Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан 23-25 январь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

По приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 23-25 января посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Live #Xitoy

Ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida boʻlib turgan delegatsiya Bochjou shahri markazidagi dori-darmon vositalari savdosi bilan shugʻullanuvchi ulgurji bozor faoliyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Jarayondan fotolavhalar

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Xitoy

Viloyat delegatsiyasi shahar meri Fenyuy xonim hamrohligida farmatsevtika sohasidagi yirik savdo obyekti hamda “Bozhou Urban Construction Group” kompaniyasining shoʻba korxonasidagi dorivor oʻsimliklarning yetishtirishni integratsiyalashgan Xitoy tibbiyot sanoati bilan yaqindan tanishdi.

Xitoy dorivor oʻsimliklarini ekish, qayta ishlash, dorivor damlamalarini ishlab chiqarish, dori-darmonlarni tarqatish va taʼminot zanjirini moliyalashtirish sohasidagi ishlar oʻrganilmoqda. Noyob usuldagi issiqxonadagi tuproqsiz, nam havoda, maxsus idishlarda giyohlar oʻstirilayotganligining guvohi boʻlishdi.

Ayni vaqtda mazkur hududda taxminan 200 million tup dorivor oʻsimliklar oʻstirilmoqda. 265 gektar yer maydonida tashkil etilgan dorivor mahsulotlarni qayta ishlash sanoat parkini ham koʻzdan kechirishdi. Aytish mumkin, yillik ishlab chiqarish quvvati 10 ming tonnani tashkil etadi.

Bochjou shahrida xizmat koʻrsatish sohasi ham rivojlangan boʻlib, onlayn savdo maydonchalari qurilgan. “Havfsiz hudud” ombori faoliyat yuritadi. Mahsulotlar butun mamlakat boʻylab tarqatiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy

Zoyir Mirzayev Bochjou shahri tarixi muzeyida boʻldi

Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasi kecha, shuningdek, Bochjou shahrining qadimiy tarixidan soʻzlovchi qalʼada boʻlib, muzey faoliyati bilan tanishdilar.

Shahar markazidagi mazkur qalʼa 1800 yillik tarixga ega. Qalʼa ostida oʻziga xos noyob lahimlar, labirint yoʻlaklar mavjud.

Muzeyda Bochjouning ijtimoiy-siyosiy tarixidan jonli lavhalar ham oʻrin olgan. Oʻz navbatida, bugungi zamonaviy Bochjou shahri haqida hikoya qiluvchi eksponatlar namoyish etildi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ayni paytda Urumchi shahriga joʻnab ketmoqda. U yerda oʻzbekistonlik tadbirkorlar ishtirokida katta koʻrgazma namoyish qilinadi, bir qator amaliy muloqot va uchrashuvlar oʻtkaziladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy
#Hamkorlik

Oʻrta Chirchiq tumani hokimi Xitoyning yirik kompaniya vakillari bilan qator kelishuvlarga erishmoqda


Ayni paytda Xitoyda boʻlib turgan Oʻrta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov boshchiligidagi delegatsiya Chunsin shahrida boʻlib, bir qator investorlar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda. Muloqotlar davomida har ikki tomonlar oʻz taqdimotlarini namoyish etishdi. Tuman salohiyati va imkoniyatlari ko'rsatilmoqda.

Dastlab, delegatsiya hududdagi turli rusumda ishlab chiqarilayotgan mototsikllar va radiatorlar ishlab chiqarish korxonalarida boʻldi.

Xunan provinsiyasining Chansha shahrida esa farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishdan boshlab yetkazib berish, xizmat koʻrsatishga qadar jarayonni koʻzdan kechirdi. Kelgusida tumanda mazkur sohaga ixtisoslashtirilgan korxona faoliyati yoʻlga qoʻyilishi boʻyicha kelishildi.

Yirik “XIANGTON COMPREHENSIVE BONDED ZONE” sanoat zonasida ham elektrotexnika (fleshka va mikro xotiralar) va Geelly avtomobil brendini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati oʻrganildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy

Boʻstonliqda Xitoy andozalari asosida yirik dam olish maskani quriladi

Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Urumchi shahrining Tayan-Shan togʻ tizmalarida joylashgan karort zonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bu borada mazkur sayyohlik hududi rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi. Kelgusida, Boʻstonliq tumani “Oqtosh” hududida “Heavenʼs Garden” majmuasi yonida zamonaviy andozalarda dam olish obyektini qurish boʻyicha ijobiy kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekistonda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish hamda loyihalash ishlarini boshlash boʻyicha Xitoy delegatsiyasi fevral oyida Toshkent viloyatiga tashrifi borasida kelishib olindi.

Loyihaning dastlabki investitsiya qiymati 10 million dollar deb baholanmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xitoy
#Hamkorlik

Chinozda neftdan yoqilgʻi mahsulotlari olish loyihasi ishga tushadi

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xitoy
#Hamkorlik

Oqqoʻrgʻon tumani Xitoy bilan hamkorlikda 7 ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi

Oqqoʻrgʻon tumani hokimi Toʻra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, Xebey provinsiyasidagi bir qator yirik kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. Tekstil-trikotaj, poyabzal, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, tumanda trikotaj va poyabzal, turli xildagi matolar, sintetik matras hamda qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida ijobiy kelishuvlarga erishilganligini qayd etish mumkin.

Umumiy qiymati 56,1 million dollarlik 10 ga yaqin investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida kelgusida hududda 1000 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishi nazarda tutilgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга давлат ташрифи билан Хитой Халқ Республикасига келди. Пекин шаҳрининг “Шоуду” аэропортида давлатимиз раҳбарини ХХР маданият ва туризм вазири Сунь Ели ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл с государственным визитом в Китайскую Народную Республику. В пекинском аэропорту "Шоуду" главу нашего государства встретили министр культуры и туризма КНР Сунь Ели и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X