#Hokimlik_soati
#Oʻz_oʻzini_tanqid
ZOYIR MIRZAEV: "ODAMLARDA TOʻGʻRIDAN-TOʻGʻRI UY SOTIB OLISHGA ISHONCH YOʻQOLGAN..."
Bugun Nurafshon shahrida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida kun tartibidagi muhim masalalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi hokimlik soati oʻtkazildi.
Videoselektor shaklida oʻtkazilgan majlisda viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, korxona-tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tumanlarning hokimlari, faollar ishtirok etdi.
Yigʻilishda dastlab viloyatda ijro va mehnat intizomi boʻyicha joriy vaziyat tanqidiy tahlil qilindi. Viloyat hokimligining ijro intizomi boʻlimi boshligʻi Shuhrat Xoshimov yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriqlarning bajarilish holati boʻyicha axborot berdi. Xususan, viloyat hokimligining Kapital qurilish va kommunikatsiyalar boʻyicha kotibiyatida 149 ta topshiriq ijrosi ta’minlanmagani, maxsus elektron tizimga topshiriqlar ijrosining holati boʻyicha axborot kiritilmay kelinayotgani keskin tanqid qilindi.
Majlisda, shuningdek, ijtimoiy soha ob’yektlariga koʻmir mahsulotlarini yetkazib berish holati koʻrib chiqildi. Zoyir Mirzayev bu masalaning tashkiliy, moliyaviy jihatlariga toʻxtaldi. Jumladan, mahsulotni maktab va tibbiyot muassasalari omborlariga keltirish, qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish muhim masala ekani qayd etildi, bu borada sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan rahbarlar ogohlantirildi.
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatida "Yangi Oʻzbekiston" turar-joy massivlarining qurilish jarayoniga toʻxtaldi. Chirchiq, Olmaliq va Nurafshon shaharlarida qurilayotgan mazkur massivlarda ishlar reja-grafikdan ortda qolayotgani, nainki qurilish, qolaversa, uylarni sotish jarayoni ham shaffof emasligi qayd qilindi. Oʻz navbatida odamlarda uyni vositachisiz, toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga ishonch yoʻqolayotgani, bunday ishlarga qarshi huquq-tartibot idoralari nazoratni kuchaytirishi zarurligiga urgʻu qaratildi.
Majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishlicha qaror qabul qilindi.
🌐 Batafsil videoda
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Зойир Мирзаев: Одамларда тўғридан-тўғри уй сотиб олишга ишонч йўқолган
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻz_oʻzini_tanqid
Chirchiq shahrining “Adolat”, “Shodlik”, “Chinor”, Amir Temur MFYlarida chiqindilarni olib chiqib ketish, obodonchilik ishlari ahvol achinarli holga kelgan. “Dolzarb 15 kunlik” tadbirlari doirasida bu yerda tozalash va obodonlashtirish ishlari boshlangan. Aholining haqli eʼtirozlaridan kelib chiqib, Zoyir Mirzayev Chirchiqda vaziyatni zudlik bilan yaxshilash, xizmat koʻrsatishni tartibga keltirish haqida shahar mutasaddilariga topshiriq berdi.
Viloyat ishchi guruhining oʻrganishlari davom etadi. Navbatdagi manzil – Yangiyoʻl shahri.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter