Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
39.5K photos
5.41K videos
48 files
21.6K links
Download Telegram
#live
#sessiya

Shundan soʻng, hududdagi bir qator yoʻnalishlarning xato va kamchiliklari koʻrsatib oʻtildi.

Sessiya kun tartibida tumanning sobiq rahbari Nizomiddin Abbosov sogʻligi yomonlashgani tufayli oʻz arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganligi qayd etildi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan Boʻka tumani hokimi lavozimiga Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich nomzodi tavsiya etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Boʻka tumani hokimi lavozimiga Baxtiyor Begmatov tayinlandi

Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.

B.Begmatov 1976- yili Toshkent  viloyati Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1998-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2001- yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.

U faoliyati davomida Nurafshon shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Toshkent viloyati Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari-mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Европа Иттифоқининг Европа комиссияси вице-президенти Маргаритис Схинас бошчилигидаги делегациясини қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Европейского союза во главе с вице-президентом Европейской комиссии Маргаритисом Схинасом.

#Mirziyoyev #qabul #YI #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Audio
🟦🟦🟩🟩

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Bekobod tumani. “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosini taʼminlash hamda yigit-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, jinoyatchilikni oldini olish maqsadida, probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaro "Kasbim-faxrim" festivalining viloyat bosqichida faxrli birinchi o‘rinni qoʻlga kiritdi.

🔘Piskent tumani. Tumandagi 50-sonli jazoni ijro etish manzil koloniyasida “Yurt tinchligi va farovonligiga barchamiz masʼulmiz!” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

🔘Zangiota tumani. Yoshlar ishtirokida harbiy vatanparvarlik tadbirlari tashkil qilindi.

🔘Ohangaron shahri. Shaharda boʻlib oʻtgan sport tadbirlarida jami 800 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Ekologiya sofligini taʼminlash borasida bir qancha tartiblar joriy qilindi.. Obodonlashtirish sohasi ishchilari farzandlariga kontrakt toʻlovi toʻlab beriladi

Endilikda avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini tasvirga olish dasturiy-texnik vositalari fuqarolar tomonidan chiqindi tashlash holatlarini ham qayd etadi va bu tegishli tartibda jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Yaʼni, "Xavfsiz shahar" integratsiyalangan tizimi doirasida kameralar orqali ekologik huquqbuzarliklarni aniqlash tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalari hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari boʻyicha ishchilari xizmatlarini ragʻbatlantirish, shuningdek, ularga har oy 100 tadan velosiped ajratilishi va boshqa mukofotlar berib borilishini yoʻlga qoʻyish belgilandi.

Shu bilan birga, yuqoridagi sohalarda har yili kamida 10 yil sadoqatli xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun "Tabiat uygʻunligi himoyachisi" tanlovi oʻtkaziladi hamda ulardan 100 nafarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktning toʻliq summasi toʻlab beriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reportyor

Vatanni qoʻriqlar yigitning mardi

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Yangiyoʻl tumanida tashkil etilgan tadbir ana shu mavzuga bagʻishlandi.

Tafsilotlar bilan “Mahalla” telekanali orqali tayyorlangan lavhada tanishishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Sovuq havo oqimi hamda kuni kecha yoqqan qor sababli, koʻchalarda muzlamalar hosil boʻldi. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida, obodonlashtirish xodimlari jalb etilib, piyodalar yoʻlaklari, avtomobil yoʻllari hamda xiyobon va koʻp qavatli uylar atrofi qordan tozalanmoqda.

Yoʻllarga qum-tuz aralashmasi sepilib, zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda. 200 ga yaqin maxsus texnikalar jalb qilinib, hududlardagi obodonlashtirish boʻlimining jami 1100 nafardan ortiq xodimlari biriktirilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tadbirkorlik

Toshkent viloyatining qaysi hududida yangi korxonalar koʻproq tashkil etilmoqda?

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni jami 7 156 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

➡️Oqqo‘rg‘on tumani – 199 ta;
➡️Ohangaron tumani – 252 ta;
➡️Bekobod tumani – 330 ta;
➡️Bo‘stonliq tumani – 314 ta;
➡️Bo‘ka tumani – 262 ta;
➡️Quyi Chirchiq tumani – 146 ta;
➡️Zangiota tumani – 807 ta;
➡️Yuqori Chirchiq tumani – 310 ta;
➡️Qibray tumani – 527 ta;
➡️Parkent tumani – 452 ta;
➡️Piskent tumani – 164 ta;
➡️O‘rta Chirchiq tumani – 331 ta;
➡️Chinoz tumani – 161 ta;
➡️Yangiyo‘l tumani – 271 ta;
➡️Toshkent tumani – 467 ta;
➡️Nurafshon shahri – 224 ta;
➡️Olmaliq shahri – 293 ta;
➡️Angren shahri – 361 ta;
➡️Bekobod shahri – 253 ta;
➡️Ohangaron shahri – 288 ta;
➡️Chirchiq shahri – 482 ta;
➡️Yangiyo‘l shahri – 262 ta.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq

  "Obod-xonadon, obod-ko‘cha, obod -mahalla" dasturi doirasida "Ming сhinor" mahallasida obodonlashtirish ishlari boshlandi.

  Ayni damda xonadonlarga toza ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kungacha 4200 metr suv tarmog'i tortilib 250 ta  xonadonga suv hisoblagich qo'yildi.

Umumiy hisobda 7200 metr suv tarmog'i tortilishi ko'zda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев хорижий туристлар оқимини ошириш ҳамда ички туризмни фаоллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по увеличению потока иностранных туристов и расширению внутреннего туризма.

#Mirziyoyev #taqdimot #iqtisodiyot #turizm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter