Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#DAYJEST
#kun_mavzusi

Ob-havoning keskin pasayishi bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Toshkent viloyatining masʼul boshqarmalari tomonidan yoʻllarda harakat xavfsizligi hamda energiya taʼminoti bilan bogʻliq avariya holatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Qisqa satrlarda shu haqda.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. FVB xodimlari “Qamchiq” dovonida qiyin ahvolda qolgan yoʻlovchilarga yordam koʻrsatdi.

IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi. Noqulay ob-havo tufayli harakat ishtirokchilarini ogohlantirdi va Boʻstonliq yoʻlidagi vaziyat haqida axborot berdi. Shuningdek, “Qamchiq” dovoni yoʻlini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalab,  muzlamalarni bartaraf qilish uchun qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.

Xududiy elektr tarmoqlari AJ. Tunu kun navbatchilik shtabi tomonidan togʻ va togʻoldi hududlari, Angren, Boʻstonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida yuzaga kelgan avariya holatlari bartaraf etildi.

Hududgaz Toshkent” GTB. Aholiga uzluksiz gaz yetkazib berish maqsadida gaz taʼminoti boshqarmasining 600 nafar xodimi jalb etildi. Xususan, Toshkent, Zangiota, Boʻstonliq va Yangiyoʻl tumanlari hududida amaliy choralar koʻrildi.

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Daydjest
#kun_mavzusi

Tuman va shahar hokimlarining bugungi
kun tartibiga bir nazar

Havoning keskin sovib ketishi bilan hudud rahbarlarining vazifasi ikki karra ortadi. Kundalik vazifalardan tashqari, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, mavsum bilan bogʻliq kutilmagan masalalarga tezkor yechim topish rahbarlar kun tartibidan asosiy oʻrin egallaydi.

Quyidagi qisqa satrlarda shu haqda:

🔺Ohangaron tumani. Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Ohangaron tumani Fuqaro muhofazasi boshligʻi, tuman hokimi Abdurasul Abdullayev raisligida mahalla raislari uchun tezkor yigʻilish chaqirildi.

🔺Chirchiq shahri. “Yubileynaya” qozonxonasida yuzaga kelgan avariya holatini tezkor bartaraf etish maqsadida Chirchiq shahar hokimi Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosari Barhayot Meliyev bilan birgalikda avariya sodir boʻlgan joyda nazorat olib bordi.

🔺Bekobod tumani. Tuman hokimi Furqat Xudoyberdiyev Xalq qabulxonasi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda fuqarolar bilan bevosita ochiq-muloqot oʻtkazdi.

🔺Toshkent tumani. Ob-havoning keskin pasayib ketishi natijasida yuzaga kelgan murojaatlarni oʻrganish va aholi bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov “Qoraboʻrik” mahallasida boʻldi.

🔺Bekobod shahar hokimligida shahar hokimi N. Babayev raisligida qish mavsumini betalafot o‘tkazish, elektroenergiya, ichimlik suvi hamda tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_mavzusi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlament va xalqimizga murojaatnomasini viloyatimizda turli mehnat jamoalari, keng jamoatchilik katta qiziqish, alohida eʼtibor bilan kuzatib bordi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM