Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39.2K photos
5.37K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Sport

"Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi

Bugundan boshlab sportning yunon-rum va erkin kurash turlari bo‘yicha "Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqalariga start berildi. Musobaqalar viloyatning Toshkent tumanida joylashgan sport maktabida boʻlib oʻtmoqda.

Jismoniy bellashuvlar 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan oʻgʻil bola ishtirokchilar o‘rtasida tashkil qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, musobaqalarda erkin kurash bo‘yicha 5 ta vazn 57, 65, 74, 86 va 97 kilogrammgacha, yunon-rum kurashi boʻyicha esa 5 ta vazn 60, 67, 77, 87 va 97 kilogrammgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасида эришилган натижалар ва халқаро мусобақаларга кўрилаётган тайёргарлик бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о достигнутых результатах в области спорта и ходе подготовки к международным соревнованиям.

#Mirziyoyev #hisobot #sport #musobaqalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрида “Келажак ўйинлари” биринчи халқаро мусобақасининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в торжественной церемонии открытия первого Международного турнира «Игры будущего» в городе Казани.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Sport_tadbiri

Jurnalist va blogerlar o‘rtasida viloyat hokimi kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida jurnalist va blogerlar, vayner, youtuber, tik-tokerlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Toshkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston jurnalistlari uyushmasi, Sport vazirligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hududiy boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilayotgan musobaqa tashkiliy qo‘mitasining dastlabki yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilarni saralash hamda musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish masalalari yuzasidan takliflar tinglandi.

Mazkur musobaqa 27 mart kuni Nurafshon shahridagi markaziy o‘yingohda o‘tkaziladi. Musobaqada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Bog‘lanish uchun: +998 90 903 39 94.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
#Sport

Nurafshonda belbogʻli kurash boʻyicha viloyat hokimi Kubogi oʻtkazildi

Kecha Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahrida Navroʻz bayrami munosabati bilan belbogʻli kurash boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida “Toshkent viloyati hokimi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqada viloyatning sport talim muassasalari, sport klublari va turli tashkilotlardan belbogʻli kurash boʻyicha shugʻullanayotgan sportchilar gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashishdi. Bellashuvlarda 5 ta vazn toifasida jami 120 nafar sportchi ishtirok etdi. 

Umumjamoa hisobida kuchli uchlik:

🥇 Parkent tumani
🥈 Chirchiq shahri 
🥉 Boʻka tumani


Musobaqa gʻolib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Ertaga Nurafshonda jurnalist va media olami faollari oʻrtasida spartakiada oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Jurnalist va media olami vakillari ishtirokida sport musobaqalari oʻtkazildi

📸 Nozim Abdulla olgan suratlar.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Nurafshonda “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

Bugun Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” ommaviy yugurish sport marafaoni tashkil etildi.

Marafon Nurafshon shahrida ham uyushqoqlik va koʻtarinki ruhda oʻtdi. Marafonga 5 ming 300 nafar ishtirokchi jalb qilindi.

Yugurish musobaqalari yakunlariga koʻra, erkaklar va ayollar orasidan gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Marafaonda ishtirok etgan nuroniylar jamoasi hamda bolajonlar tashkilotchilar tomonidan alohida taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Nurafshonda ommaviy yugurish boʻyicha marafon oʻtkazildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Sport

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sport tadbirlari tashkil etildi

Nurafshon shahrida Toshkent viloyati Sport boshqarmasi tomonidan sport sohasida ko‘p yillar davomida xizmat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada faxriylar sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Shuningdek, turli koʻngilochar chiqishlar namoyish etilib, sportga oid qiziqarli maʼlumotlar aytildi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|