#Maʼnaviyat_va_kitobxonlik_soati
Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q
Fransuz adibi Viktor Gyugoning fikricha, kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stdir. Bu fikr mag‘zini chaqsangiz, albatta, kitobning inson hayotida qanchalik muhim o‘rin tutishini yaxshi anglaysiz va uni o‘zingizga do‘st tutasiz.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida har oyning ikkinchi payshanbasida “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati” tashkil etilmoqda. Unda xodimlar o‘qigan kitoblari haqida qisqacha maʼlumotlar berib, uni o‘qishga tavsiya qiladi.
Navbatdagi “Maʼnaviyat va kitobxonlik soati”da ayni kunda o‘z tavallud kunlarini nishonlayotgan buyuk shoir va mutafakkir bobolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida yozilgan badiiy adabiyotlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, xodimlar o‘zlari o‘qigan kitoblardan olgan taassurotlari haqida gapirib, hamkasblariga ham albatta o‘qishni tavsiya qilishdi.
Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik