Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#ayol_jamiyat_koʻzgusi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oqila ayollar” harakati a’zolari,  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, liboslar boʻyicha mutaxassislar, lider xotin-qizlar ishtirokida “Milliy liboslar - millat koʻzgusi” mavzusida anjuman oʻtkazildi. Unda kiyinish odobi, madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uygʻunlashuvi, bu boradagi mavjud  muammo va kamchiliklar boʻyicha ma’ruzalar tinglanadi.

Mutaxassislar tomonidan ayollarning estetik did,  kiyinish madaniyati yuzasidan milliylik bilan uygʻunlashgan namunalarni, shuningdek, turli sohalarda ishlaydigan ayol xodimlarning, uy bekalarining jamoat joylari va uy ichida kiyiladigan liboslari boʻyicha umum e’tirof etilgan normalar boʻyicha namunalar (eskizlar) taqdim etildi. 

Maqsad esa, oʻzbek milliy urf-odat hamda qadriyatlarini targʻib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, zamon talablari bilan uygʻun milliy liboslarni targʻib etish, yosh dizaynerlarni qoʻllab-quvatlash. 

Shuningdek, "Zakovat"intelektual oʻyinlari, “Yurtimizning lider tadbirkor ayollari” shiori ostida biznes- sayohat tashkil etildi. 

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM