Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija
Boʻka tumanida murojaatchi bilan ishlashda yuzaga kelgan boshboshdoqlik Zoyir Mirzayev huzurida tanqidiy muhokama qilindi
Bugun Nurafshon shahrida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaatidan kelib chiqib, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shoshilinch yigʻilish oʻtkazdi. Unda Boʻka tumani “Yangibogʻ” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati nima sababdan sansolarlikka uchragani tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.
Aholi murojaatlari bilan rostgoʻylik, haqqoniy prinsiplariga muvofiq ish olib borish, ularning qonuniy haq-huquqlari ustivorligini taʼminlashga koʻmaklashish, xizmat vazifasiga sidqidildan yondashish – davlat nomidan faoliyat olib borayotgan shaxsning eng asosiy mezoni boʻlishi lozim, dedi Zoyir Mirzayev,
Muhokama va oʻrganish davomida fuqaro Muzaffar Haydarovning murojaati bilan ishlashda Boʻka tumanidagi ayrim mansabdorlar tomonidan mana shu mezonlar qoʻpol ravishda buzilgani maʼlum boʻldi.
Xususan,bu vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentyabrdagi “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–373-son Qarori talablariga rioya qilinmagan, auksion orqali olingan yer oʻz vaqtida ajratib berilmagan, sansolarlikka yoʻl qoʻyilgan.
Boʻka tumani hokimligining umumiy boʻlimi mudiri oʻzini viloyat hokimining yordamchisi, deb tanishtirgan hamda murojaatchini yolgʻon vaʼdalar bilan bir necha marta aldab kelgan. Mahallada faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi vaziyatni yumshatish, fuqaroga yordam berish oʻrniga, shu choqqacha aldab kelgan. Shu tariqa auksionda yutib olingan yerga bahorgi ekin ekish, yerni tayyorlash kechikmoqda.
Vaziyat boʻyicha masʼullarga tegishincha jazo choralari qoʻllandi, 3 nafar mansabdor egalab turgan lavozimidan ozod qilindi. Batafsil lavhamizda tanishing.
🌐 TO'LIQ VIDEO
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija
Ohangaron shahrida yashovchi Jasur Erboʻtayev feysbuk tarmogʻi orqali viloyat hokimiga murojaat yoʻllagan edi. Zoyir Mirzayevning topshirigʻiga koʻra, bugun viloyat hokimining oʻrinbosari Jamshid Bobojonov Ohangaron shahriga bordi va murojaat ijobiy hal etildi. Shuningdek, Ohangaron shahri hokimligi va qurilish tashkiloti masʼullariga mazkur turar-joy binosini nogironligi boʻlgan fuqarolarning kirib-chiqishiga, qatnoviga moslashtirib, qayta taʼmirlash boʻyicha topshiriq berildi.
📹Video