Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_hammaga
#E'tirof

Bugun oramizda davlat xizmatlariga ishi tushmagan odam topilmasa kerak. Kimdir u yoki bu xizmatdan foydalanish uchun albatta Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyuradi.
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, kino aktrisa Dono Boboxonova Qibray tuman davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurdi.
Aktrisa ko'rsatilgan davlat xizmati sifati hamda bir vaqtning o’zida fuqarolar yuridik maslahatlar olishi mumkinligi, hozirgi kunda DXMda ko'plab xizmatlardan foydalanish imkoni yaratilganidan mamnun ekanini bildird
i.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Sevara Urinbayeva
#Adliya_xabari #e_qaror

E-qaror” тизимида илк буйруқ Адлия вазирлиги томонидан қабул қилинди

Жамоатчиликка маълумки, 2021 йил 1 июлдан бошлабE-qaror” электрон тизими орқали ҳокимликларнинг қарорлари қабул қилиб келинмоқда. Бугунги кунда ушбу тизим жамоатчилик назорати учун самарали механизмлардан бирига айланди.

Жорий йилнинг 1 январидан бошлаб Президент қарорига асосан синов тариқасида Адлия вазирлигининг буйруқлари ҳам E-qaror” орқали қабул қилиниши белгиланган.

Шунга кўра Адлия вазирлиги тизимида идоравий ҳужжатларни E-qaror” электрон тизими орқали қабул қилиш ва эълон қилиш бошланди.

Куни кеча тизим орқали қабул қилинган Адлия вазирининг дастлабки буйруғида вазирликнинг 2023 йил учун сарф-харажаатлар сметасини мақсадли кўрсаткичлари (индикаторлари) кесимидаги шакллантириш бўйича вазифалар белгиланган.

Қарорга мувофиқ Адлия вазирлиги тизимидаги синов натижаларига кўра 2023 йил 1 сентябрдан бошлаб барча республика ижро этувчи ҳокимият органлари буйруқ, қарор ва фармойишларни “E-qaror” электрон тизими орқали қабул қилиш ва эълон қилишни назарда тутувчи Ҳукумат қарори лойиҳаси ишлаб чиқилади.

Вазирлик ва идораларнинг маъмурий ҳужжатларини жамоатчилик учун очиқ тарзда қабул қилиниши улар фаолияти устидан самарали жамоатчилик назоратини ўрнатишга хизмат қилади.

Адлия вазирлиги ОАВ, журналистлар ва блогерларни жамоатчилик назоратини ўрнатишдаги фаолликларини қўллаб қувватлайди ҳамда бу борада қонун устуворлигини таъминлашда уларнинг кўмагига суянади.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Adliya_xabari
#e_qaror

Toshkent viloyati adliya boshqarmasida “E-qaror” tizimida ilk buyruq qabul qilindi

Maʼlumki, 2021 yil 1 iyuldan boshlab “E-qaror” elektron tizimi orqali hokimliklarning qarorlari qabul qilinmoqda. Bugungi kunda ushbu tizim jamoatchilik nazorati uchun samarali mexanizmlardan biriga aylanib ulgurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” orqali qabul qilinishi belgilangan.
Shunga ko‘ra Toshkent viloyati adliya boshqarmasida idoraviy hujjatlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va eʼlon qilish boshlangani maʼlum qilinadi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#E’lon

Rejadan tashqari profilaktik tadbirlar olib borilayotganligi sababli Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

Ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ishlar olib borilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#E’lon

Sog'liqni saqlash vazirligi axborot tizimlarida rejadan tashqari profilaktik tadbirlar olib borilayotganligi sababli, "Narkologiya bo’yicha dispanser hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish" davlat xizmatini ko'rsatishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tezkor ishlar olib borilmoqda.

Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube