Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39.1K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent dengizi” (“Tuyaboʻgʻiz” suv ombori) da katta oʻra, oʻpqon paydo boʻlgani haqidagi video tarqalmoqda. “Toshkent dengizi”dagi ayni paytdagi holat. Hech qanday oʻra yoki oʻpqon paydo boʻlmagan. Suv omborining shlyuzi ochilib-yopilgan paytda suv tortishi tezlashi kuzatiladi, xolos.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 29, 2022
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Angren neftebazasida avariya sodir etilganligi bilan bogʻliq tarqalgan xabar yuzasidan korxona boshligʻi D.Azimov munosabat bildirdi:

- Joriy yilning 10-dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sigʻim (rezervuar) sifonining joʻmragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sigʻimda boʻlgan AI-80 benzin yoqilgʻi mahsuloti (11 500 litr) toʻkilgan. Sodir boʻlgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning oʻzida, soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.

Yoqilgʻi mahsulotlari toʻkilishi natijasida yomgʻir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022-yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 12, 2022
#Bayonot

“Olmaliq shahrida bogʻ buzib tashlanmoqda” mazmunidagi videomurojaat boʻyicha

Yutub ijtimoiy tarmogʻidagi Ulugʻbek Ashur kanalida “Olmaliq shahrida tayyor bogʻ buzib tashlanmoqda” mazmunida video tarqalmoqda.

Ushbu yer maydoni hozirgi kunda Olmaliq shahri hokimligi zaxirasida boʻlib, shahar bosh rejasi boʻyicha Yangi Oʻzbekiston loyihasi asosida 17 ta koʻp qavatli uylar, 990 oʻrinli maktab va 460 oʻrinli bogʻcha qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 30-iyunda 23-10-0-Q\21-sonli qarori qabul qilingan.

Bogʻda mavjud 950 tup mevali va manzarali koʻchatlar 2018-yili ekilgan va hozirda hosilga kirgan. Hokimlik bilan tadbirkor oʻrtasida bogʻni saqlab qolish emas, kompensatsiya uchun koʻproq mablagʻ undirish yuzasidan nizo kelib chiqqan.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bugun tadbirkor bilan muhokama oʻtkazdi va vaziyat yuzasidan quyidagi mazmunda yakuniy qarorga kelindi.

Birinchidan, bogʻdagi birorta daraxt kesilmaydi, buzilmaydi, buzilmagan holda saqlanib qoladi.

Ikkinchidan, yer maydoni shahar hokimligi zaxirasida boʻlgani bois tadbirkorga 5 yillik ijara asosida foydalanishga beriladi

Uchinchidan, massiv bosh rejasiga kiritilgan koʻp qavatli uylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari shu hududning oʻzidagi daraxt mavjud boʻlmagan yondosh hududlarga koʻchirilib, qayta loyihalashtiriladi.

Bugungi muhokamalar yakunida ikki tomon ham mazkur kelishuvga rozi boʻldi. Oʻz navbatida, mazkur masalani tarmoqlarda koʻtarib chiqqan barchaga minnatdorlik bildiramiz.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 13, 2022
#Bayonot

“Kompromatuzb” telegramm kanalida chop etilgan tanqidiy material yuzasidan

Bugun “Kompromatuzb” telegramm kanalida eʼlon qilingan tanqidiy maqolada Toshkent tumani, “Hasanboy” QFY, “Kensoy” MFYda chiroq, elektr yoʻqligi haqida aytilgan.

Mazkur xududga Toshkent tumani elektr taʼminoti korxonasi orqali  35/6 kVlik “Kensoy” nimstansiyasi, havo tarmogʻidagi №123-TP orqali elektr energiyasi yetkazilib beriladi.

Havo tarmogʻida nuqsonli izolyator sababli elektr tarmogʻida uzilish sodir boʻldi, xodimlar tomonidan ekspluatatsiya choralari koʻrilib, izolyator yangisiga almashtirildi, bugun soat 12:30 holatiga elektr energiyasi taʼminoti tiklandi.
 
Hozirda aholiga elektr energiyasi uzilishlarsiz, barqaror holatda yetkazib berilmoqda.                                       

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 31, 2022
#bayonot

Toshkent viloyatida shu kunga qadar “DOK-1 MAKS” dorisidan oʻlim holati kuzatilmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyatida (Oʻrtasaroyda) ”Dok-1 Maks“ dori vositasini isteʼmol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi”, degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga “DOK-1 MAKS siropi” isteʼmoli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. Ulardan 5 nafari sogʻayib, uyiga qaytarildi, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Shuni qayd etish kerakki, Toshkent viloyatidagi sogʻliqni saqlash muassasalarida shu paytgacha “DOK-1 MAKS” preparatidan zaharlanish tufayli oʻlim holati kuzatilmagan.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, hozirda hududlardagi barcha dorixonalarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va tuman-shahar tibbiyot birlashmalari xodimlari tomonidan oʻrganish olib borilib, “Quramax” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalari yigʻishtirib olingan.

Aholi orasida dori-darmonlarni shifokor koʻrsatmasisiz, palapartish isteʼmol qilishning salbiy oqibatlari boʻyicha shifokor va patronaj hamshiralari tomonidan uyma-uy yurib, tushuntirish olib borilmoqda. Bu jarayonda xonadonlardagi shaxsiy dori qutilari ham koʻzdan kechirilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 5, 2023
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan
bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2023
January 17, 2023
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti

Angren shahar prokurori U.Xabiljonovga faoliyatida yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 20, 2023
#Bayonot

Toshkent viloyati, Oqqoʻrgʻon tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab oʻquvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming soʻmdan 20 ming soʻmgacham pul olib kelish uchun oʻz xonadonlariga joʻnatilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan oʻrganilmoqda.

Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab boʻlmaydi.

Vaziyat viloyat hokimining oʻrinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va oʻrganish boshlandi.

Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat boʻyicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi.

Behzod Kabulov,
viloyat hokimining axborot siyosati
masalalari boʻyicha maslahatchisi

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 29, 2023
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Nurafshon-Food city” yoʻnalishida tirbandlik izohi bilan tarqalayotgan xabarlar boʻyicha munosabat

Bugungi kunda Toshkent viloyati hududidagi davlat ahamiyatidagi 4R2 “Toshkent shahri - Nurafshon shahri - A373” avtomobil yoʻlining 12-13 va 15-16 kilometrlarida (boʻlaklab) taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Shu sababli ushbu yoʻnalishda qisqa muddatli tirbandlik yuzaga kelgan.

Hozirda YPX inspektorlari tomonidan tirbandlik bartaraf etilib, harakat xavfsizligi nazoratga olingan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
April 26, 2023
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yosh bolalarni qiynayotgan shaxs” videosi tarqatilib, muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olingan, fuqaroning shaxsi aniqlangan.

Tez orada dastlabki tafsilotlar boʻyicha axborot beriladi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar
Bosh boshqarmasining matbuot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram
📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 13, 2023
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent viloyati hokimi Z. Mirzayev yakshanba kuni ham yigʻilish rejalashtirdi, mazmunidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot.

2023-yil 11-iyun kuni bunday mazmundagi yigʻilish oʻtkazish viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning kunlik ish jadvaliga kiritilmaganini, bu xabar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini bildiramiz.

Asoslanmagan va yolgʻon axborot qonunchilikka binoan javobgarlikka sabab boʻlishi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlar ma’murlarini ogohlantiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
June 11, 2023
#bayonot

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi tugʻruqxonada homilador ayol chaqalogʻi bilan vafot etdi

Bosh prokuratura matbuot kotibi xabariga koʻra, bugun, 14-iyul kuni soat 06:45 da fuqaro M.D. Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga 3-homiladorlik 38 xafta 2-tugʻish oʻtkir ichak infeksiyasi sepsis, septik shok, gipovalinik shok, isitmasi yuqori holatdagi tashxisi bilan olib kelingan.

Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 30 yoshli M.D. soat 08:10 da vafot etgan.

Hozirda Nurafshon shahar prokuraturasi tomonidan ayolning oʻlimi holati boʻyicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 14, 2023
#Bayonot

“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootiga yangi suv tarmog‘ini ulash ishlari olib borilayotganligi sababli 41 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 18, 2023
#Bayonot

20-iyul kuni "Toshkent kommunal qurilish servis" MCHJ ishchisi 1966 yilda tug‘ilgan A.Q. Toshkent viloyati Nurafshon shahar To‘ytepa M.F.Y. Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan "Real Madrid" avtodo‘koni oldidagi ikkinchi darajali yo‘l ostidan o‘tgan suv oqova tarmog‘i (kanalizasiya) qudug‘iga tushib tozalash ishlarini olib borayotgan vaqtda, quduq ichidan chiqqan zaharli gaz aralashmasidan bo‘g‘ilib, hushidan ketgan. 2000 yilda tug‘ilgan M.S., 1968 yilda tug‘ilgan Ye.K. hamda 1996 yilda tug‘ilgan Sh.F.lar yordam berish maqsadida quduq ichiga tushgan vaqtda ular ham hushidan ketgan.

Natijada A.Q., M.S. va Ye.K. hodisa joyida vafot etishgan. Fuqaro Sh.F. esa hushsiz holatda Nurafshon shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan hozirda Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan JKning 257-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 21, 2023
#bayonot

Boʻstonliqda dala hovlilardan birida yongʻin boʻldi

Bugun, 29-iyul kuni soat 14:03 da Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Xoʻjakent” MFYda joylashgan dala hovlilarning birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
 
Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 1 ta suv tashish avtomobili soat 14:05 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 14:27 da qurshab olingan. Hozirda yongʻinni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Hodisa oqibatida kuyish, tan-jarohati olish va halok boʻlish holatlari qayd etilmadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
July 29, 2023
#bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yangiyoʻl shahrining ”tashrif qogʻozi“ boʻlgan tarixiy kurant, bir gamburgerxona deb, buzilmoqda... ” mazmunidagi xabarlar koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Yangiyoʻl shahar hokimligi hududning ramzi boʻlgan mazkur “kurant”saqlab qolinishini, taʼmirlash ishlari doirasida uni buzish koʻzda tutilmaganligini maʼlum qiladi.

Bugungi kunda bino fasadini zamonaviy va qadimiy uslubni uygʻunlashtirgan holda taʼmirlash loyihasi ko’rib chiqilmoqda. Loyiha tez orada fuqarolar muhokamasiga havola etiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 13, 2023
#bayonot

Piskent tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot


Bugun, 21-dekabr kuni soat 15:20 da Toshkent viloyati, Piskent tumani, “Kultepa” MFYda joylashgan parrandachilik fermalarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:33 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo‘lish holatlari bo‘yicha ma’lumotlat qayd etilmadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 21, 2023