Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.33K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
#muhim_sana

"Angren" koʻmir koni 75 yoshda

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_sana

30 iyun - Yoshlar kuni

Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Ma'llumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyatida 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning soni qariyb 700 000 nafarni tashkil etadi. Yil boshidan buyon 18 014 nafari  “Yoshlar daftari”ga kiritilib, shundan 8533 nafariga yordam ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasida 39,2 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirilib, 22,9 mlrd. so‘m mablag‘lar daftarga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, 2495 nafar yoshlarga to‘lov-kontraktlaru to'lab berildi. 1346 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 403,8 gektar yer maydoni berildi.

1230 nafar yigit-qizlarga davolanish uchun, 691 nafariga subsidiya, 443 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezerziga mablag‘lar ajratildi hamda 480 nafar yoshlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi. 1848 nafar yoshga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi
sana munosabati bilan barcha yoshlarni qutlaymiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Toshkent viloyati 86 yoshda

Bugun yodga olarli kun. Toshkent viloyati 86 yoshga toʻldi. 1938-yilning 15-yanvar kunida O‘zbekiston SSR tarkibida tashkil qilingan. Yurtimizning eng salohiyatli, iqtisodiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan hududi hisoblanadi.

Viloyatning ma’muriy markaziNurafshon shahridir. Toshkent viloyatida 15 ta tuman va 7 ta shahar mavjud.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Koʻrgali husnungni zoru mubtalo boʻldim sanga,
Ne baloligʻ kun edikim, oshno boʻldum sanga.

Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin koʻngil,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo boʻldum sanga.

Men qachon dedim: vafo qilgʻil manga — zulm aylading,
Sen qachon deding: fido boʻlgʻil manga — boʻldum sanga.

Ey koʻngil, tarki nasihat ayladim avvora boʻl,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo boʻldum sanga.

Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado boʻldum sanga.

Gʻussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asiru benavo boʻldum sanga.

Bugun oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, ulugʻ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi. Sheʼriyat mulkining sultoni 1441-yilning 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahri Bog‘i Davlatxona mavzesida tavallud topgan.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Muhim_sana
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_541

14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun yurtimiz bo‘ylab Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin", "Xatti Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Muhim_sana

Bugun, 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi. Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida Kesh (Shahrisabz)ning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning onasi Takinaxonim, otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.

Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan.

Sohibqiron Amir Temur Koʻragon 1405-yilning 18-fevral kuni, chorshanba kuni Shaʼvon oyining oʻn yettisida vafot etgan va Samarqandda Amir Temur maqbarasiga dafn etilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

Bugun, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni

2021-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi madaniyat va san'at xodimlari kunini belgilash to'g'risida"gi qonunga ko'ra, 15-aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.

Mazkur sana munosabati bilan, Toshkent viloyatidagi madaniyat va san'at sohasida mehnat qilib kelayotgan, sohaning rivojlanishiga, o‘zbek milliy madaniyatining dunyo darajasidagi nufuzini oshirishga, iqtidorli yoshlarning qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda munosib hissa qo‘shayotgan barcha madaniyat xodimlarini kasb bayrami bilan muborakbod etamiz.

Ularning kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyatlar tilaymiz. El ravnaqi rivojida va madaniyati yuksalishidagi samarali mehnatlari doim bugungidek qadr topsin!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana #Important_date #Значимая_дата

Viloyatda Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan tadbir uyushtirildi

👉 Batafsil
_____________

An event is organized in the region on the occasion of "Friendship of Peoples" day

👉 In detail
____________

В столичной области организовано мероприятие в связи с празднованием Дня дружбы

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana #An_important_date #Знаменательная_дата

Bir guruh Milliy gvardiya xodimlari taqdirlandi

👉 Batafsil
__

A group of National Guard officers are honored

👉 In detail
____

Награждена группа сотрудников Национальной Гвардии

👉 Подробно

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

26 sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari kuni

Bugungi sana munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati tizimining barcha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

15 - oktyar - Xalqaro qishloq ayollari kuni


Mazkur sana munosabati bilan joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish bilan birga, xotin-qizlarning qishloq xoʻjaligi sohasiga hamda hududlarning obodligi va farovonligiga qoʻshgan hissasi va oʻrniga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Aytish mumkin, Toshkent viloyatidagi 1 million 488 ming 903 nafar xotin-qizning 75,3 foizi olis va chekka hududlarda yashaydi. Joriy yilda qishloq joylaridagi 60 ming 280 nafar ishsiz xotin-qizning doimiy bandligi taʼminlanishga erishildi.17 ming 143 nafari kasb-hunarga oʻqitilib, 31 ming 233 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan. 11 ming 507 nafariga esa 183 milliard 945 million soʻm kreditlar ajratilib, tadbirkorliklarini boshlashlariga koʻmak berilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM