamli sport zal (1-bosqich);
3) Madaniyat markazi binosini qurish;
4) Ko‘zi ojizlar kutubxonasini qurish;
5) Viloyat qo‘g‘irchoq teatri binosini qurish;
6) Toshkent viloyati tarixi va madaniyati muzeyini qurish.

Aholi tomonidan bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, loyihaga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.

Muhokama yakunlanadigan sana: 29.02.2024

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #Nurafshon

Ayni damda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul boshlandi.

Sayyor qabul Nurafshon shahridagi Nurafshon Business city” maʼmuriyati binosida boʻlib oʻtmoqda.

Qabulda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilot rahbarlari, shahar va tuman hokimliklaridan mutasaddilar aholi tomonidan bildiriladigan murojaatlarni hal etish maqsadida qatnashmoqda.

Bildirilgan taklif va muammolar tegishli masʼullar ishtirokida koʻrib chiqilmoqda.

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM