#Rasmiy_bayonot
Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan.
Tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.
Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.
Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
✉ ️Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
Joriy yilning 18-yanvar kuni soat 20:20da Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga tumanning “Namuna” mahallasi, Namuna koʻchasida joylashgan 938-sonli tranformatorda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, voqea joyiga 1 ta yongʻin oʻchirish texnikasi soat 20:38da yetib borib, yongʻin soat 20:48da toʻliq bartaraf etilgan.
Sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish ishlariga 1 ta yongʻin oʻchirish texnikasi va 6 nafar shaxsiy tarkib jalb qilingan.
Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi tranformatorda yuzaga kelgan qisqa tutashuv deb baholanmoqda.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot
Oʻrta Chirchiq tumani “Taraqqiyot” MFY dagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi tuman hokimining qarori asosida tugatilgan. Bino tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga aylantirilgan.
Taʼkidlash joizki, maktab joylashgan hududdan 1 km masofada 49-maktab joylashgan. Oʻquvchilar shu maktabga koʻchirilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari esa oʻqishini avvalgi binoda davom ettiradi.
Qoʻshimcha qilib aytamizki, joriy yil tuman investitsiya dasturi doirasida “Taraqqiyot” mahallasi uchun alohida maktab binosi qurilishi rejalashtirilgan.
Viloyat hokimining topshirigʻi bilan tuman hokimi Ixtiyor Qosimov, viloyat hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov joyiga chiqib, aholi bilan uchrashdi. Ota-onalarga holat boʻyicha tushuntirish berildi.
✉️ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

#rasmiy_bayonot
Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot
Bugun, 30-may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani “Abduraxmonov” MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv.m maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

You tube ijtimoiy tarmogʻida Toshkent viloyati hokimligi tasarrufidagi yotoqxonalarning birida yashovchi fuqaro tomonidan oʻzi yashab turgan turar-joy bugungi kunda oʻta ta’mirtalab holga kelganligi, murojaatini esa mas’ullar e’tiborsiz qoldirganini ta’kidlagan.
Viloyatda uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarni turar-joy bilan ta’minlash rahbariyatning doimiy e’tiborida hisoblanib, mas’ullarning sayyor qabullarida ham ehtiyojmand ayollarning ijara toʻlovlarini toʻlash, subsidiya ajratish, uy-joylarini ta’mirlab berishga zarur mablagʻlar yoʻnaltirib kelinmoqda.
Bugungi kunda murojaatda koʻrsatilgan yotoqxona tipidagi turar-joy binolarini ta’mirlash ishlari mas’ullar nazoratiga olingan.

Chinoz tumani hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻli boʻyida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida
Bugun, 21-iyun kuni soat 20:43 da Chinoz tumanidagi fermerlar uyishmalarining biri hududida taxminan 3 gektar gʻalladan boʻshagan yer maydoni yongan.
Voqea joyiga 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 21:00 da yetib borib, yongʻin soat 21:15 da oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq. Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hurmatli Toshkent viloyati aholisi hamda dehqonlar, fermerlar! Gʻalla va gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini yongʻindan saqlash ishiga mas’uliyat bilan qarashingizni soʻraymiz.
Toshkent viloyati hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligida 9-avgust 19:00 ham yigʻilish oʻtkazilishi boʻyicha tanqidiy material eʼlon qilindi.
Bu haqiqatga toʻgʻri kelmasligini, bu vaqtda viloyati hokimligida yigʻilish boʻlmagan, yaʼni rejalashtirilmaganligini ham maʼlum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimligida 23: 40 larda yigʻilish boʻlayotgani aytilayotgan audioxabar tarqaldi.
Bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, Toshkent viloyati hokimligida bu vaqtda yigʻilish boʻlmagan, yaʼni rejalashtirilmaganligini ham maʼlum qilamiz.

Kuni kecha Olmaliq shahrining "Ramazon" mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi joʻmraklaridan qonli suv oqishi kuzatilgan.
Shahar "Suv ta’minoti" korxonasi mas’ullarining holat yuzasidan dastlabki ma’lumot berishicha, bu kushxonadagi oqova suv va ichimlik suv quvurining teshilib, oʻzaro qoʻshilib ketishi sababli kuzatilgan.
Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qishloq xoʻjaligi vaziri etib tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Bu gaplar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayni paytda oʻz ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band.
Tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishini eslatamiz.
Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.
✉ Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrining Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri, Chirchiq shahari hokimi oʻrinbosari viloyat hokimining topshirigʻi bilan qamaldi degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Bu mutlaqo haqiqatda toʻgʻri kelmaydi. Har ikki rahbar oʻz ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Tez orada Toshkent viloyati Maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi Elyor Akbarovning holat yuzasidan videobayonoti eʼlon qilinadi.

#Raddiya
#rasmiy_bayonot
Kun.uz saytida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan
Bugun Kun.uz saytida Toshkent viloyati hokimligi tomonidan uchta elektromobil amaldagi qonunchilikka zid ravishda xarid qilinayotgani, hokimlikning rasmiy veb saytiga noto‘g‘ri axborot kiritilgani ta’kidlangan.
Mazkur material bir yoqlama va mavjud hujjatlarni to‘liq o‘rganmay chop qilingan, deb hisoblaymiz. Jumladan,
1) Toshkent viloyati hokimininig birinchi o‘rinbosariga 2021 yili ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 001 TVX xizmat mashinasi sifatida biriktirilmagan. Bu noto‘g‘ri axborot. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosariga 2009 yilda ishlab chiqarilgan Mersedes Benz 10 003 DAV rusumli mashina biriktirilgan.
👉 To‘liq ma’lumot
2. Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi haqiqatan ham 2020 yilda ishlab chiqarilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 258-sonli Qarorining 6-bandida xizmat mashinalarini yangilash tartibi belgilangan. Xususan, 5 yil foydalanishda bo‘lgan mashinalar, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan mashinalar almashtirilishi yoki quyi tizim tashkilotlariga foydalanish uchun berilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Viloyat hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga biriktirilgan 10 013 DAV avtomashinasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan, hozirgi kunga kelib yo‘l-transport hodisasiga uchragani sababli, texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgan.
Xarid qilinayotgan xizmat yangi mashinalari (elektromobil, gibrid) davlat rahbarining PQ-443 sonli qarorida belgilangan vazifalar doirasida amalga oshirilmoqda. Yangi avtotransport vositalari xarid qilinganidan keyin amalda foydalanilayotgan mashinalar tegishli tartibda hisobdan chiqariladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Yangi yo‘l shahar Farovon mahallasi Anarqulov dahasi 13 ko‘p qavatli uyning yer to‘la qismida issiqlik yotiq quvurlari o‘rnatish jarayonida nosozliklar to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Toshkent viloyati qurilish va uy-joy xo‘jaligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, muammo ushbu uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Story Everest master” BSK hamda pudrat tashkiloti hamkorligida to‘liq bartaraf etildi.
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi matbuot xizmati
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitterr