Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Piskentlik dehqonlar katta taraddud bilan chigit ekishga kirishdilar

Chigit ekish mavsumi oldidan tuman hokimi Nodirbek Yakubov sektor rahbarlari va tajribali fermerlar bilan birga “Big fayz star” MСHJ dalasida bo‘ldi. Yerga baraka urug‘ini qadashdan avval jonliq so‘yib, duolar qilindi.

Tumanda joriy yilda 156 ta fermer xo‘jaliklari va “Real agro cotton” paxtachilik klasteri tomonidan 6 ming 761 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan. Ish quroling soz bo‘lsa, mashaqqating oz bo‘ladi, deydi bobodehqonlar. Chigit ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, mavsumni samarali o‘tkazish maqsadida 64 ta yer tekislovchi va 31 ta pnevmatik yuqori unumli texnika shay holatga keltirilgan.

Agrar soha mutaxassislarining tavsiyalari bilan tumanning tuproq sharoitiga mos bo‘lgan “Sulton”, “Kelajak”, “S-6524” navli urug‘lik chigit har gektariga 200 kg fosforli, 50 kaliyli o‘g‘it bilan ekilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda chigit ekish mavsumi yakunlanmoqda

Bugun viloyatning yerga chigit qadalayotgan qaysi bir dalasiga bormang, dehqonlarning gʻayrat bilan mehnat qilayotgani ustidan chiqasiz. Ish unumi yuqori boʻlgan zamonaviy haydov, ekish texnikalari beminnat xizmat qilayapti.

Viloyatdagi mavjud 9ta paxtachilik tumanlaridagi 2100 dan ortiq fermer xoʻjaliklari va 6 ta paxta-toʻqimachilik klasterlari tarkibida ishlayotgan dehqonlar joriy mavsumda belgilab berilgan reja, 70 ming 161 gektar yer maydonga muddatida chigit ekish harakatida. Shundan, 283 ming tonna paxta xom ashyosini yigʻib-terib olishni marra qilishgan.

Bugungacha ekish ishlari amalga oshirilgan dalalarga kasallikka chidamli, serhosil va tola sifati yuqori boʻlgan ertapishar S-8290 kabi istiqbolli gʻoʻza navi ekilmoqda.

Bugungi kunga kelib Quyi Chirchiq, Bekobod, Boʻka, Oqqoʻrgʻon tumanlarida joriy etilgan ish unumi yuqoriligini koʻrsatmoqda. Mazkur tumanlarda 11 ming 200 dan 11 ming 900 gacha gektar yer maydonlariga chigit qadaldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda ekinlarni biologik himoya qilish borasida yangicha tizimlar joriy qilinmoqda. Bu esa birgina paxtachilikda bir mavsumda 36 milliard soʻmgacha mablagʻ tejalishiga olib kelmoqda.

Tafsilotlar lavhada.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari
#Boʻka_tumani

Yoz chillasi boshlanishi bilan suvchilar yumushi ham qizigandan qiziydi. Ayniqsa, gʻoʻza parvarishi va agrotexnik tadbirlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Bugungi qahramonimiz ham ota kasbi suvchilikning hadisini olgan miroblardan. Mirishkorning ta’rificha, bu davrda gʻoʻzaga berilgan suv tillaga teng ekan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda joriy yilda qancha yer maydonlariga boshoqli don ekiladi?

Bugun Ohangaron tumani  “Najmiddin Faxriddin” fermer xoʻjaligida oʻtkazilgan soha vakillari ishtirokidagi seminarda 2024-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar,  agrotexnik tadbirlar, shuningdek, don ekinlarini kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilishi lozim boʻlgan choralar haqida gapirildi. Suv tejovchi texnologiyalar avzalligi va davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar xususida ham soʻz yuritildi.

Aytish mumkinki, joriy yilda viloyat tumanlarida 2024-yil hosili uchun 103 ming gektar suvli maydonlarda boshoqli don ekinlari ekish  rejalashtirilgan. Shu jumladan,  ochiq maydonga 37 ming 262 ga, gʻoʻza qator orasiga 65 ming 738 ga maydonga ekiladi. Viloyatda jami 390 ta gʻalla ekish texnikalari mavsumga shay holatga keltirildi.

Takroriy ekinlar oʻrniga gʻalla ekishda oraliq ekinlarni tez fursatda yigʻishtirib olish va gʻoʻza qator orasiga gʻalla ekish borasida zururiy tavsiyalar berildi. Shuningdek, kuz oylarida ob-havo sharoiti hamda tuproq strukturasiga qarab, imkoniyat bor yerlarda oktyabr, noyabr oylarida gʻallani sugʻorish, uni oziqlantirish, koʻchatlarni nobud boʻlishi bilan bogʻliq muammolarga toʻxtaldi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda sholi oʻrim-yigʻimi boshlandi

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Piskent tumanida paxta yigʻim-terimiga tadorik boshlangan. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi viloyat boshqarmasi tavsiyasi bilan bugun paxta maydonlarida defoliatsiya tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar “Oʻzbekiston 24” telekanalining maxsus reportajida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Toshkent viloyatida paxta terimi davom etmoqda. Dalalarda terimchilarga qay darajada mehnat sharoitlari yaratilgan?

📹 Tafsilotlar "Mening yurtim" telekanalida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Piskentlik terimchilar har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olishyaptimi?

Paxta terimi uyushqoqlik bilan o'tadigan va ish bilan band bo‘lmaganlar uchun serdaromad mavsumiy yumush hisoblanadi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev piskentlik terimchilar bilan uchrashganida bu borada o'z fikr va tavsiyalarini bildirib o'tgan edi. Ayni kunlarda Piskent tumanidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida "Mingtepa" mahallasining ko‘ngilli terimchilaridan iborat 25-otryad a'zolari epchillik va ahillik bilan, kuni kecha oppoq ko'rinishdagi paxtazor hosilini yig‘ishtirib olmoqdalar.

Dehqonning maqsadi ham aslida shu, kuzning iliq kunlaridan foydalanib, paxtani tezroq omborlarga yetkazish. Mazkur otryadda jami 153 nafar terimchilar jam bo‘lgan. Ular orasida kuniga 90-100 kilogrammdan tortib, 200 kilogrammgacha hosilni yig'ib-teradigan terimchilar bor.

– Yoshim 61 da, lekin o‘zimni aslo qarigan his qilmayman, – deydi Dono Abduahadova. – Qizim va kelinim bilan birga oilaviy paxta teryapmiz. Kuniga 400-430 kilogramm hosilni terib, har besh kunda 5 million so‘mdan oshiq paxta puli olyapmiz. Bundan tashqari fermerlar har terimchiga 1 litrdan o‘simlik yog‘i ham qo‘shib berishadi. Mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapmiz. Terimchilar orasida biz kabi ilg‘orlik bilan ishlayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Zumrad Shukrullayeva, Maxsuda Abduqodirovalar ham oila a’zolari bilan birga kuniga 400 kilogrammdan ortiq paxta terishmoqda. Terim puli esa tijorat banklari tomonidan paxtazorning o‘ziga yetkazib berilmoqda.

E'tiborni tortgan yana bir muhim jihat shundaki, "Mingtepa" mahallasida xatto uy bekalari ham xonadon yumushlaridan vaqt orttirib, terim ortidan ham xirmonga, ham oilasi ro'zg'origa baraka kirityaptilar. Bir so'z bilan aytganda, "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroyli" degan naql aynan mana shu hudud ahliga nisbatan aytilgandek go'yo.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mavsum_yumushlari

Viloyatda to‘qsonbosti ekinlari eksportga yo‘naltirilmoqda

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Viloyatda bugun gʻalla hosili uchun mahalliy oʻgʻit jamgʻarish ishlari ketmoqda


Viloyatida joriy yil hosili uchun 103 ming gektar suvli maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarish qilinmoqda.

Ayni paytda, boshoqli don ekilgan dalalarda eng asosiy qishki agrotexnik tadbirlardan biri bu–mahalliy oʻgʻit jamgʻarish boʻyicha qizgʻin ishlar olib borilmoqda.

Kuzgi boshoqli don ekinlarining hosildorligi hamda tuproq unumdorligini oshirishda mahalliy oʻgʻitlarning ahamiyati beqiyos. Gʻallachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklariga har bir gektarga oʻrtacha 5 tonnadan mahalliy oʻgʻit jamgʻarish topshirilgan. Mavsum boshidan buyon 213 ming 426 tonna 41,4 foiz mahalliy oʻgʻit zaxira qilindi.

Ertangi yuqori hosil uchun bugundan taraddud koʻrayotgan dehqonlarimiz gʻalla maydonlariga mahalliy oʻgʻit chiqarish ishlarini kechiktirib boʻlmaydigan jarayon, deb biladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Viloyatda joriy yilda 8 mingdan ortiq qishloq xoʻjaligi texnikalari taʼmirdan chiqariladi


Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Viloyatda chigit ekish ishlari yakunlanib qoldi. Qancha gektar yer maydoniga urugʻ qadaldi?

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

ILGʻOR PILLAKORLARNI ALOHIDA MODDIY RAGʻBAT KUTMOQDA

Ipak qurti parvarishida bugun mavsum yumushlari avj pallaga kirib bormoqda. Xususan, Yangiyoʻl tumanida ilgʻor pillakorlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish yoʻlga qoʻyildi.

Yaʼni eng yaxshi ilgʻor pillakorlar 3 ta nominatsiyada taqdirlanadi. Birinchi oʻrin uchun respublika Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan imtiyozli ravishda bepul sanatoriyaga yoʻllanmalar taqdim etiladi. Ikkinchi oʻrin uchun pillachilik klasteri tomonidan televizor, uchinchi oʻrin uchun boʻlsa mikrotoʻlqinli pech beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, amaldagi qonunchilikka koʻra, bugun bir quti ipak qurti boqqan xonadon 25-30 kun ichida 2 yarim million soʻm naqd daromad topadi va 1 yillik mehnat stajiga ega boʻladilar.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Mavsum_yumushlari

DEHQONLAR UCHUN SINOVLI DAVR BOSHLANDI

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ilmiy tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

«Oxunboboyev» hududidagi «Abdunabiyev Iskandar» fermer xo‘jaligi dala maydonlarida o‘tgan seminarda «zang»ga qarshi kurashishning zamonaviy ilg‘or usullari mirishkorlarga tushuntirildi, ko‘rsatib berildi.

Bahoriy seryog‘in kunlar, ob-havoning o‘zgarib turishi bug‘doy poyasida «zang» kasalligi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi.

Agar shu paytda muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasa, hosil nobud bo‘lishi xavfi mavjud. 

Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari kasallikni oldini olish, zararlangan maydonlarda unga qarshi kurashish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.

Seminarda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etdi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Mavsum_yumushlari
#Gʻalla_2024

Viloyatda gʻalla oʻrimi boshlandi

Mavsum oldidan Bekobod tumanida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida seminar tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari dastlab hududdagi APK Bekobod klasteri dala maydonlarida pishib yetilgan boshoqli don hosilini koʻzdan kechirishdi.

Gʻalla dala maydonida viloyat, tumanlar sektorlari rahbarlari, otryadlar boshliqlari, qishloq xoʻjaligi tizimidagi tashkilotlar rahbar va mutaxassislari, nuroniylar ishtirokida hosilga baraka tilab, duolar qilindi.

Joriy yil viloyatda yetishtirilgan gʻalla hosilini uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olishga bagʻishlangan koʻrgazmali viloyat seminari ham tashkil etildi. Bu yerda mavsumda foydalaniladigan texnikalar ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi.

Seminarda birinchi navbatda, 2023-yilda erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtaldi. Qayd etilishicha, bu yil hosili uchun jami 103 ming gektar maydonlarda gʻalla parvarishlangan boʻlib, 1 million tonnaga yaqin hosilni oʻrib olish reja qilinmoqda.

Taʼkidlanganidek, mavsumga 301 ta oʻrish kombayinlari shay holatga keltirildi. 301 ta otryad shakllantirilib, 11 ta don qabul qilish shaxobchalarida 24 soatlik ish rejimi tashkil qilindi. Texnikalar ehtiyot qismlari, yoqilgʻi bilan bogʻliq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari
#press_tur

Viloyatda yigʻim-terim ishlari avj pallada

Ayni kunlarda hududlarda gʻalla yigʻim-terimiga qizgʻin davom etmoqda. Bundan tashqari, oziq-ovqat xavfsizligini, narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida, ertapishar kartoshka, piyoz, sabzi mahsulotlari aholi tomorqalari va fermer xoʻjaliklarida pishib yetilib, mahalliy bozorlarga, xorijga eksportga chiqarilmoqda.      
   
Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida jurnalist va blogerlar ishtirokida Oʻrta Chirchiq tumaniga press-tur tashkil etildi.

Aytish mumkin, bu yil viloyat dalalarida jami 32 ming 93 gektar sabzavot, 2 ming 211 gektar poliz va 17 ming gektar maydonida kartoshka ekilgan. Shuningdek, gʻalladan boʻshagan 100 ming gektar maydonga takroriy ekin ekiladi.

Jurnalistlarning dastlabki manzili “Yuqoriovul” mahallasidagi “Sitora-Maftuna” fermer xoʻjaligining piyoz maydoni boʻldi. Dehqonlarning hosilni yigʻish va maxsus qoplarga joylashtirish jarayonlarini kuzatishdi.

Shundan soʻng, tumandagi 200 gektar yer maydonida yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish asosida kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirilgan klaster faoliyati bilan tanishdi. Ayni kunlarda maydonlar sugʻorish jarayonida ekan. Tez kunlarda hosil yigʻishga kirishilishi  taʼkidlandi.

Tur davomida jurnalistlar gʻalla dalalaridagi oʻrim jarayonlari bilan ham tanishdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari
#Season_jobs
#Сезонные_хлопоты

Ayni kunlarda oʻtkazilgan agrotexnik tadbirlar paxta hosildorligini oshishiga muhim xizmat qiladi

👉 Batafsil
___

The agrotechnical activities carried out these days are important for increasing the yield of cotton.

👉 In detail
___

Проводимые в эти дни агротехнические работы играют значимую роль в повышении урожайности хлопка-сырца

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari #Seasonal_work #Cезонные_хлопоты

Paxta yigʻim-terimiga hozirlik boshlandi

👉 Batafsil
___________

Preparations for the cotton harvest have started

👉 In detail
___________

Началась подготовка к уборке хлопка-сырца

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari #Seasonal_agricultural_activities #Cезонные_хлопоты   

Viloyatda kuzgi boshoqli don ekish ishlari boshlandi

👉 Batafsil
__
                                                                   
The sowing of autumn cereals begins in the region 

👉 In detail
__

На полях области начался осенний сезон сева зерновых культур

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM