Toshkent viloyati hokimligi
14.4K subscribers
38.4K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Murojaat_va_yechim

Xabar qilganimizdek, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Qabulda aholi moddiy-koʻmak, uy-joy, sogʻliqni saqlash, maishiy turmush muammolariga doir qator masalalar bilan murojaat qildi.

Muloqotda bir qancha masalalar oʻz joyda yechimini topdi.

Xususan, Muyassar Izzatillayeva yolgʻiz ayol ekani, bir nafar qizini moddiy taʼminotida qiynalayotganini bayon etdi.

Sayyor qabulda Muyassar opaning murojaati nazoratga olinib, 6 million soʻm amaliy yordam sifatida beriladigan boʻldi.

Vasila Mirqosimovaning oilaviy sharoiti inobatga olinib, viloyat hokimi 6 mln. soʻm pul mablagʻini moddiy yordam sifatida ajratish yuzasidan tegishli masʼullarga koʻrsatma berdi.

Shuningdek, Gulmira Xotamovaga qizini davolatishi uchun shifokorlar xulosasiga asosan 12 mln. soʻm mablagʻ beriladigan boʻldi.

Sayyor qabul davomida shu kabi murojaatlarni oʻz joyida hal etish maqsadida 100 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratish yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi hamda "Shodmalik" mahallasi aholisini ichimlik suv bilan taʼminlash uchun 300 mln. soʻm beriladigan boʻldi.

Jarayonda ayrim fuqarolarga huquqiy jihatdan tushuntirishlar ham berildi.

✉️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat_va_yechim

Olis manzillarda hokim oʻrinbosarlari sayyor qabullar oʻtkazmoqda

🌐BATAFSIL

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_yechim

"Yoʻlimiz asfalt boʻlsa, sizni toʻyimga aytaman, Zoyir Mirzayev!"

Joriy yilning 6-aprel kuni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida boʻlib oʻtgan sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yoʻnalishlar boʻyicha yuzlab murojaatlar bildirilgan edi. Muammolarni hal etish va insonlarga imkon qadar yordam berish maqsadida, viloyat hokimi murojaatlarni tegishli mutasaddilarga yoʻnaltirib, ijrosini shaxsan oʻz nazorati ostiga oldi.

Zangiota tumanida yashovchi Baxromxoʻja Olimov ham viloyat hokimi bilan yuzma-yuz muloqotida mahallasining ichki yoʻllari taʼmirga muhtojligi, yogʻingarchiliklarda bu koʻchalarda harakatlanishning imkoni yoʻqligini bildirib oʻtgan edi.

Ayni kunlarda fuqaroning murojaatida taʼkidlangan manzilda yoʻlni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Baxromxoʻja yoʻl bitgach uylanib, viloyat hokimini toʻyiga aytishni niyat qilgan.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|