Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.8K photos
5.33K videos
48 files
21.4K links
Download Telegram
Журналистлар меҳнати эътироф этилди

Бўстонлиқ туманида 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан байрам тадбири ўтказилди.

📍https://uza.uz/posts/496708

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Diqqat_е’lon

⚡️ Qurbon Hayiti munosabati bilan dam olish kunlari belgilanganligi sababli, Toshkent viloyatidagi tijorat  banklari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul oʻtkazmalari punktlari faoliyatlari yuqoridagi grafik boʻyicha ishlashini ma’lum qilamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

MAHALLADAGI "BESHLIK" TIZIMINING SAMARASI PISKENT TUMANI MISOLIDA

Tafsilotlar "Sevimli" telekanalining lavhasida


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bildirish

SSB: Qurbon hayiti va dam olish kunlari qaysi tibbiyot muassasalari uzluksiz faoliyat koʻrsatadi?

Avval xabar qilganimizdek, Qurbon hayiti munosabati bilan yurtimiz boʻyicha 28-iyun - 2-iyul sanalarida ketma-ket 5 kun dam olish kuni boʻladi.

Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi ushbu muborak ayyom va dam olish kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatishini ma’lum qiladi:

22 ta koʻp tarmoqli markaziy poliklinika
91 ta oilaviy poliklinika,
67 ta oilaviy shifokorlik punkti,
111 ta mahalla tibbiyot punkti,
tuman, viloyat va  shifoxonalari,
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
tibbiyot oliy oʻquv yurtlari klinikalari.


Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent viloyat filiali uning hududlardagi 22 ta filiali, tumanlardagi 21 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul boʻlimi hamda shahar, tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.

Viloyatimiz boʻyicha tez tibbiy yordam brigadalari hamda barcha Davolash profilaktika muassasalari aholidan boʻladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat koʻrsatadi.

☎️ Call-markazi (1103) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

‼️Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi bayram kunlarida mehnat qiladigan barcha tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e’tirof

27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot xizmatlari xodimlari kuni munosabati bilan Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan viloyat bayram tadbiri tafsilotlari "Nurafshon" telekanalida namoyish qilindi.

Batafsil lavhada

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Viloyatning 209 ta masjidida Qurbon hayiti namozi o‘qildi

28 iyun kuni viloyat masjidlarida Qurbon hayiti namozlarida 400 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz ishtirok etdi.

Namozlarda mamlakatda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, mustaqillik tufayli islomiy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, diniy e’tiqod erkinligi va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ezgulik ishlariga berilayotgan yuksak e’tiborga shukronalik bildirildi va duolar qilindi.

Din mas’ullari tomonidan ayyom arafasida homiylarni jalb etgan holda, joylarda nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam ta’minlangan oilalarga, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, mehnat faxriylariga moddiy yordamlar ko‘rsatildi. «Mehribonlik», «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga ziyoratlar va hayriya tadbirlari uyushtirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin,
shu kunlarda viloyatdan 1000 dan ziyod yurtdoshlarimiz Haj ibodatini ado etmoqda.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat

Tungi vaqtda yoʻllarda, masjidlar atrofida shuningdek, Qurbon hayiti namozi vaqtida Toshkent viloyatida joylashgan barcha masjidlarda tashrif buyuruvchilarning harakat xavfsizligi ta’minlandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ ас-Сиси телефон орқали мулоқотда бутун мусулмон уммати учун муқаддас Қурбон ҳайити билан бир-бирини самимий қутладилар. Ўзбекистон ва Мисрнинг дўст халқларига тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилаклари билдирилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Арабской Республики Египет Абдельфаттах ас-Сиси в ходе телефонного разговора обменялись теплыми поздравлениями в связи с наступившим священным для всей мусульманской уммы праздником Курбан хайит. Выражены искренние пожелания мира, благополучия и процветания дружественным народам Узбекистана и Египта.

#Mirziyoyev #muloqot #Misr #Qurbonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг телефон орқали мулоқоти бўлиб ўтди. Давлат раҳбарлари бир-бирини ва қардош халқларимизни муборак Қурбон ҳайити билан дилдан қутлаб, тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилакларини изҳор этдилар.

Состоялся телефонный разговор между Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёевым и Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом. Главы государств тепло поздравили друг друга и братские народы двух стран со священным праздником Курбан хайит, выразив искренние пожелания мира, благополучия и процветания.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #Qurbonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Бутун мусулмон умматининг муқаддас байрами, халқимизнинг маънавий ҳаётида муҳим ўрин тутган, эзгулик, бағрикенглик, меҳр-мурувват ва саховат каби боқий умуминсоний қадриятларни ўзида мужассам этган Қурбон ҳайити – Ийд ал-Адҳо муносабати билан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев номига хорижий давлатлар етакчилари, нуфузли сиёсат, жамоат ва дин арбоблари, етакчи халқаро ва минтақавий ташкилотлар раҳбарларидан табриклар келмоқда.

В связи со священным для всего мусульманского мира праздником Курбан хайит – Ийд аль-Адха, имеющим важное значение в духовной жизни нашего народа, символизирующим такие непреходящие общечеловеческие ценности, как доброта, великодушие, милосердие и щедрость, на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания от глав иностранных государств, авторитетных политических, общественных и религиозных деятелей зарубежных стран, руководителей ведущих международных и региональных организаций.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#ijtimoiy_ko'mak

Yuqori Chirchiqda Qurbon hayiti munosabati bilan 300ga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy tarqatildi.

Shuningdek, "Mahalla" hayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi huzuridagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi tomonidan daftarlarda turgan
nogironligi bor, ehtiyojmand, 50 dan ortiq oilalarga 1million so‘mdan pul mablag‘lari berildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident_farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra, Parkent tumanidagi «Kumushkon» kutubxonasi rahbari Marjona Qayumova "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlandi.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Рrezident_qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard O‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, Toshkent viloyatidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi kinolog-qutqaruvchisi Turdali Abdug‘aniyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismi guruh komandiri Doston Yoqubov mazkur mukofot bilan taqdirlandi.

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_sana

30 iyun - Yoshlar kuni

Respublikamizda bu sana nafaqat bir kun, balki bir oy davomida nishonlanib, “Yoshlar oyligi” doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va intellektual musobaqalar tashkil etiladi. Yoshlarning o‘z aqlu salohiyati, jismoniy iqtidorini namoyish etishiga imkon yaratiladi.

Ma'llumot uchun: bugungi kunda Toshkent viloyatida 14-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning soni qariyb 700 000 nafarni tashkil etadi. Yil boshidan buyon 18 014 nafari  “Yoshlar daftari”ga kiritilib, shundan 8533 nafariga yordam ko‘rsatildi.

“Yoshlar daftari” jamg‘armasida 39,2 mlrd. so‘m mablag‘ shakllantirilib, 22,9 mlrd. so‘m mablag‘lar daftarga kiritilgan yoshlarga ijtimoiy yordam uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, 2495 nafar yoshlarga to‘lov-kontraktlaru to'lab berildi. 1346 nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 403,8 gektar yer maydoni berildi.

1230 nafar yigit-qizlarga davolanish uchun, 691 nafariga subsidiya, 443 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezerziga mablag‘lar ajratildi hamda 480 nafar yoshlar bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirildi. 1848 nafar yoshga boshqa yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi sana munosabati bilan barcha yoshlarni qutlaymiz.


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter