Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#press_tur
#online

Bugun Toshkent tumanida jurnalistlar uchun navbatdagi media-tur boʻlib oʻtmoqda.

Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi media-tur tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimi tasdiqlagan media-rejaga asosan uyushtirlgan media-tur davomida ishtirokchilar Toshkent tumani markaziga eltuvchi Keles yoʻli koʻchasi boʻylab, tumanning Bosh rejasiga asosan qurilayotgan koʻp kvartirali xonadonlarni borib koʻradilar. “Fayziobod” mahallasida qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlanayotgan perinatal markaz, “Ayriota” mahallasida kapital taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan 23-umumtaʼlim maktabi, maktab atrofida qurilgan “Salomatlik yoʻlakchasi” hamda shu yerning oʻzida barpo etilgan Madaniyat markazi binosi bilan tanishadilar.

Shuningdek, “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirilgan 34-maktabgacha taʼlim tashkilotida yaratilgan sharoitlar bilan tanishuv ham tadbir dasturidan oʻrin olgan.

Ayni paytda media-tur davom etmoqda.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Bugun Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati hamda Toshkent tumani hokimligi hamkorlikda OAV vakillari va blogerlar uchun press tur tashkil etildi.

Unda ishtirokchilar Hasanboy aholisi uchun filontropik usulda qurilgan MTM faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, aholini bandligini taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlar, tomorqachilik orqasidan bugun daromadi oshib borayotgan Qoʻhinur mahalla ahli bilan yaqindan suhbatlashildi.

🌐PRESS-RELIZ

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#online

Ayni damda Qibray tumanida yordamga muhtoj, ayniqsa qishloq joylardagi xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish, daftardagilarni mehnat bozorida talabi yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, ularni xususiy, oilaviy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka yoʻnaltirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur boʻlib oʻtmoqda.

Tur davomida 15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan 60 yildan koʻp ahil-inoq yashagan Kamolovlar xonadonida boʻlgan jurnalistlar oila vakillarining sermazmun suhbatlaridan bahramand boʻlish bilan birga hayotiy tajribalari bilan tanishishdi.

PRESS-RELIZ

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#online

Toshkent viloyatida baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida sohaga zamonaviy intensiv kichik havzalar, yopiq suv aylanma tizimi va qafas moslamalarida baliq yetishtirish texnologiyalarini joriy etish orqali intensivlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Mazkur ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Boʻstonliq tumaniga OAV vakillari va blogerlar uchun press tur tashkil etildi. Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, ya’ni, xonadonlarda baliq yetishtirish jarayonlari va mazkur sohada ekoturizmni rivojlantirishga qaratilgan bir qator loyihalar bilan tanishildi.

PRESS RELIZ

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani
#press_tur

Viloyatda jamoat transporti uchun 1300 dan ortiq avtobuslar olib kelinishi reja qilinmoqda

Bu haqda viloyat transport boshqarmasi boshligʻi Sadriddin Shoqosimov OAV va blogerlar uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida batafsil ma’lumot berdi. Unda viloyatda jamoat transportini isloh qilish va tartibga solish borasida  2026-yilga qadar moʻljallangan "yoʻl xaritasi" taqdimotini oʻtkazdi.

Shuningdek, transport harakatini yaxshilash, aholiga xavfsiz, qulay va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida  bugungi kunda Olmaliq shahrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

PRESS RELIZ

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#ekstremal_turizm

Viloyatda tobora rivojlanib borayotgan ekstremal turizm mahalliy va xorijiy sayyohlarni oʻziga jalb etib bormoqda.

Tafsilotlar bilan “Mening yurtim” telekanali tomonidan Angren togʻlaridan tayyorlangan reportajda tanishamiz.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Ayni damda Bekobod shaharida tashkil etilgan press turda OAV vakillari va blogerlar 2023-2024-yillarda kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish maqsadida koʻrilayotgan choralar, energiyani tejash uchun quyosh panellarini ijtimoiy va tadbirkorlik obyektlari hamda aholi xonadonlariga oʻrnatish jarayonlari bilan tanishilmoqda. Shuningdek, bir qator obyektlarning foydalanishga topshirilish marosimlari ham boʻlib oʻtmoqda.

Batafsil PRESS RELIZ orqali tanishishingiz mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#turizm
#press_tur

Toshkent- Boʻstonliq vertolyot taksi yoʻnalishi yoʻlga qoʻyildi

Endi sayyohlar 80 kmga 25 daqiqada vertolyot uzra parvoz qilishadi.

Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishish maqsadida, Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan press tur tashkil etildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Uzumchilik Parkentning “tashrif qogʻozi” ga aylanib ulgurgan. U nafaqat qishloq xoʻjaligining muhim tarmogʻi, balki turizmning ham muhim fenomenlaridan biri.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan tasdiqlangan media-rejaga asosan, OAV vakillari va blogerlar uchun Parkent tumaniga tashkil etilgan press turda aynan shu haqida soʻz boradi.

Jarayonda uzumchilik faoliyatini kengaytirish, eksportga yoʻnaltirish, asosiysi “Oltiariq tajribasi” ni ommalashtirish borasida qilinayotgan ishlar, xususan, uzumni qayta ishlash, vinochilikni rivojlantirish, turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi loyihalar bilan ham tanishildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur

Parkent va Piskent uzumlarining farqi nimada?

Shuningdek, bir mavsumda tomorqasidan 6 tonnagacha hosil olayotgan piskentlik bogʻbonlar haqida soʻz yuritiladi.

Batafsil “Mening yurtim” telekanali lavhasida.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#oltiariq_tajribasi

Piskent tumanida hozirgi kunda “Mingtepa“, “Yangiobod“, “Birlik“ mahallalarida “bir mahalla-bir mahsulot” tamoyili asosida tok soʻrilarida uzum yetishtirish rivojlangan. Aholi tomorqalarida 700 gektarga yaqin uzumzorlar mavjud.

Kelgusida “Oltiariq tajribasi” asosida tumandagi “Mingtepa“ va “Yangiobod“ mahallasida 390 gektar yer maydoni uzumchilikka loyihalashtiriladi. Bunda 20 gektari agroturizmga ixtisoslashtiriladi. 370 gektar kooperatsiya usulida 740 nafar ishsiz aholiga ajratib beriladi.

Natijada 5920 tonna hosil olinib, 3600 tonnasi vinochilikka, 2320 tonnasi esa qayta ishlashga (mayiz) yoʻnaltiriladi. Mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishitirish maqsadida Piskent tumanining mazkur mahallalariga OAV vakillari va blogerlar uchun press tur tashkil etildi.

Bundan tashqari jarayonda 1 gektarda 500 tonnali muzlatkich, uzum plantatsiyalari barpo etish orqali yangi ish oʻrinlari, tadbirkorlar tomonidan qurilishi rejalashtirilayotgan savdo va maishiy xizmat obyektlari, uzumni qayta ishlash sexi borasidagi loyihalar taqdimoti ham oʻtkazildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM