Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Eʼtibor #Aksiya #Yurakdan_yurakka

Bugun Xalqaro nogironligi boʻlgan shaxslar kuni.

Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu sana munosabati bilan xalqimizga murojaatini Zoyir Mirzayev oʻqib eshittirdi.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi maxsus maktablar tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuning maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

Aksiyada, shuningdek, viloyatimiz shahar va tumanlarining hokimlari, korxona, tashkilot hamda boshqarma boshliqlari, tadbirkorlar va boshqa koʻngillilar qatnashmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

"YURAKDAN YURAKKA" – INSONIYLIK AKSIYASI BO'LIB O'TMOQDA

Bugun 3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo'lgan shaxslar kuni. Shu munosabat bilan ayni damda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida "Inson qadri uchun!" shiori ostidagi "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Marosimda Toshkent viloyati sektor rahbarlari, hokim o'rinbosarlari, bo'lim va kotibiyat mudirlari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, ko'ngilli qatnashchilar ishtirok etmoqda.

Viloyat hokimining o'rinbosari Xolmirza Niyozov hamda viloyat Bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduhamid Malikovlar insoniylik, mehr-muruvvat naqadar oliy qadriyat ekanligi, nogironligi bo'lgan shaxslarga imkon doirasida saxovat ko'rsatish kabi ezgu fazilatlar xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.

#YurakdanYurakka xeshtegi ostida oʻtayotgan aksiyada viloyatimizdagi Gemotologiya qon quyish institutining bemor bolajonlari, maxsus maktab internat tarbiyalanuvchilari tomonidan yasalgan amaliy sanʼat namunalari sotuvi tashkil etildi.

Shuningdek, maxsus xayriya qutisiga ishtirokchilar koʻngilli ravishda naqd pul shaklida saxovat koʻrsatishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka #Aksiya #Onlayn

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN TO‘KIN DASTURXON YOZILDI

Ayni damda 3-dekabr — Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Yurakdan yurakka" nomli xayriya aksiyasi doirasida viloyatdagi nogironligi bo‘lgan, imkoniyati cheklangan bolajonlar va fuqarolar uchun jami 300 kishilik joy hozirlanib, to‘kin dasturxon yozildi.

Ularning quvonchiga quvonch qo‘shish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida tashkil qilingan tadbir davomida katta doshqozonda osh damlanib, turli nozu-ne'matlar bilan bezatilgan dasturxon atrofida jam bo‘lishdi.

Shuningdek, xayr-saxovat ulashuvchilar tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga sovg‘alar taqdim qilindi. Konsert dasturlari o‘tkazilib, ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka_aksiyasi #Videorolik

Bugun 3-dekabr – Nogironligi bo'lgan shaxslar kuni Toshkent viloyatida katta e'tibor va ko'tarinki ruhda o'tdi.

Mehr-saxovat xayriya tadbirlari davomida 100 ga yaqin nogironligi bor bolajonlar qo'l mehnati bilan yaratilgan buyumlar ko'rgazmasi tashkil qilinib, 50 dan ortiq boshqarma va tashkilot hamda tuman va shahar hokimliklari mutasaddilari tomonidan sotib olindi.

Shuningdek ehson qutisiga mutasaddi rahbarlar va ko'ngillilar naqd pul shaklida xayriya qildilar. 300 dan ortiq kishiga joy hozirlanib, to'kin dasturxon yozildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yurakdan_yurakka_aksiyasi

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida tashkil qilingan mehr-muruvvat tadbirlari katta e'tibor va ko'tarinki ruhda davom etmoqda.

Xayriya tadbirlari davomida 100 ga yaqin nogironligi bor bolajonlar qo'l mehnati bilan yaratilgan buyumlar ko'rgazmasi tashkil qilinib, boshqarma va tashkilot mutasaddilari tomonidan sotib olinmoqda.

Shuningdek ehson qutisiga mutasaddi rahbarlar va ko'ngillilar naqd pul shaklida xayriya qilmoqdalar.

Aksiya davom etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM