Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.5K photos
5.31K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Rasman

11-noyabr — Oʻzbekistonda “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tejamkor_energiya #Rasman

Viloyatimizda davlat korxona va tashkilotlarining tejamkor energiya manbalariga oʻtishi izchil davom etmoqda. Xususan, Angren shahri hokimligining binosi endilikda quyosh panellari orqali elektr energiyasi taʼminotiga ulanadi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasman

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri boʻlib ishlab kelgan Abduhalim Xolmaxmatov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan oʻz faoliyatini yakunladi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan marosimda viloyat faollari, sektorlar hamda boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev
A. Xolmaxmatovning
Toshkent viloyatida oʻtgan ibratli va masʼuliyatli faoliyati xususida toʻxtalib, unga viloyat ahlining katta hurmat va ehtiromini bildirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri etib Qudratov Erkin Qulnazarovich tayinlandi. Oʻz navbatida, viloyat faollari mazkur vazifada yangi ish boshlagan rahbarning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbirda Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Sariyev, Prezident maslahatchisining oʻrinbosari Ulugʻbek Muxammadiyev qatnashdi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov #Rasman

Yakubov Nodirbek Gulmuradovich Piskent tumani hokimi etib tayinlandi

Ayni paytda boʻlib oʻtayotgan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Nodirbek Yakubov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Nodirbek Yakubov 1975-yili Olmaliq shahrida tugʻilgan. Mutaxassisligi - huquqshunos. U 2001-yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetini bitirgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Nodirbek Yakubov mehnat faoliyatini “Oʻzelektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasida ishchi vazifasida boshlagan.

U oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida ishlagan.

Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman
#Bildirish

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozi boʻlib elektr taʼminoti korxonasiga borib, janjal koʻtarishganligi, bir nafar ayol kishi korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi haqida videoxabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, ushbu hodisa Qashqadaryo viloyatida emas, Toshkent viloyatida sodir boʻlgan.

Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasining dispecherlik punktida bir guruh aholi elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlganligidan norozilik bildirgan vaqtda, 35 yoshli ayol (V.N.) bezorilik harakatlarini oldini olish choralarini koʻrgan Chirchiq shahar Elektr taʼminoti korxonasi elektr montyoriga qarshilik koʻrsatib, oʻzidagi oshxona pichogʻi bilan uni oʻldirish bilan qoʻrqitib, tahdid qilgan.

Mazkur holat boʻyicha Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan V.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

⚡️Deputatlar tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum 30-aprel kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasman

Ramazon hayiti munosabati bilan oʻzbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.

Qarorga koʻra,

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprel – juma kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2023-yil 21-aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Ramazon hayiti bayramini munosib kutib olishi va yuksak saviyada oʻtkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2023-yil 24-aprel (dushanba) kuni ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilandi.

Shuningdek, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 22-aprel kuni dam olish kuni sifatida belgilandi.

✉️Telegram 🌐Website  🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Eshquvvatov Sirojiddin Qorshibayevich Toshkent viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

S.Eshquvvatov tayinlovga qadar Andijon viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida shu munosabat bilan faollar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilmoqda.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev ishtirok etmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.

Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o’zbek xalqiga yo’llagan yangi yil bayram tabrigida ma’lum qildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

❗️“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsumi gʻoliblari roʻyxati eʼlon qilindi.

Toshkent viloyatidan qoʻyilgan 1885 ta loyihaning 313 tasi gʻolib deb topilib, ular uchun 350,15 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM