Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#reyd_tadbirlari

Giyohvandlik – umr zavoli. Uning domiga tushib qolmaslik uchun har bir kishidan ogoh boʻlishlik talab etiladi. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan bugungi kunda giyohvand moddalar kontrabandasiga chek qoʻyish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida hududlarda tezkor reyd tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

“Oʻzbekiston 24” telekanali lavhasida batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IT_haftaligi
#reyd_tadbirlari

RADIOELEKTRON VOSITALARDAN RUXSATNOMASIZ FOYDALANGAN SHAXSLARGA TEGISHLI TARTIBDA CHORALAR KOʻRILDI

Toshkent viloyatida noqonuniy radioelektron vositalaridan foydalanishning oldini olish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent viloyati hududiy boʻlimi va “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari, viloyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda joriy yilning 9 oyi davomida radioelektron vositalarini noqonuniy olib kirish, sotish va foydalanishni aniqlash boʻyicha jami 19 ta reyd tadbirlarini oʻtkazdilar.

Tekshiruv jarayonlari mobaynida Yangiyoʻl tumanida 8 ta, Toshkent tumanida 7 ta, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida 1 tadan, Zangiota tumanida 2 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, mazkur qurilmalardan noqonuniy foydalangan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrildi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 152-moddasi, tegishli bandlari bilan jarimaga tortilishga sabab boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirilib, ogohlantirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM