#Iftixor
QUTLAMOQ SHARAF
ХIХ yozgi Osiyo oʻyinlarida
zafar quchgan sportchilarimizga
Xushxabar xush yoqar bori ellarga,
Quvonch quvvat berar asli dillarga,
Bayroq yarashadi gʻolib qoʻllarga,
Kuchli beshtalikda oʻzbekcha sadaf,
Gʻolibin qutlamoq xalqiga sharaf!
Sizning qalbingizda Vatan kamoli,
Sizning chehrangizda Vatan jamoli,
Yangi Oʻzbekiston — yangi iqboli,
Sof niyat atalar — ushalgan matlab,
Sizlarni qutlamoq biz uchun sharaf!
Yigirma ikkita oltin shodasi,
Bu oʻzbek xalqiga shodlik bodasi,
Olamni tutmishdir xush ovozasi,
Ular koʻksingizda turar yarqirab,
Oltin sohiblarin qutlamoq sharaf!
Mayli, u Osiyo, mayli, u Gʻarbdir,
Bahodir boksi — oʻzbekcha zarbdir.
Muzaffar, Murodjon bu — yangi safdir,
Bobolar, momolar duosin jamlab,
Mardi maydonlarni qutlamoq sharaf!
Yovqur Toʻmarisning yorugʻ izlari,
Osiyo oʻyinlarin gʻolib qizlari,
Yigirma toʻrt medal — oydek yuzlari,
Taxmina, Safina, Sharifa, Zaynab,
Nechun she’r yozmayin Sizlarni qutlab?!
Oʻttiz bir bronza, oʻn sakkiz kumush,
Bu koʻkdan tushmadi — bu halol yumush.
Kimlar buni hatto koʻrmay ketdi tush,
Maydon mardnikidir, mardlar biz taraf,
Sizlarni qutlamoq bizlarga sharaf!
Har ulugʻ ish uchun imkon kerakdir,
Imkon yaratguvchi inson kerakdir,
Yurtboshim niyati — togʻdek yuksakdir,
Sizlarga toledan baxtu taxt tilab,
Ona xalqimizni qutlamoq sharaf!
Mahmud Toir,
Oʻzbekiston xalq shoiri
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
QUTLAMOQ SHARAF
ХIХ yozgi Osiyo oʻyinlarida
zafar quchgan sportchilarimizga
Xushxabar xush yoqar bori ellarga,
Quvonch quvvat berar asli dillarga,
Bayroq yarashadi gʻolib qoʻllarga,
Kuchli beshtalikda oʻzbekcha sadaf,
Gʻolibin qutlamoq xalqiga sharaf!
Sizning qalbingizda Vatan kamoli,
Sizning chehrangizda Vatan jamoli,
Yangi Oʻzbekiston — yangi iqboli,
Sof niyat atalar — ushalgan matlab,
Sizlarni qutlamoq biz uchun sharaf!
Yigirma ikkita oltin shodasi,
Bu oʻzbek xalqiga shodlik bodasi,
Olamni tutmishdir xush ovozasi,
Ular koʻksingizda turar yarqirab,
Oltin sohiblarin qutlamoq sharaf!
Mayli, u Osiyo, mayli, u Gʻarbdir,
Bahodir boksi — oʻzbekcha zarbdir.
Muzaffar, Murodjon bu — yangi safdir,
Bobolar, momolar duosin jamlab,
Mardi maydonlarni qutlamoq sharaf!
Yovqur Toʻmarisning yorugʻ izlari,
Osiyo oʻyinlarin gʻolib qizlari,
Yigirma toʻrt medal — oydek yuzlari,
Taxmina, Safina, Sharifa, Zaynab,
Nechun she’r yozmayin Sizlarni qutlab?!
Oʻttiz bir bronza, oʻn sakkiz kumush,
Bu koʻkdan tushmadi — bu halol yumush.
Kimlar buni hatto koʻrmay ketdi tush,
Maydon mardnikidir, mardlar biz taraf,
Sizlarni qutlamoq bizlarga sharaf!
Har ulugʻ ish uchun imkon kerakdir,
Imkon yaratguvchi inson kerakdir,
Yurtboshim niyati — togʻdek yuksakdir,
Sizlarga toledan baxtu taxt tilab,
Ona xalqimizni qutlamoq sharaf!
Mahmud Toir,
Oʻzbekiston xalq shoiri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM