Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
252 subscribers
15.4K photos
1.17K videos
6 files
8.68K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bayrogʻiml_gʻururim

Gʻurur va iftixorimiz ramzi

Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. Oʻzbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi.
1991-yil 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun. Har birimiz uchun vatanimizning muqaddas ramzi — Davlat bayrogʻi aziz va qadrlidir.
Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan “BAYROGʻIM-GʻURURIM”, “BAYROQ 30” va “BAYROQ KUN” xeshteglari ostida aksiya boshlab yuborildi. Angren shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari mazkur aksiyada faol ishtirok etmoqda.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube · DXA_lotinda