Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#kelishuv

OKMK va Germaniya banki o‘rtasida 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi

Davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi davomida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati va “KfW-IPEX Bank” nemis banki bilan yangi Mis eritish kompleksining qurilishini moliyalashni tashkillashtirish bo‘yicha 2,55 milliard dollarlik mandat imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, Yangi mis eritish kompleksi Prezidentimizning 2020-yil 26-maydagi “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 koni o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilmoqda.

Mazkur Yangi metallurgiya kompleksining qurilishi kombinatga mis, oltin va kumush ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini beradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sanoat
#kelishuv

Toshkent viloyatida yuqori aniqlikdagi datchiklar va chiplar ishlab chiqarish sanoati rivojlantiriladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xitoyning “Shandong Huake Semiconductors research institute” raisi Tian Jinlian va “Bitmain Huake Semiconductors research institute” direktori Ilyos Oʻtbosarov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Dastlab mehmonlarga Toshkent viloyatining iqtisodiy, savdo-logistika, turizm va qishloq xoʻjaligi kabi tarmoqlardagi imkoniyatlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Shundan soʻng janob Tian Jinlian asosiy faoliyati haqida aytib berdi. Xususan, “Shandong Huake Semiconductors research institute” 2018-yilda tashkil etilgan boʻlib, xodimlarining 90 foizdan ortigʻi oliy toifali va fan doktorlaridir. Ular yarimoʻtkazgich sanoatini rivojlantirish borasida katta tajribaga ega boʻlib, hozirgi kunda yuqori aniqlikdagi raqamli intellektual datchiklar va chiplar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mahsulotlar turli sohalardagi kompyuterlashgan texnikalar uchun ishlatiladi. Butun dunyoda unga talab katta boʻlmoqda.

Bundan tashqari, suhbat davomida Xitoyning “Bir kamar – bir yoʻl” tashabbusi asosida yarimoʻtkazgich sanoatining jadal rivojlanishga ixtisoslashgan zamonaviy sanoat parkini tashkil etish loyihasi ham muhokama qilindi. Unda ilgʻor texnologik imkoniyatlar joriy etgan xolda qishloq xoʻjaligi, moliya, logistika, texnologik kabi koʻplab markazlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Zoyir Mirzayev ushbu loyihalar mamlakatimiz sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani, ishlab chiqariladigan mahsulotlar esa dunyo bozorida raqobatbardosh boʻlishini taʼkidladi. Ayniqsa, bu soha mahalliy kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish borasida oʻz takliflarini bildirdi.

 Mazkur tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha viloyatdagi sanoat zonalaridan joy taklif etildi. Shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

PISKENT TUMANI VA XITOYNING ZIBO SHAHRI OʻRTASIDA BIR NECHTA SHARTNOMALAR IMZOLANISHIGA ERISHILDI

Ayni damda Toshkent viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shandun provinsiyasi Zibo shahrida boʻlib turibdi. Mazkur manzilda Zibo shahri meri Li Szyunde Piskent tumani hokimi N.Yakubov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida futbolning paydo boʻlish tarixi aynan mana shu Zibo shahriga bogʻliqligi xususida taʼkidlanib, sport inventarida Zibo shahri va Piskent tumani oʻrtasida ogʻzaki hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

Uchrashuvda mahalliy hokimiyat rahbarlari tomonidan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi. Xususan, Piskent tumani hokimi N.Yakubov tumanda Zibo shahri tadbirkorlari ishtirokida maxsus sanoat hududi tashkil etish taklifini bildirdi. Zibo shahar meri mazkur taklifni qoʻllab quvvatladi.

Piskent tumani hokimi boshchiligidagi kichik guruh ishni Bochjou shahrida shahar merining birinchi kotibi, janob Li Lei  bilan uchrashuv oʻtkazib, Xitoy xalk tabobati bozori faoliyati bilan yaqindan tanishishdan boshladilar.

Mazkur bozor joriy yilda ishga tushirilgan boʻlib, 1,1 million kvadrat metr maydonda joylashgan.

Shu bilan birga, Piskent tumanida farmatsevtika sohasida loyiha qilish istagida boʻlgan tadbirkorlar va shahar meri bilan ham uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Piskent tumanidagi "Zonitan Chemical" va Zibo shahridagi "Shangdon Zhontien technology engineering" kompaniyasi oʻrtasida Piskent tumanida natriy hamda kansongenat ishlab chiqarish boʻyicha 20 million dollarlik shartnoma imzolanishiga erishildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kelishuv #Xitoy_Toshkent_viloyati

Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuv boshlandi


〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️ 〰️

Ayni paytda Anxuey provinsiyasida bo‘lib turgan Piskent tumani hokimi N.Yakubov Bochjou shahri meri Chin Feng Yu xonim bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM