Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Muhokama_uchun

Nurafshondagi real vaziyat: yoshlar yoʻldan oʻtishga qiynalmoqda

❗️Yoshlar ishlari agentligining Nurafshondagi binosiga toʻgarakka kelayotgan yoshlar yoʻldan oʻtishga qiynalayotganini aytmoqda:

🚗“Haydovchilar ”peshexod“da ham tezlikni sekinlashtirmaydi, toʻxtamay oʻtib ketadi, yoʻldan oʻtishga qiynalamiz, yoʻl chetida koʻp qolib ketamiz”.

👬11 yoshli Sharofiddin va Temur kabi yoʻldan oʻtishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlar oz emas.

🛣Tor va serqatnov yoʻlning boʻyida joylashgan binoga har kuni yuzlab yoshlar toʻgarak va tadbirlar munosabati bilan keladi.

⚠️ Eng yomoni mashinalar yaxshigina tezlikda yuradi. Bu ham yetmaganday, “Piyodalar oʻtish belgisi” (peshexod) borligiga qaramay, mashinalar belgi qarshisida tezlikni kamaytirish, piyodaga yoʻl berish haqida oʻylamaydi. Belgining ham rangi deyarli oʻchib ketgan. Bu yoʻlda tez -tez avtohalokatlar boʻlib turadi. Yaqinda — 24-oktyabr kuni ham YTH sodir boʻlgan.

🚸Yoʻl harakati qoidalariga koʻra, haydovchi piyodalar oʻtish belgisi qoʻyilgan yoʻlda yoʻlovchiga yoʻl berishi kerak. Ammo Nurafshon shahrida bu qoida ishlamaydigan koʻrinadi. Yoʻqsa, yoshlarni qiynayotgan masala muammoga aylanmagan boʻlarmidi?

❗️Maʼlumot uchun, Yaponiyada haydovchilar piyoda hali transport yoʻliga chiqmasidan ularga yoʻl berar ekan. Bu Nurafshon yoshlari uchun shunchaki orzu.

Bu vaziyatda nima qilish kerak? Mazkur yoʻlga svetofor qoʻyilishi oʻzi shundoq ham tor boʻlgan yoʻlda tirbandlikni yuzaga keltirmaydimi? “Peshexod” belgisini esa haydovchilar mensimayapti... Toshkent viloyati IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masalaga eʼtibor qaratsa yomon boʻlmasdi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhokama_uchun_mavzu

SOGʻLIQQA OʻT KETDI, ODAMLAR!

🔥Kunlar isib borgani sari yoʻl yoqalari va sugʻorilmaydigan maydonlardagi oʻt-oʻlanlar sargʻayib, qurib qoladi. Bu holat esa chetdan qaraganda xunuk koʻrinadi. Shunday vaqtlarda negadir birdan yongʻin chiqadi.

❗️Olov yo beparvo yoʻlovchining sigaret qoldigʻidan chiqqan boʻladi, yo obodonlashtirish xodimlari shunchaki yoqib yuborgan boʻladi. Holbuki, bu oʻt yeru koʻk qurib yotgan vaqtda katta yongʻinlarga sabab boʻlishi mumkin. Olov ekin maydoniga oʻtib ketsa-chi?

🦠Xas-xashak bilan birga falon pulga olib oʻtqizilgan, birov suv quymasa ham amallab oʻsib turgan daraxtlar ham nobud boʻlmoqda.

⚠️Aslida bunday harakatlar odamlar sogʻligʻiga, ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Nafas yoʻllari kasalliklarining kuchayishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Yonayotgan quruq xashak emas, salomatlik aslida.

📍Videodagi holat Quyi Chirchiq tumani Doʻstobod shaharchasining kirish qismida olingani aytilmoqda.

Sizning hududingizda ham yoʻl boʻyidagi maydonlar yoqib yuboriladimi?

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM