Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
272 subscribers
14.3K photos
1.03K videos
6 files
8.06K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#oʻquv_jarayoni

⚡️ Yangi yoʻnalishdagi kreativ oʻquv kurslarimiz boshlandi.

Yuristlar malakasini oshirish markazida Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun “Professional xizmat koʻrsatish, samarali muloqot psixologiyasi, shaxsiy intellektual rivojlanish” boʻyicha oʻquv kurslar boshlandi.

Oʻquv kursining maqsadi Davlat xizmatlari markazi xodimlarining psixologiya yoʻnalishida shaxs sifatida takomili, jamoada shaxsiy imidjini shakllantirishi, rivojlanishda toʻsiqlarni bartaraf etish, barcha sohalarda fuqarolar bilan samarali muloqotni oʻrnatish, jamoada ishni toʻgʻri tashkil etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha malakalarini oshirishdan iborat.

Mashgʻulotlar amaliyotchi psixolog D.Xojimuxamedova tomonidan onlayn shaklda olib borilmoqda.

🔗 Maʼlumot uchun: malaka oshirish kurslari 2022-yil 4 -apreldan 30-iyungacha davom etadi.

🌐@yumom_news

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating va yaqinlaringiz bilan ulashing 👇
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram