Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.4K photos
5.28K videos
48 files
21.2K links
Download Telegram
#Ehtirom #Mahalla_kuni

Olmaliq shahridagi “Marhamat” tantanalar majmuasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot mahalla tizimi xodimlari kunida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Muloqotga oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ota-onalari, yaqinlari taklif etildi.

Viloyat hokimining farmoyishi bilan bugundan eʼtiboran 55 xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga beriladigan nafaqa berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Viloyatda harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot organlari bilan birgalikdagi keng qamrovli yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

- Kirib kelayotgan Ramazoni sharif arafasida bunday xayrli muloqotni tashkil etilganida chuqur maʼno bor, albatta. Zotan, aziz farzandi Vatan tinchligi yoʻlida jon bergan ota-onalar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, jasorat va bukilmas iroda timsolidir, dedi Zoyir Mirzayev.

Jonli efirda koʻrish:

📱Facebook

🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM