Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.3K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Rustam Egamurodov, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan (Chirchiq shahri):

— Oilaviy bolalar uyini yaratish toʻgʻrisida 2007-yilda qaror chiqqandi. Bugungi kunda ayolim bilan 14 nafar chin yetim bolalarni tarbiya qilmoqdamiz. Ularga uy-roʻzgʻor ishlarini, kasb-hunarni oʻrgatib kelmoqdamiz. Men farzandlarimning kelajagiga befarq emasman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Iroda Xolboyeva, Nurafshon shahridagi “Yangiobod” MFY yoshlar yetakchisi:

- Avvallari yoshlarimizda muammolarini ochiq aytish imkoni kam edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan Yoshlar parlamenti bu imkoniyatni kengaytirdi. Barcha yoshlarimizni bugungi siyosiy jarayonlarda faol boʻlib, referendumda qatnashishga chorlayman. Men oʻz kelajagimga #befarqemasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nargiza Yo‘ldosheva, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Feruza Yuldasheva, Toshkent viloyati bolalar ftiziatriya sihatgohi bosh shifokori

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Рустам Абдураҳмонов, ҳунарманд:

— Мен уч авлод уста кулоллар сулоласи вакилиман. Биз кўплаб давлатларда ҳунаримизни намойиш этиб, кўргазмаларда қатнашиб келяпмиз. Бўлажак референдумда шогирдларим билан иштирок этамиз. Биз келажагимизга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nazokat Choriyeva, oʻqituvchi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyamizning 52 - moddasi bilan oʻqituvchilarning qadr-qimmati, shaʼni himoya qilinayapti, ularni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlaydigan, huquqlarini kafolatlaydigan yangi normalar kiritilayapti. Biz oʻqituvchilar taʼlimga oid islohotlarga befarq emasmiz! 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda ishtirok etamiz!

@menbefarqemasman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Saodat Tursunboyeva, “Sharq Ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi rahbari:

— Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot va texnologiyalar transferi tezkorlik bilan rivojlanmoqda. Bizning fondimiz bu yoʻnalishda koʻplab ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, “Ayol va raqamli iqtisodiyot” loyihamizda xotin-qizlar elektron tijorat asoslariga, onlayn doʻkonlar ochish va raqamli kasblarga oʻrgatilmoqda. Bu ayollarning uydan chiqmasdan ishlashiga imkon beradi.

Yangilaniyotgan Konstitutsiyada davlat qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhitini taʼminlamoqda, tadbirkorlar har qanday faoliyatni amalga oshirish, uning yoʻnalishlarini mustaqil tanlash huquqiga ega boʻlmoqda. Bu oilalar farovonligini oshirish, texnologik rivojlanish uchun mustahkam poydevor boʻladi. Men bunga #befarqemasman!

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Nargiza Begmatova, Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman boʻlimi shoʻba mudiri:

— Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 79-moddasida biz yoshlarning huquqlarini himoya qilish, oʻz ustimizda ishlashimiz uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok etishimizni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻzgarishlar oʻz aksini topgan.
Men yurtimizda sodir boʻlayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy oʻzgarishlarga befarq emasman! 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumda yoshlarimizni faol qatnashishga chorlayman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Bahodir Husanov, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori:

— Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi xalqimiz farovonligini taʼminlaydigan huquqiy asosdir va inson manfaati uchun, qadri uchun, uni huquqiy kafolatlash uchun xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga toʻrtta yangi modda qoʻshilayaptiki, bunda taʼlimning barcha shakllari — maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim qamrab olingan. Ayniqsa, hozirgi paytda nogironligi boʻlib, maktab taʼlimini ololmaydiganlarga yaratilayotgan sharoit katta yutuq hisoblanadi.
Men shaxsan 30-aprel kuni boʻladigan referendumda faol qatnashaman va bu referendumga befarq emasman!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Baxtiyor Maxmadaliyev, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari, Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati:

— Men xalq va ishchi xodimlarning vakili sifatida bugun yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 42-moddasida koʻrsatilgan normalarni qoʻllab-quvvatlayman. Ushbu modda aholimizni, ishchi-xodimlarni oʻzlari tanlagan kasblarda, munosib sharoitlarda va munosib oylik maosh asosida faoliyat yuritishlariga xizmat qiladi. Shu sababli referendumga befarq emasman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Ergash Usmonov, Yangiyoʻl tumani 14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi matematika oʻqituvchisi:

— Kuni kecha umra safariga borib keldim. Safar davomida shunday Vatanda yashayotganligimizdan, ziyoratchilarga yaratilayotgan sharoitlardan xursand boʻldim, oʻzimni juda baxtli his qildim. Yana bir narsadan xursandman — yangilanayotgan Konstitutsiyamizga yoshlar, oʻqituvchilar va ziyolilarni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi yangi bandlar kiritilmoqda. Shu sababli biz referendumga befarq emasmiz!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Muazzam Valiyeva, Oʻrtachirchiq tumani “Changtepa” mahallasi yoshlar yetakchisi:

— Yurtimiz boʻylab yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasi boʻyicha koʻplab fikr va takliflar ilgari surildi. Meni eng quvontirgan jihati, Konstitutsiya loyihasining 42-moddasida homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi, degan normaning aks ettirilishidir. Homilador va bolali ayollarning mehnat qilish huquqi konstitutsiyaviy tartibga solinmoqda. Biz ayollar uchun oila, yoshlar va bolalarga bagʻishlangan Konstitutsiyaning 14-bobi muhim ahamiyatga egadir. Oʻylaymanki, yangi Konstitutsiya — Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi, mehnatsevar xalqimizning qadr-qimmatini himoya qilish uchun koʻp yillar xizmat qiladi. Men Bosh Qomusimizga befarq emasman, siz ham befarq boʻlmang!

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Dilorom Hamroyeva, maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi (Toshkent viloyati):

— Yangi Konstitutsiyaning 50-moddasida maktabgacha taʼlimga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Unda davlat maktabgacha taʼlim-tarbiya jarayonlarini yanada rivojlantirish uchun barcha choralarni koʻrishi, ayniqsa alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlganlar inklyuziv taʼlim bilan taʼminlanishi belgilab qoʻyilmoqda.
Bolajonlarimiz quvonchi, shodligi uchun biz referendumga befarq emasmiz, sizchi?

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Saydali Rahmonov Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat faxriysi- Oʻzbekiston qahramoni. “Shuhrat” medali sohibi

- 40 yildan buyon OKMKda ishladim. Konda ishlash qanchalik mashaqqat ekanligini shu yerda ishlaganlar biladi. Mana shu mehnatlarimni davlatimiz, Prezidentimiz munosib baholab, mukofotladilar.

Siz yoshlarda esa bundanda koʻp imkoniyatlar bor, eng asosiysi, bir emas, bir necha oliygohlarga topshirish imkoniyati yaratilgan.

Shunday ekan, aziz yoshlar, yangilanayotgan Konstitutsiyani qabul qilish jarayonida oʻz aytar soʻzimiz bilan ishtirok etaylik. Mamlakatimizning, oʻzimizning taqdirimizga befarq boʻlmaylik.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Aliyor Abduvaliyev, Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi reanimatsiya boʻlimi mudiri:

— Soʻnggi yillarda tibbiyot yoʻnalishida koʻplab islohotlar olib borilmoqda. Xususan, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlar amalga oshirilmoqda, xorijdan yangi asbob-usukunalar olib kelinmoqda. Bu fuqarolarning sifatli tibbiy xizmat olishini kafolatlaydi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 48-moddasida ham fuqarolar tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligiga urgʻu berilmoqda. Bilamizki, har qanday kasallikda birinchi tibbiy yordam toʻgʻri koʻrsatilsa, xalq salomatligiga juda katta yordam boʻladi. Shuning uchun ham men referendumda qatnashaman va sizlarni ham befarq boʻlmaslikka chaqiraman.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Gulnora Sultonqulova, Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi shifokori:

— Oxirgi 5-6 yillik davr ichida tibbiyotga juda katta eʼtibor berildi. Xususan, bizning tumanimiz shifoxonasi kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam yanada mukammallashdi. Shuni taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 48-moddasida har bir fuqaro tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun doirasida belgilangan tartibda olishga haqli deya belgilanmoqda. Bu aholiga juda katta imkoyatlar yaratadi. Yaʼni bepul tibbiy xizmat koʻlami oshadi. Shuning uchun 30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendumga befarq emasman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from #Befarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Шоҳиста Бобоқулова, Янгийўл тумани 16-мактаб маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари (Тошкент вилояти):

— Янгиланаётган  Конституциянинг 43-моддасида давлат фуқароларни иш билан таъминлаш, уларни ишсизликдан ҳимоя қилиш, шунингдек, камбағалликни камайтириш чораларини кўради, дея жорий этилмоқда. Яъни давлат ишсиз фуқароларни меҳнат бозорида талаб юқори касбларга ўргатиш, аҳолини иш билан таъминлаш орқали камбағаллик даражасини пасайтириш мажбуриятини олади. Мен бунга бефарқ эмасман. Сиз ҳам бефарқ бўлманг.

@menbefarqemasman
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Aqida Mamatqulova, Piskent tumani 17-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi (Toshkent viloyati):

— Men maktabgacha taʼlim tashkilotida 34 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdaman. Yurtimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar va samarali islohotlarga befarq emasman! Maktabgacha taʼlim sohasidagi yangiliklarni muntazam kuzatib boraman. Va shuni aytishim mumkinki, qilinayotgan islohotlar yoshlarni barkamol qilib  tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda jamoamiz va oila aʼzolarim bilan ishtirok etaman. Sizni ham befarq boʻlmaslikka chaqiraman.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Umida Hamidullayeva, Toshkent viloyati yoshlar yetakchisi:

— Oʻtgan qisqa muddat ichida yoshlarga berilayotgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Qolaversa, yangilanayotgan Konstitutsiyaning 77-moddasida ota-onalarning farzandlarga nisbatan munosabati qonunan mustahkamlanmoqda. Amaldagi Konstitutsiyada voyaga yetmagan farzandlarini boqish va tarbiyalashga majbur edilar. Endilikda esa boqish va tarbiyalash bilan birga taʼlim olishi, sogʻlom, toʻlaqonli barkamol boʻlib rivojlanishlariga gʻamxoʻrlik qilishga majbur ekanliklari belgilanmoqda. Biz faoliyatimizda buning samarasini koʻramiz. Shu sababli yangilanayotgan Konstitutsiyaga befarq boʻla olmayman. 30-aprel kuni faol ishtirok etaman. Va sizlarni ham befarq boʻlmaslikka chaqirib qolaman.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#befarqemasman

Hayotbek Abdusalomov, Yangiyoʻl tumani byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mutaxassisi (Toshkent viloyati):

— Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 46-moddasiga asosan qonunda belgilangan nafaqalar, pensiyalar va boshqa turdagi ijtimoiy toʻlovlarning miqdorlari eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlmasligi belgilab qoʻyilmoqda. Davlatimiz tomonidan soʻnggi besh yil davomida ijtimoiy taʼminotga juda katta mablagʻ ajratilmoqda. Misol qilib olsak, 2017-yilda 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning soni 2 milliondan oshdi. Ajratilayotgan mablagʻlar esa 7 barobarga oshib, 11 trillion soʻmni tashkil qilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM