Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.5K photos
5.41K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
#Tayinlov

Nuraliyev Bekzod Mamadiyorovich Toshkent viloyati hokimligi Protokol xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

B. Nuraliyev 1988-yil 27-oktyabrda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2014-yilda Toshkent davlat agrar universitetining kunduzgi boʻlimini, 2022-yilda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – kasb taʼlimi, qishloq xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha).

Mehnat faoliyatini Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi tashkiliy nazorat guruhi yetakchi mutaxassisi vazifasida boshlagan. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati boshqarmasida boʻlim boshligʻi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Raimov Ravshan Isakdjanovich – Yangiyoʻl shahri hokimi etib tayinlandi

R. Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.

U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Toshkent davlat agrar universitetiga rektor tayinlandi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Narzullo Naimovich Oblomuradov Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

N.Oblomuradov 1975-yil Samarqand viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti - oliy. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000 yilda – Birmingem universitetini (Buyuk Britaniya) tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi, Iqtisodiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar N.Oblomuradov Toshkent davlat agrar universitetining O’quv ishlari bo’yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha viloyat hokimining oʻrinbosari tayinlandi

Toshkent viloyati hokimining qarori bilan Qoraboyev Xurshid Abduvahobovich viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xurshid Qoraboyev 1987-yil Parkent tumanida tugʻilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan.

Mehnat faoliyati davomida Qishloq xoʻjaligi vazirligida masʼul rahbarlik lavozimlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida shoʻba mudiri lavozimida ishlagan.

Xurshid Qoraboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi sohasida tadbirkorlikka koʻmaklashish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Normirzayeva Nilufar Anvarjanovna - Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

N. Normizayeva 1976-yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi - musiqa oʻqituvchisi, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

U faoliyati davomida Yangiyoʻl tumani hokimligining bir qator masʼul lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar, Yangiyoʻl tumani hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Azamatov Shukhrat Saparbaevich Toshkent viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri etib tayinlandi.

Sh. Azamatov - 1985-yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini kunduzgi, 2009-yilda magistraturasini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida “O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasi “Parrandasanot” uyushmasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, Ohangaron tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Xudoyberdiyev Furqat Abdusalomovich O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

F. Xudoyberdiyev 1979-yilda Bo'ka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, viloyat Iqtisodiyot va moliya Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Abdiev Bekzod Baxronovich “O‘zsanoatqurilishbank” Toshkent viloyat mintaqaviy filiali boshqaruvchisi v.b. etib tayinlandi.

B. Abdiev - 1982-yilda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyati davomida ko‘p yillar Xalq banki Toshkent viloyat filiallarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Tayinlovga qadar, "O‘zsanoatqurilishbank” ATB Undiruv markazi direktori o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Otaboyev Xojiakbar Erkaboevich Toshkent viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

X. Otaboyev - 1982-yilda Parkent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2006-yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini kunduzgi, 2008-yilda magistraturasini, 2011-yilda aspiranturasini tamomlagan.

2016-2023-yillar davomida Yuqori Chirchiq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbari lavozimida ishlagan.

Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Hayvonlar sog‘ligini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Sayidxojaev Bunyod Saydiganievich Toshkent viloyati hokimligi Master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi rahbari etib tayinlandi.

B. Sayidxojaev - 1987-yilda Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2013-yilda Toshkent arxitektura qurilish instituti, 2020-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - viloyat bosh arxitektori vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent viloyati hokimligi qurilish, to‘sıqlarısız muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha kotibiyati bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM