Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
278 subscribers
14.2K photos
1.01K videos
6 files
7.99K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Jarayon

Bo‘ka tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Adliya kuni” loyihasi doirasida Chavlisoy va Samarqand mahalla aholisi uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

  Xususan, kadastr pasportini shakllantirish, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar olish, tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar bo‘ldi. 28 nafar fuqaroga Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi dehqon xo‘jaligi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, guvohnomalar topshirildi.

  Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Қонунчиликка кўра, банк мижозлар билан тузилган шартномалар шартларини, шу жумладан кредитлар бўйича фоиз ставкаларини ва уларни белгилаш тартибини, депозитлар бўйича фоиз ставкаларини, воситачилик ҳақи миқдорини ва ушбу шартномаларнинг амал қилиш муддатларини бир тарафлама ўзгартириш ҳуқуқига эга эмас.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Jarayon

  Qibray tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Huquqiy targ‘ibot kuni”loyihasi doirasida Birlik, Navbahor, Boyjigit, Mustaqillik va Darxon mahallasida aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

  Xususan, uy-joyni turmush o‘rtog‘ining vafotidan so‘ng notarial tartibda meros sifatida rasmiylashtirish,  qurilish ruxsatnomasini olish, kadastr hujjatlarini Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan xolda ariza berish orqali kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish, fuqarolik pasportini almashtirish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.   

Shuningdek, tadbir davomida kundalik hayotda eng ko‘p zarur bo‘ladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YAIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy maʼlumotlar ham berib o‘tildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi #Konsert #Tomosha

📃Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Ijrochilar — jismoniy shaxslar va ijodiy jamoalar — yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi (uning qismi), ijodiy jamoa a’zolarida imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar mavjud bo‘lsa (nogironligi bo‘lgan shaxslar, ta’lim muassasalarida o‘qiydiganlar, pensionerlar) imtiyozi to‘g‘risidagi ma’lumot, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), arizani taqdim etish joyi.
b) ijrochilarda musiqa ma’lumoti mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning (guvohnomalar, attestatlar, diplomlar) elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda;
v) davlat mukofotlari, mukofotlar, sovrinlar va shu kabilar olganligini tasdiqlovchi hujjatlar elektron nusxalari — ular mavjud bo‘lganda;
g) litsenziya talabgori tomonidan tuzilgan ijrochilarning repertuari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
d) litsenziya talabgorining malakasi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar (asarning matni, mualliflarining ismi-sharifi asarlarning nomi, mahalliy, respublika, xalqaro festivallar ishtirokchisi, respublika ko‘rik-tanlovlar ishtirokchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (diplom, sertifikat kabilar) — mavjud bo‘lganda;
e) faqat birinchi marta ariza topshiruvchi xonanda uchun kamida 1 ta qo‘shiq va uning matni (agarda mavjud bo‘lsa asarga olingan videoklip) Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhiga (keyingi o‘rinlarda — Ijodiy ko‘maklashuvchi vakillar guruhi) shaxsan topshiradi yoki jonli ijroda yozib olingan ijrosi Internet jahon axborot tarmog‘iga yuklangan havolasini taqdim etadi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
I reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari;
III reyting guruhi ijrochilari — Bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
15 kun

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Turizm #Turoperatorlik

📃Turizm faoliyatini litsenziyalash (Turoperatorlik faoliyati)

🔹Litsenziya nomi:

Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Jismoniy va yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
Turizm qo'mitasi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza to‘ldirish sababi;
b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) yuridik shaxs shtatida “turizm” yo‘nalishi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar, professional ma’lumotga yoki malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning bo‘lishi, “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun qo‘shimcha ravishda diniy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasasi yoki O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchisi bo‘lgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashni tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari;
d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) ma’lumotlari, uy manzili, ma’lumoti, aloqa telefonlari ko‘rsatilgan ma’lumotlar;
e) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi, basharti “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan taqdirda, litsenziya talabgori 100ming AQSh dollari ekvivalentidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilinganligi haqidagi ma’lumotni o‘zi mustaqil tarzda oladi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
“Ichki turizm” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;
“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yo‘nalish turi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
5 kun, basharti ariza “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid bo‘lsa, 10 kun.

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

5 avgust kuni "Nurafshon Tv" telekanalining "Yana birgamiz" ko‘rsatuvida Toshkent viloyati adliya boshqarmasi shuʼba boshlig‘i Nuriddin Ismoilov bilan Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari borasidagi suhbat efirga uzatildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Bilasizmi #Sugurta #Broker

📃Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash

🔹Litsenziya nomi:

Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun litsenziya

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik shaxslar

🏢Litsenziyalovchi organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

🗂Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:
Sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyati uchun:
a) ariza;
arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), STIR, sug‘urta faoliyati klassifikatori bo‘yicha tanlash (hayotni sug‘urta qilish sohasi; umumiy sug‘urta sohasi; majburiy sug‘urta; faqat qayta sug‘urtalash), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot.
b) ustav fondining belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan ustav fondining shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat (bank ma’lumotnomasi, “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan berilgan aksiyalarning joylashtirilganligi haqidagi ma’lumot va ariza berilayotgan kun holatiga bank hisobvarag‘idan ko‘chirma);
sug‘urtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi bilan Yagona axborot tizimidan foydalanish va ushbu tizim doirasida o‘zaro axborot almashish to‘g‘risida yozma bitimning mavjud bo‘lishi — majburiy va ixtiyoriy sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sug‘urtalovchilar uchun (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qiluvchi sug‘urtalovchilar bundan mustasno);
Faoliyat turi faqat qayta sug‘urta qilishdan iborat bo‘lgan litsenziya talabgorlari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati uchun:
ariza, unda yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, telefon raqami, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

💰Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.

📆
Arizani ko‘rib chiqish muddatlari:
20 ish kuni

📆Litsenziyaning amal qilish muddati:
Cheklanmagan

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022 yildagi 80-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi

❗️O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi arafasida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli demokratik islohotlardan eng muhimlari Adliya vazirligi tomonidan “Mustaqillik solnomasi” ruknida taqdim etib boriladi.

✔️O‘tgan 33 yilda turli sohalardagi muvaffaqiyatlar, erishilgan yutuqlar, samarali natijalar bilan tanishtirib boramiz.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1992-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.

Batafsil infografikada👆

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram