Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
253 subscribers
15.5K photos
1.17K videos
6 files
8.71K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Savol_javob

— Nikoxdan oʻtish uchun nikohanuvchilar nechchi yoshda boʻlishi kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga asosan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilanib, uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli, deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Ota-onaning shahsini tasdiqlovchi xujjatlari boʻlmaganda bolaning tugʻilganligi qanday qayd etiladi?

Тibbiyot muassasasining yoki vasiylik homiylik organining yozma murojaatlariga asosan amalga oshiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Notarius tomonidan meros ishi uchun oila aʼzolarimning FHDY maʼlumotlarini talab qilyapti. Hujjatlarni FHDY boʻlimidan olsam boʻladimi?

“Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, notarial harakatlarni amalga oshirishda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab qilmasdan, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinadi.
Yaʼni Siz aytib oʻtgan maʼlumotlar notarius tomonidan mustaqil ravishda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinishi kerak.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_Javob

Kadastr pasportini olish uchun topshirgan arizam koʻrib chiqish muddati 5 ish kuniga kechikdi. Toʻlovlarning 50 foizini qanday qaytarib olishim mumkin?

❗️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, Davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi hamda YAIDXP orqali koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun toʻlangan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa har qanday toʻlovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

Toʻlovning 50 foizini qaytarib olish uchun Siz Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Davlat xizmatlari markazi xodimi koʻrsatilayotgan davlat xizmati qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganligini aniqlagach, Sizning plastik kartangizga yoki Sizga qulay boʻlgan bank (❗️bunda Siz bank hisob raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishingiz kerak boʻladi) hisob raqamiga pulni qaytarish chorasini koʻradi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

🔗 Aloqada qoling:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligi bolaga nisbatan otalikni belgilashga toʻsqinlik qiladimi?

Оtalik boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganligidan qatiy nazar belgilanadi, shu sababli otalikni belgilashda uning xotining roziligi talab etilmaydi.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

FHDY boʻlimlari orqali nikohni bekor qilish qanday tartibda amlga oshiriladi?

Nikohni bekor qilish (ajrashish) quyidagi barcha shartlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi:
— er va xotinning nikohni bekor qilishga oʻzaro roziligi;
— umumiy voyaga yetmagan bolalarning mavjud emasligi;
— mulkiy nizolarning mavjud emasligi.



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Yuridik shaxs qachon tashkil etilgan hisoblanadi.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs tashkil etilgan deb hisoblanadi.


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Qanday hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash talab etiladi?

Qonunchilikda koʻrsatilgan hollarda va taraflardan birining talabi bilan bitimlar notariyal tasdiqlash talab etiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Qanday holatlarda nikohni bekor qilish FHDY boʻlimlarida amalga oshiriladi?

Oila kodeksiga binoan, voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotin nikohdan ajratishga oʻzaro rozi boʻlsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
Er-xotin oʻrtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy taʼminot berish toʻgʻrisida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki boʻlgan mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisida nizo boʻlgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.

Agar er-xotindan biri:
- sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa;

- sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa;

- sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

Tugʻilganlik qayd etilganligi uchun davlat boji undiriladimi?

Qonunchilikka koʻra, jismoniy shaxslar – tugʻilish, oʻlim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi oʻzgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chogʻida yoʻl qoʻyilgan xatolar munosabati bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar yozuvlari oʻzgartirilgan, toʻldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun davlat boji toʻlashdan ozod qilingan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Joriy yilning 15-noyabr kunida Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi №-728-sonli Qonuni qabul qilindi. Maqsad, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mazkur qonunning 21-moddasiga koʻra yer uchastkalarini xususiylashtirishga doir ariza Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi. Arizani koʻrib chiqish Yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishga doir maʼmuriy reglamentga muvofiq avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

Davlat xizmatlarini olishda toʻlovlar qanday amalga oshirsa boʻladi?

Davlat xizmatlari olishda PayMe, Click, Upay, UniPay ilovalari, markazlarda joylashgan bank kassalari va bank-kliyent ilovalari orqali toʻlovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— FHDY xodimi xatosi tufayli farzandimga takroriy tug’ilganlik haqidagi guvohnoma olmoqchiman. Bu vaziyatda davlat bojidan ozod etilamanmi?

O'zbekiston Respublikasining "Davlat boji to'g'risida"gi Qonuniga ko'ra, jismoniy shaxslar – tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— ERI (Elektron raqamli imzo) kaliti muddati tugagan, muddatini uzaytirish mumkinmi?

ERI kalitini muddati tugagan bo‘lsa. Siz bevosita Davlat xizmatlari markazi yoki onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida https://my.gov.uz/oz/service/3... havola orqali jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo olish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Muddati tugagan ERI kalitini muddatini uzaytirish imkoni mavjud emas. Yangi ERI kaliti ochilishi kerak.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining paroli yoʻqolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Elektron raqamli imzo kalitining paroli yoʻqolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash boʻyicha murojaat qilish imkoniyati mavjud.
Bunda, murojaat qilinganidan soʻng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.
Shuningdek, ushbu masalada DXA 1148 telefoni orqali operatorga murojaat qilishingiz ham mumkin.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Oilaviy korxona boshligʻi oʻzgargan, ishtirokchilari oʻzgargan taqdirda qayta davlat ruyxatidan oʻtkaziladimi?

Yoʻq oʻtkazilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi qonunining 9-moddasida Oilaviy korxona boshligʻi oʻzgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin oʻrtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki roʻyxatida oʻzgarishlarga sabab boʻlgan taqdirda, taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bunda oilaviy korxonani qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazish talab qilinmaydi deb belgilangan.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
#Savol_javob

— Tonirovka uchun ruxsatnomni faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali koʻrsatilishini eshitdim. Savolim shundan iboratki, hozir oʻzim mustaqil my.gov.uz saytidan ruxsatnoma olishim mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyuldagi “Tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmati faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, yaʼni my.gov.uz sayti orqali koʻrsatiladi.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga koʻra, avtotransportlar oynalarining tusini oʻzgartirish ishlari avtotransport vositasi egasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilgan Matbuot anjumanida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan berilgan savollar va ularga berilgan javoblar.

I va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali xizmatlardan foydalanishda qanday imtiyozlar mavjud?

Savolga adliya vaziri o‘rinbosari Xudayor Meliyev javob berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidano'tkazilgan Matbuot anjumanida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan berilgan savollar va ularga berilgan javoblar.

Qaysi xizmatlardan elektron (onlayn) foydalanish mumkin?

Savolga adliya vazirligi boshqarma boshlig'i Bunyod Azizov javob berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_Javob

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidano'tkazilgan Matbuot anjumanida jurnalistlar va fuqarolar tomonidan berilgan savollar va ularga berilgan javoblar.

Yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?

Savolga
adliya vazirligi boshqarma boshlig'i Bunyod Azizov javob berdi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat