Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Chirchiq daryosidagi oʻlik baliqlar boʻyicha Toshkent viloyati hokimligi mobil guruhi ayni paytda Yangiyoʻl tumanida boʻlib turibdi. Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi mutasaddilari jalb qilingan holda, vaziyatga aniqlik kritildi.

Hududga yaqin joyda faoliyat olib boruvchi baliqchilik xoʻjaligida nobud boʻlgan baliqlar daryoga oqizib yuborilgan. Vaziyatga yuridik baho beriladi va natijasi haqida qoʻshimcha axborot beriladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Ayni paytda “Maxam ChirchiqAJda vujudga kelgan yongʻin toʻliq bartaraf etildi. Holat tufayli zavodning 2 nafar xodimi jarohatlangan. Ular ayni paytda Chirchiq shahridagi shifoxonada muolaja olishmoqda.

Hodisa oqibatida atrof muhitga zararli gazlar tarqalmagan.

Hodisaning sabab va oqibatlarini atroflicha baholash mutaxassislar tomonidan alohida tekshiruvni talab qilishi tufayli, keyinroq batafsil axborot beriladi.

Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Oʻrta Chirchiqdagi yoʻl mavhum taʼmirlash bahonasida yopildi. Bu odamlarni sarson qilmoqda” sarlavhali tanqidiy material yuzasidan rasmiy munosabat – Mutaxassis fikri

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Majlislar oʻlkasi” nomli maqola yuzasidan raddiya

🌐
BATAFSIL

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi Odob-ahloq komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Yigʻilishni komissiya raisi – viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Fayziyev olib bordi.

Unda “EFFECT.UZ” saytida chop etilgan Angren shahri hokimi Alisher Raimovga tegishli boʻlgan, davlat xizmatchisi uchun nomaqbul soʻzlar, haqoratlar ishlatilgan audioyozuv keskin tanqidiy muhokama qilindi.

Angren shahri hokimi Alisher Raimov holat boʻyicha komissiyaga tushuntirish berdi, hatti-harakatlari uchun qattiq pushaymon ekanligini bildirdi.

Komissiya bu oʻrinda davlat xizmatchisiga doir odob-axloq qoidalari buzilganini qayd etdi va yigʻilish bayonnomasi asosida viloyat hokimiga xodimning hatti-harakatlari yuzasidan tegishli chora koʻrish uchun taqdimnoma kiritdi.

Viloyat hokimining bu masala yuzasidan qarori rasmiy veb saytimiz va matbuotda eʼlon qilinadi.

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

QAMCHIQ” DOVONI VAQTINCHA YOPILDI

Ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga koʻra, koʻchki xavfi yuzaga kelganligini inobatga olib,  4-yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab  “Qamchiq” dovoni qismida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida, transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Dovon yoʻli Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qoʻyildi.

Dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Respublika Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan.

Tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.

Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Joriy yilning 18-yanvar kuni soat 20:20da Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga tumanning “Namuna” mahallasi, Namuna koʻchasida joylashgan 938-sonli tranformatorda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, voqea joyiga 1 ta yongʻin oʻchirish texnikasi soat 20:38da yetib borib, yongʻin soat 20:48da toʻliq bartaraf etilgan.

Sodir boʻlgan yongʻinni bartaraf etish ishlariga 1 ta yongʻin oʻchirish texnikasi va 6 nafar shaxsiy tarkib jalb qilingan.

Yongʻin kelib chiqishining taxminiy sababi tranformatorda yuzaga kelgan qisqa tutashuv deb baholanmoqda.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqda joylangan Zangiota tumani maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 33-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi holat yuzasidan Zangiota tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri bayonot berdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Oʻrta Chirchiq tumani “Taraqqiyot” MFY dagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi tuman hokimining qarori asosida tugatilgan. Bino tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga aylantirilgan.

Taʼkidlash joizki, maktab joylashgan hududdan 1 km masofada 49-maktab joylashgan. Oʻquvchilar shu maktabga koʻchirilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari esa oʻqishini avvalgi binoda davom ettiradi.

Qoʻshimcha qilib aytamizki, joriy yil tuman investitsiya dasturi doirasida “Taraqqiyot” mahallasi uchun alohida maktab binosi qurilishi rejalashtirilgan.

Viloyat hokimining topshirigʻi bilan tuman hokimi Ixtiyor Qosimov, viloyat hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov joyiga chiqib, aholi bilan uchrashdi. Ota-onalarga holat boʻyicha tushuntirish berildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot

Bugun, 30-may kuni soat 13:59 da Toshkent viloyati Toshkent tumani “Abduraxmonov” MFYda joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:24 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:47 da o‘rab olingan va soat 15:15 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 3 ta xonadonning taxminan 450 kv.m maydonda tom va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM